Tayyorlov guruhi) Mavzu:"Oval shakli bilan tanishtirish". (Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun) Oy mavzusi: «Buyumlar,anjomlar, asboblar»


Download 29.98 Kb.
Sana06.06.2020
Hajmi29.98 Kb.
#115433
Bog'liq
5 Tayyorlov guruhda Oval shakl bilan tanishtirish mashgulot ishlanma


(Tayyorlov guruhi)

Mavzu:"Oval shakli bilan tanishtirish".

(Tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun)



Oy mavzusi: « Buyumlar,anjomlar, asboblar»

Hafta mavzusi: « Mebel» ,« Milliy hunarmandchilik»

Maqsad:Bolalarni geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini o’stirish.

Geometrik shakllarni bir-biridan farqlashga o’rgatish. Oval shakli haqida tasavvurga ega bo’lish. Doira va oval shaklini bir-biridan farqlash.Ularning ba’zi hususiyatlari bilan tanishtirish va shakllar nomini to’g’ri aytish ko’nikmasini mustahkamlash.Bolalarni tashkilotchilik imkoniyatlarini rivojlantirish,ishni rejalashtirishga,o’rtoqlari bilan ishlashga o’rgatish,do’stona munosabatni tarbiyalash.



Kutilayotgan natija:

Bolalar oval shakli haqida bilimga ega bo’ladi.



Foydalaniladigan usullar:

1.Tushuntirish

2.Savol-javob

3.Guruhiy ish

4.Amaliy ish

5.Bolalar bilimini mustahkamlash uchun o‘yin



Kerakli jihozlar: geometrik shakllar to‘plami, rangli qog‘ozlar, vatmin qog‘oz, rezina halqa, tashlandiq materiallardan chinor yong‘og‘i rangli qalam , gugurt choplar va sanoq cho’plar.

Mahg‘ulotning borishi:

Tarbiyachi

Ertalabki yig‘in. “Kim qanday dam oldi?”



Bolalar

Juda yaxshi.



Tarbiyachi

Siz qanday dam oldingiz?



Bolalar

Maroqli.


Tarbiyachi

Kimlarga yordam berdingiz?

Oyijonimizga,opalarimizga,akalarimizga.

Tarbiyachi

Nimalar qildingiz?



Bolalar

Uy ishlarida yordamlashdik.



Tarbiyachi

Dam olish kunida siz qayerga bordingiz?



Bolalar

Buvijonimiznikiga.



Tarbiyachi:

Bolalar, hozir biz sizlar bilan ajoyib o’yin o’ynaymiz. Hohlaysizlarmi?

Muzyorar o’yini. “Qotib qol”

O’yin qoidasi:

Bolalar doira bo‘lib turadilar, bir bola boshlovchi bo‘ladi, qo‘lida sehrli tayoqcha bo‘ladi. Boshlovchi sehrli tayoqchani qaysi bolaga tekkizsa ana shu bola muzlab qoladi. Bolalar muzdan tushishlari uchun boshlovchiga iliq, sehrli so‘zlar aytishi kerak bo‘ladi.

O‘yin uch-to’rt marta takrorlanadi.

Tarbiyachi: Bolalar, sizlar qanday geometrik shakllarni bilasizlar?

Bolalar javobi: To‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, doira, uchburchak.

Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri. Durdonaxon mana bu stol ustidagi geometrik shakllar ichidan menga doira shaklini olib keling.

Bolalar javobi: Doira shaklini olib keladi va izoh beradi.

Shu tartibda uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shakllarini ham bolalarga tanlashni taklif qilinadi va bolalar izoh berishadi.

Tarbiyachi bolalar fikrini to‘ldirib boradi.

Stol ustida oval shakli qoladi.



Tarbiyachi:Bolalar mana bu shakl bizlar tanish bo‘lgan qaysi shaklga o‘xshaydi?

Bolalar javobi:Doiraga

Tarbiyachi:To‘g‘ri bu shakl doiraga o‘xshaydi,lekin doiraga emas.Mana bu meni qo‘limdagi halqachaga qaranglar.Halqacha qaysi shaklda?

Bolalar javobi: Doira shaklda.

Tarbiyachi:Endi bu doirani ikki tomonidan ushlab bir oz cho‘zaman.Endi qanday shaklga o‘xshab qoldi?Sizlar bu shakl nomini bilmaysizlar.Bu shakl sizlar yaxshi ko’rib yeydigan bir narsaga o‘xshaydi,bir yaxshilab eslab ko‘ringlarchi?

Bolalar javobi:Tuxumga,qovunga,bulochkaga,kartoshkaga.

Tarbiyachi: Juda ham to‘g‘ri mana shu tuxumga o‘xshaydigan shaklni nomi doira emas oval shakli deb ataladi.Hammamiz birgalikda aytamiz oval.

Tarbiyachi oval shakli kontrini qo‘li bilan ko‘rsatib oval shaklini ham uchlari yo‘q dumalatsak qiyin dumalaydi.



Tarbiyachi: Bolalar bugun biz sizlar bilan matematika,tasviriy faoliyat va qurish-yasash markazlarida faoliyat olib boramiz.

Tasviriy faoliyat markazidagi bolalar geometrik shakllardan foydalanib bitta vatmin qog’ozga jamoa bo’lib rasm chizadilar.

Qurish yasash markazidagi bolalar sanoq cho’plar va gugurt cho‘plaridan geometrik shakllar,shakllardan esa narsalar yasaydilar.

Matematika markazida ishlovchi bolalar karton ustiga tashlandiq materiallardan va rangli kartonlardan turli hil geometrik shakllar to‘plamidan"Bo‘g‘irsoq-o‘rmonda"mavzusida guruhiy ish bajaradilar.

Har bir guruh o‘zlari bajargan ishlarini o‘z o‘rtoqlari oldida izohlab beradi.

Guruhlar uchta nominatsiya bo‘yicha baholanadi va bolalar rag‘batlantiriladi.

Mashg‘ulot so‘ngida bilimlarini mustahkamlash uchun o‘yinlar o‘tkazamiz

O‘yin:"Shakllar"

Bolalar doira bo‘lib stulchalarda o‘tiradilar.Bir bola boshlovchi bo‘ladi.Bolalar qo‘liga har-xil geometrik shakllar beriladi.Boshlovchi oval signalini bergan vaqitda qo‘lida oval shakli bor bolalar bir-birlari bilan o‘rinlarini almashtiradilar.Bo‘sh joyga ishtirokchilardan oldin boshlovchi turib olsa kech qolgan ishtirokchi o‘yindan chiqadi.O‘yin shu tariqa davom etadi.

2-O‘yin "Sotuvchi".

Bolalar,endi esa biz sizlar bilan "Sotuvchi"o‘yinini o‘ynaymiz.

O‘yinnig borishi: O‘yin geometrik shakllar yordamida bo‘ladi.Bu do‘konda xamma narsa bor,lekin,siz olayotgan narsaga ta’rif berishingiz kerak.Agar to‘g‘ri ta’rif bera olmasangiz o‘zingiz hohlagan narsani ololmaysiz.

Xaridor:Assalomu alaykum.

Sotuvchi:Valeykum assalom.Xush kelibsiz.

Xaridor:O‘zi dumaloq,uchlari yo‘q,dumalatsangiz dumalaydi,menga shuni bering.

Sotuvchi:Sizga doira shakli kerak ekan.Siz to‘g‘ri ta’rif berdingiz.Mana marhamat.

Xaridor:Rahmat.

Shunday tartibda kvadrat,uchburchakka ham,ta’rif beriladi.

O’yin uch-to‘rt martta takrorlanadi.

3-Qiziqarli topshiriqlar

1-topshiriq.

Bolalar stollar ustida oldingizda raqamlar yozilgan shakllar bor.Shakllarda yozilgan raqamlar soniga teng bo‘lgan munchoqlarni ipga chizing.(10-gacha bo‘lgan sonlar ichida)



2-topshiriq."O‘xshashini top".

Bolalar oldingizda turli xil geometrik shakllar va ularga o’xshash narsalarning rasmlari chizilgan.Hozir sizlar geometrik shakllarga o‘xshash narsalarni chiziqlar yordamida birlashtirib chiqishlaringiz kerak bo’ladi.



3-topshiriq.

Gilamchalarda turli xil shakllarni bo‘laklari bor.Ular turli rangda.Ularni rangiga va shakliga ko‘ra juftini mostlab toping va butun shakl hosil qiling.



4-topshiriq.

Bittalik o‘yinchoqlarni qizil rangli uchburchak bilan belgilang.



O‘yin."ha,yo‘q"

Bolalar men sizlarni chalg‘itish uchun turli xil shakllarni ko‘rsataman sizlar "Ha"yoki"Yo‘q"so‘zlarini ishlatmasliklaringiz kerak.

Masalan:Men kvadrat shaklini ko‘rsatib,bu doira deb aytaman,sizlar "Yo‘q"so‘zini ishlatmasdan bu kvadrat deb aytishingiz kerak.O‘yin shu tariqa davom etadi.

O‘yin.Klaster usuli.

O‘yin qoidasi:Bu o‘yinda birinchi guruh bolalari doira shakliga o‘xshash narsalarni doira atrofiga yig‘adilar.

2-guruh esa kvadrat shakliga o‘xshash narsalarni kvadrat atrofiga yig‘adilar. O‘yin so‘ngida guruh taqdimoti o‘tkaziladi va bolalar rag‘batlantiriladilar.



O‘yin "Bingo"

Bolalar oldiga 9ta katakka bo‘lingan qog‘oz varog‘i qo‘yiladi,kataklar ichiga turli xil rasmlar chizilgan.Savatchada huddi shu rasmlarning juftlari joylashtirilgan.Boshlovchining signalidan so‘ng bolalar savatchalardagi rasmlardan olib o‘z juftini topib qo‘yadi,qaysi guruh ishni birinchi bo‘lib tamomlasa,"Bingo"deydi.Chunki u g‘olib.

G‘olib guruh rag‘batlantiriladi.

Tarbiyachi

Bolajonlar endi navbat dam olish daqiqasi

Olmaxon yong‘oq terdi

Uni do‘stlariga berdi.

Tulkivoyga bir dona,

Chumchuqchaga ham bitta.

Ayiqchaga bir dona,

Quyonchaga ham bitta.

O‘yin"Boshqotirma"

Doskada "Filcha va Ayiqcha"rasmi ilib qo‘yilgan.Bolalar oldida "Filcha va Ayiqcha"ning tana qismi bo‘laklarga bo‘lingan holda.Bolalar hayvonlar bo‘lagini doskadagi asliga qarab o‘rnini topib joylashtiradi.Tez va to’g‘ri bajargan guruh g‘olib bo‘ladi.

Bolalar ishi ko‘rib chiqiladi va rag‘batlantiriladi.

5-topshiriq.

Katakchalar ichiga necha soni yozilgan bo‘lsa,shu songa teng bo‘lgan shakl chizing.To‘g‘ri bajargan guruh rag‘batlantiriladi.



O’yin: “Tarbiyachi aytdi

O’yin qoidasi:



Tarbiyachi bolalarga “Tarbiyachi aytdi” jumlasini qo‘shib topshiriqni aytsa, bolalar bu topshiriqni bajaradilar. Agar “Tarbiyachi aytdi” jumlasini aytmasdan topshiriq bersa, bolalar bajarmaydilar. Masalan: “Tarbiyachi aytdi” chapak chalinglar desa, bolalar bajaradilar.
Download 29.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling