Televideniya tarixi va taraqqiyoti Annotatsiya


Download 22.53 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi22.53 Kb.
#1028789
  1   2
Bog'liq
Televideniya tarixi


Televideniya tarixi va taraqqiyoti
Annotatsiya: Bugun raqamli texnalogiyalar va globallashuv jarayonida hayotimizni televideniyasiz tassavur eta olmaymiz. Butun dunyo bòylab tarqalayotgan turli habar va yangiliklarni ommaga yetkazishda televideniyaning ahamiyati juda katta. Hozirda faoliyat olib borayotgan turli davlat va nodavlat telikannallarni bir nuqtaga birlashtirgan televideniya tarixi qachon va qayerga borib taqaladi? Ushbu savolga shu maqola orqali javob topishingiz mumkin.
Kalit sòzlar: televideniya, texnika, kabellar, optik-mexanika, rangli tasvirlar, neon, elektron, televizion priyomnikda, dekodlash, kombinatsiya,
Televideniya, fan, texnika va madaniyatning koʻrinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar) ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofalarga uzatish bilan bogʻliq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri hisoblanadi. Televideniya paydo boʻlishi bilan ommaviy axborot vositalari tizimida sifat oʻzgarishi yuz berdioptik-soniyat ijtimoiy hayot voqealarini bevosita koʻrish imkoniyatiga ega boʻldi, ijtimoiy ong bilan ijtimoiy borliq oʻrtasida eng kiska va qulay yoʻl barpo etildi, neon ongiga va histuygʻusiga taʼsir etishning ishonchli vositasi vujudga keldi. Televideniyadagi tasvir elementlarini ketma-ket uzatish dastlab 19-asr oxirida portugal olimi A. Di Payva va undan behabar holda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan
Dastlab 20-asrning 30-yillariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optik-mexanik qurilmalardan foydalanilgan. Bunday optik-mehanik qurilmalardan foydalanishni birinchi bòlib nemis muhandisi Nipkov 1884-yildan boshlab bergan. 30-yillar oʻrtalaridan boshlab dastlabki elektron televideniye tizimi paydo boʻldi. Inson koʻzi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi boʻgʻim hisoblangani uchun televizion tizimlar koʻzning koʻrish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, yaʼni Televideniye koʻz xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar oʻrnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar obʼyektiv orqali biror obʼyektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorugʻlik intensivligiga monand elektr signallari olinadi. Shunday qilib bugungi kunda bizga malum bòlgan televideniya mòjizasi butun dunyo bòylab tarqala boshlaydi.
Rangli televideniye tabiatdagi barcha ranglarni maʼlum nisbatda olingan 3 ta asosiy rang — qizil, yashil va koʻk ranglardan optik jihatdan tiklash mumkin boʻlgani uchun televizion uzatish kamerasi yoritilganlik signalini va asosiy ranglar signallarini yaratishi uchun bir emas, balki 3 ta trubkadan iborat boʻladi.Telemarkazda ana shu barcha signallar kodlanadi, qabul qilishda (televizion priyomnikda) dekodlanadi. 80-yillar oʻrtalaridan boshlab raqamli televideniye tizimi ustida ishlar olib borildi va amalda joriy qilindi. Bu tizimda elektr impulslarning kod (raqam) li kombinatsiyalari ketma-ketligidan foydalaniladi. Kabelli televideniye tizimidan ham foydalanilmoqda. Unda atmosfera va boshqa xalaqitlar boʻlmaydi. Kabellar (yorugʻlik oʻtkazgichlar) asosan yer ostidan oʻtkaziladi.
O'zbekistonda televideniya sohasining taraqqiyoti.
Biz Poytaxtimizning teleko‘rsatuvlar vatani ekanidan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Dunyodagi ilk oq-qora tasvirli elektron televideniye tizimi loyihasi ham 1925-yilda aynan Toshkent shahrida ishlab chiqilgan bo‘lib, shu yili dunyo miqyosida muhim ahamiyatga ega ushbu kashfiyot uchun patent olingan. 1928-yilda televizion tajriba qurilmasida harakatlanuvchi oddiy ob’ektlar namoyish etildi. 1956-yilda esa Markaziy Osiyo mintaqasida birinchilardan bo‘lib Toshkentda oq-qora tasvirli televizion markaz ishga tushirildi.
O‘zbekiston MDH(Mustaqil Davlatlar Hamdòstligi) mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib raqamli televideniyega o‘tgan va respublikamizda raqamli televideniyeni joriy etish 2007-yildan boshlangan edi. Toshkent va Buxoroda yerdagi raqamli televideniye tajriba zonasining tashkil etilishi yangi turdagi ko‘rsatuvlarga bosqichma-bosqich o‘tishni boshlab berdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 17-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tishga doir Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori bu borada muhim dasturiy hujjat bo‘lib xizmat qilayotir. Mazkur hujjatda, birinchi navbatda, texnik va texnologik taraqqiyot inobatga olingan bòlib, raqamli televideniyeni joriy etish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, raqamli televideniyega ikki bosqichda, ya’ni 2012-2015 va 2016-2017-yillarda o‘tish nazarda tutilgan.
Shu tufayli raqamli telekanallarni tashkil etish jarayonida raqamli teleko‘rsatuvlar ijtimoiy yònalishini shakllantirish va yanada boyitishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 30-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raqamli telekanallari sonini ko‘paytirish, ulardan to‘liq formatda foydalanish, sifatli to‘ldirish va xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq tunu kun efirga uzatiladigan ikkita yangi raqamli kanal – “Madaniyat va ma’rifat” hamda “Dunyo bo‘ylab” telekanali tashkil etildi. Joriy yilning iyun oyidan boshlab mamlakatimizda “Yoshlar” teleradiokanali” yopiq aksiyadorlik jamiyati huzurida bolalar uchun mo‘ljallangan dastlabki “Bolajon” raqamli televizion kanali òz faoliyatini olib bormoqda
Xulosa: O‘zining qadimiy va boy tarixi bilan haqli ravishda faxrlanadigan O‘zbekiston televideniye sohasi davr bilan hamqadam rivojlanib bormoqda. Zero, tegishli Davlat dasturining izchil amalga oshirilishi tufayli yaqin vaqt ichida O‘zbekistondagi har bir oila yuqori sifatli televideniye xizmatlaridan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.Yuqori texnologiyali uskunalar va maxsus teleradiotexnikadan samarali foydalanish, ularni qo‘llagan holda mediatexnologiyalar asosida keng turdagi sifatli teleradiomahsulotlarni yaratish, shuningdek, televizion muhandis-texnik hamda ijodiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maxsus muhandislarni tayyorlaydigan «Televideniye texnologiyalari» fakulteti tashkil etildi. Poytaxtimizda Respublika televideniye va radio kasb-hunar kollejining ochilishi soha mutaxassislarini tayyorlashni takomillashtirishga xizmat qilayotir.

Download 22.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling