Technique and it. Journal 2023


Download 55.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana31.01.2024
Hajmi55.08 Kb.
#1829865
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TAI...Turkiy tillar oilasiga mansub xalqlar.



TECHNIQUE AND IT. JOURNAL 2023 

Turkiy tillar oilasiga mansub xalqlar 
 
MATYAQUBOVA FOTIMA URINBAYEVNA 
Urganch davlat universiteti talabasi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada turkiy tillar oilasiga mansub xalqlarning 
hozirda o‘z milliy tiliga ega bo‘lsa, ba’zilari o‘lik tilga aylanib qolganligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoritib berilgan. 
Kalit so’zlar: Avarlar, ozar-bayjonlar, oltoylar, astraxan tatarlari, balqarlar, 
boshqirdlar, bulg‘orlar, gagauzlar… 
Аннотация: В данной статье приведены сведения о том, что народы, 
относящиеся к тюркской языковой семье, имеют свой национальный язык, 
при этом некоторые из них стали мертвыми языками. 
Ключевые слова: аварцы, азар-байжане, Алтай, астраханские татары, 
балкарцы, башкиры, болгары, гагаузы... 
Abstract: In this article, the information about the fact that the peoples 
belonging to the Turkic language family have their own national language, while 
some of them have become dead languages. 
Key words: Avars, Azar-baijans, Altai, Astrakhan Tatars, Balkars, Bashkirs, 
Bulgarians, Gagauz... 
Turkiy xalqlarga – avarlar, ozar-bayjonlar, oltoylar, astraxan tatarlari
balqarlar, boshqirdlar, bulg‘orlar, gagauzlar, qarluqlar, xajarlar, qozoqlar, 
qaraimlar, qoraqalpoqlar, qorachoylar, qumiqlar, qipchoqlar, qirg‘izlar, qrim 
tatarlari, qirimchaqlar, no‘g‘oylar, o‘g‘uzlar, o‘zbeklar, pecheneglar, salarlar, sariq 
uyg‘urlar, sibir tatarlari, tatarlar, tofalar, truxmenlar, tuvalar, turklar, turkmanlar
uyg‘urlar, urumlar, xazarlar, xakaslar, chuvashlar, chulim tatarlari, shorlar, 
yoqutlar kiradi. 


TECHNIQUE AND IT. JOURNAL 2023 

Yuqorida ta’kidlangan xalqlarning ayrimlari hozirda o‘z milliy tiliga ega 
bo‘lsa, ba’zilari o‘lik tilga aylanib qolgan yoki boshqa xalqlar tarkibiga qo‘shilib 
ketgan. Bular haqida ma'lumotlar berish til tarixi, turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy 
o‘rganish uchun ahamiyatlidir. Shuning uchun ham turkiy xalqlar haqida 
ma'lumotga ega bo‘lishning ahamiyati katta. Endi ularning har biri haqida alohida 
to‘xtalamiz. 
Avarlar – o‘rta asrda yashagan turkiy xalq bo‘lib, ular Karpat havzasida 
(hozirgi Dunay orti, Markaziy Vengriya, Transilvaniya) ikki yarim asr davomida 
katta siyosiy kuchga ega bo‘lgan hamda o‘zining Avar xoqonligini vujudga 
keltirgan xalqdir. Xoqonlik IX asr boshlarida franklar tomonidan qulatilgach, 
avarlar boshqa xalqlarga aralashib ketadi. 
Avarlar turkiycha par-apurim, Vizantiya manbalarida avarlar, rus 
manbalarida obrlar deb nomlangan. Markaziy Osiyodan chiqqan qabilalar bilan 
juan-juanlar nomi bilan ma’lum bo‘lgan, degan taxmin paydo bo‘ladi. Boshqa 
taxminlarga ko‘ra, ular O‘rta Osiyodan chiqqan. Ammo ularning kelib chiqishi 
to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. 
O‘tgan asr boshlarida olimlar orasida dog‘istonlik avarlar bilan «yo‘q bo‘lib 
ketgan» avarlarning qarindoshi bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida bahs-munozaralar 
bo‘ldi. Qadimgi avarlarning tili turkiy, dog‘istonlik avarlar tili esa alohida kavkaz 
tili hisoblangan. Dog‘istonlik avarlarning qadimgi nomi maarulal bo‘lib, bu ikki 
xalqning qarindoshligini rad etadi. 
Ozarbayjonlar – Kavkazda yashovchi turkiy xalqlarning biri bo‘lib, ular 
Ozarbayjon Respublikasining tub aholisini tashkil qiladi. Bundan tashqari, 
Gruziya, Armaniston, Dog‘iston hamda 7 mln. ozarbayjon Eronning shimolida
shuningdek, boshqa mamlakatlarda ham istiqomat qiladilar. Ozarbayjonlarning 
umumiy soni 13 mln. Dini – musulmon (shiytlar). 



Download 55.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling