Temur avlodi Temuriylardan keyingi ijtimoiy jarayonlar va falsafiy tafakkur ijtimoiy-falsafiy fikrlar


Download 14 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi14 Kb.
#1762170
Bog'liq
boburiylar davri falsafasi



Mavzu : Bobur va boburiylar davri falsafasi
Reja:
1 Temur avlodi
2 Temuriylardan keyingi ijtimoiy jarayonlar va falsafiy tafakkur
3 ijtimoiy-falsafiy fikrlar


Temur avlodidan bolgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o‘sha davrning eng ma’rifatli podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tugllgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab-yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko‘tarildi. Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Maxatma Gandi va Javoharlal Neru ham Bobur va boburiylar — Shoh Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi temuriyzodalarga juda katta baho berganlar. Ichki kelishmovchiliklar natijasida o‘z yurtini tashlab ketishga majbur bolgan Bobur avval Qobulda, so‘ngra esa 1526-yilgi Pa~ nipat jangida Ibroxim Lo‘di ustidan g‘alaba qozonib, Hindistonda o‘z hukmronligini o‘rnatdi. «Boburiylar sulolasi» Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur boldi. Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o‘rnatdi, obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me’moriy yodgorliklar, bog‘chalar, kutubxonalar barpo qildi, madaniyat, san’at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san’atga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql egasi, qomusiy bilimga ega bolgan davlat arbobi, olim va shoirdir. Boburiylarning ko‘pchiligi ma’rifatchilik bilan mashg'ul boldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. Ularning 55 yana bir xizmati islom va budda diniga e’tiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga chaqirishda boldi. Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz ilmiga oid «Mufassal», musiqa bo‘yicha «Musiqiy», harbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» o‘sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afg‘oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo munosabatlari, jug‘rofIyasi, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir. Bobur o‘zining lirik she’rlarida ishq, muhabbat, Vatan soglnchi, mehr, vafo, insoniylik, do‘stlik, yaxshilik va mehr-oqibatni kuyladi. Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta baho bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, mard va tadbirkorligini, san’atni sevganini va umuman, Hindiston uchun ko‘p ish qilganligini ta’kidlagan edi. Bobur va boburiylarning siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va 0 ‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda hozir ham muhim rol o‘ynamoqda. Shunday qilib, XIV—XV asarlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans davri ham deb atamoqdalar. Ba’zi olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga to‘g‘ri kelmasligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini aytmoqdalar. Nima bolganda ham Yevropada XV—XVI asarlardagi ko‘tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari Markaziy Osiyoda ro‘y bergan madaniy yuksalish bir-biriga ko‘p tomonlari bilan o‘xshab ketadi. Bular orasida mushtarakliklar ko‘p. XIV—XV asrlar moddiy va ma’naviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish o‘sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy aloqalar o‘rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga e’tibor kuchaydi, ilm-fan va san’at rivoj topdi, qomusiy olimlar yetishib chiqdi, madaniy merosni o‘rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalish hozir 56 ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishda ma’naviy ozuqa vazifasini o'tamoqda.
Temuriylardan keyingi ijtimoiy jarayonlar va falsafiy tafakkur. XVI asrdan boshlab Movarounnahrda o‘zaro urushlar, nizolar avjga chiqdi, Temuriylar davlati inqirozga yuz tutib, mayda davlatlarga bolinib ketdi. Natijada Shayboniylar davlati tuzildi, 1510-yilda Shayboniyxon Ismoil Safaviy lashkarlari tomonidan oldirilganidan so‘ng, markazlashgan davlat inqirozga yuz tutdi. Shayboniylardan Abdullaxon va uning o‘g‘li Abdulmo‘mm va~ fotidan so‘ng, XVI asr oxirida bu davlat barham topib, hokimiyat ashtarxoniylar sulolasiga o‘tdi. Imomqulixon (1611—1642) davrida davlat birmuncha mustahkamlangan bolsa-da, keyingi davrlarda taxt uchun kurashlar davom etdi. Bu esa iqtisod, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at ravnaqiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa, tabiiy-ilmiy fanlar rivoji zaiflashdi, dunyoviy biiimda tanazzul ro‘y berdi. XVI—XVII asrlarda falsafiy va axloqiy fikr sohasida Poshshoxo‘ja, Mirzajon ash-Sheroziy al-Bag‘naviy, ibn Muhammadjon Yusuf al-Qorabog‘iy, Muhammad Sharif al-Buxoriy va boshqalarning asarlarini ko‘rsatish mumkin. Bundan keyinroq xalqimiz falsafiy tafakkuri tarixida Boborahim Mashrab, So‘fi Olloyor, Turdi Farog‘iy va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muhim o‘rinni egalladi. Ular orasida Mashrabning ijtimoiy-falsafiy va axloqiy fikrlari e’tiborga sazovordir. Boborahim Mashrab (1640—1711) Namanganda tavallud topadi. U Mulla Bozor Oxunddan diniy-tasavvufiy ta’limot sirlarini o‘rganadi. Keyinchalik esa Gfoq Xo~ jaga muridlik qiladi, 1675-yilda Namanganga qaytadi. Mashrab o‘zining ma’naviy ustozlari sifatida Boyazid Bistomiy va Mansur Hallojlarni e’tirof etadi, keyingi hayotida Yaqin va Ocrta Sharq mamlakatlarining ko‘p joylarida xususan, Toshkent, Turkiston, Samarqand, Buxoro, Andijon, Xo‘jand, Bidaxshon va boshqa yerlarda boladi. U umrining oxirida Balxda bolib, Qunduzda Mahmud Qatag‘on tomonidan qatl qilinadi.
0 ‘zining ijtimoiy-falsafiy fikrlari bilan Markaziy Osiyo madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan shoir va faylasuf Mirza Abdulqodir Bedildir (1644—1721). Bedil ilmning ko‘p sohalari, xususan falsafa, adabiyot, san’atshunoslik bo‘yicha ijod qildi. U hind, arab, eron, ko‘plab Osiyo xalqlarining ilmiy merosini chuqur o‘zlashtirgan yetuk olimdir. Bulardan tashqari, Bedil Sa’diy, Attor, Jomiy, Hofiz, Navoiylarning she’riyati, dunyoqarashini puxta bilgan. Vaxdati-mavjud oqimi tarafdorlari sirasiga kirgan. Uning muhim asarlari «Chor unsur», «Irfon», «Ruboiyot», «G‘azaliyot» va boshqalardir. Mirza Bedil ijtimoiy-siyosiy qarashlarida jamiyat, inson, davlat va uning kelib chiqishi, uni boshqarish yo‘llari, dehqonchilik va uning foydasi haqida fikr yuritdi. Ayniqsa, u insonni yuksak darajaga ko'tardi, uning irqi, dini va millatidan qat’i nazar hurmatga sazovor ekanligini uqtirdi. U odamlardagi vatanparvarlik, mehnatsevarlik, vafodorlik, sahiylik, samimiylikni qadrladi, dangasalik, takabburlik, ochko‘zlik, yolg‘onchilik, makkorlikni qoraladi. Bedilning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan ijtimoiy va falsafiy g‘oyalari o‘sha davrda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Olim o‘zining falsafiy qarashlari bilan 0 ‘zbekiston va Hindiston o'rtasidagi madaniy, ilmiy va do'stlik aloqalarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.


xulosa:
Biz shuni xulosa qilamizki moddiy va ma’naviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab chiqarish o‘sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik va madaniy aloqalar o‘rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga e’tibor kuchaydi .
Download 14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling