Termiz davlat universiteti O’zbek Filologiyasi tillarni o’qitish


Download 17.68 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi17.68 Kb.
#1382084
Bog'liq
Amaliyot hisoboti


Termiz davlat universiteti
O’zbek Filologiyasi tillarni o’qitish:
o’zbek tili fakulteti
Ikkinchi oliy ta’lim (sirtqi bo’lim)
II kurs 201 guruh talabasi
Ollayarova Shodiyaning “O’zbek folklori” fanidan malakaviy amaliyot





Malakaviy amaliyot rahbari: SH. Norqulova.
Amaliyotchi talaba: Ollayarova Sh.

TERMIZ – 2022 yil


Hisobot
Men Ollayarova Shodiya 25.04.2022 yildan 08.05.2022 yilgacha “O’zbek folklori” fanidan malakaviy amaliyotni o’zim yashab turgan hudud Oltinsoy tumanidagi “Oqarbuloq” mahallasida o’tkazdim. Shu bilan birga Surxondaryo viloyati folklori bilan tanishdim. Xalqimizning mustaqillika erishgani va jahon hamjamiyatida munosib o‘rnini egalashi tarixiy voqea sifatida o‘zbek milliy folklor san’ati va folklorshunoslik sohasining ham yangi bosqichga chiqishiga imkon yaratdi. O‘zbek xalq badiiy ijodi asrlar davomida yaratilib, og‘izdan og‘izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o‘tib kelgan jamoa ijodi mahsulidir. Chunki folklor asarlari bir kishi tomonidan emas, balki butun bir jamoaning ijodiy tajribasi asosida vujudga keladi va jamoa tomonidjan ijro etiladi. Ba’zi folklor asarlar esa iste’dodli ijodkorlar tomonidan yaratilib, o‘z qabilasi va urug‘lari odatlari, e’tiqodi, orzu istaklari, tabiat bilan bo‘lgan munosabatlari hikoya qilingan. Qabila va urug‘ a’zolarga ma’qul tushgan bu asarlar og‘izdan-og‘izga o‘tib, jamoa ijodiga aylangan. Asarlar shu tariqa jamoa orasida takomillashib, umumxalq mulkiga aylangan.
Men Oltinsoy tumanidagi ”Oqarbuloq” mahallasi raisi va aholisi bilan tanishdim. Uyerdagi o’zgarishlar va yangiliklar bilan tanishdim. Mahalla nuroniylari, mahalla faollari va yoshlari bilan suxbatlashdim. Nuroniylarimizdan suxbat olib borib hudud shevasi va aholi folklor materiallarini to’pladim. Qadimgi miflar va afsonalar, rivoyatlar, joy nomilari bilan bog’liq toponimik afsonalarni to’pladim.
Mahallada joylashgan 6-MTT da bo’ldim . Bu muasasada tarbiyalanayotgan bolajanlarning tadbirlarni ko’zdan kechirib bolalar folklorida qanchalik etibor qaratilayotganini o’rganib chiqdim. Bolalar qo’shiqlari , aytishmochoqlar va har mavsumga atalgan she’rlar va qo’shiqlarni bolalar tomonidan aytilgan vedio va suratlar olingan tadbirlar tasvirlari bilan tanishdim. Bundan tashqari bolalarga xalq maqollari , topishmoqlari va tezaytishlar qay darajada o’rgatilishini kuzatdim va o’rganib chiqdim.
Mahalla nuroniylari Qizlargul momo, Jo’ra bobo, Xadicha momo, Otabek bobodan xalq maqollari, xalq topishmoqlari, xalq latifalari va xalq qo’shiqlar haqida suhbat olob bordim. Ulardan namunalar yozib oldim.
Bu yil ham viloyatimizning so’lim go’shasi Boysun tunanining Padang kengliklarida ”Boysun bahori” xalqaro folklor festivali 7-8 may kunlari o’tkazildi. Men ham shu festivalga bordim. Respublikamizning barcha hududidan kelgan folklor jamoalarini chiqishlarini tomosha qildim. Bu festivalda viloyatimizning ”Boysun” folklor jamoasi o’z chiqishlari bilan ishtirok etdi. Ular xalq qo’shiqlari: mehnat qo’shiqlari, dehqonchilik bilan bog’liq, chorvachilik va hunarmanchilik bilan bog’liq qo’shiqlarni kuylashdi. Men ularni yozib oldim va suratga tushirdim.
”Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida Navoiy va Buxora viloyati folklor jamoalari o’z chiqishlarida xalq o’lanlari va to’y tantanalarida ijro etiladigan qo’shiqlar kuylashdi. Men ularni yozib oldim va suratga tushurdim.
Men xalq ertaklari: hayvonlar haqidagi retaklar;sehirli va maishiy, qahramonlik haqidagi ertaklarni yozib oldim. Xalq dramasiga mansub manbalarni topladim va yozib oldim.
Xulosa “O’zbek folklori” fanidan o’tagan malakaviy amaliyot davrida shuni o’rgandim. Yosh mutaxassislarning yuksak ma’naviy-axloqiy, fuqarolik sifatlarini shakllantirish, inson or-nomusi, sha’ni, iymoni, mas’uliyati kabi tuyg‘ularni, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi ma’naviy-ruhiy fazilatlarni egallashlari uchun ma’naviy merosni o‘zlashtirishga ilmiy-nazariy ko‘mak berishdan iborat. Mutaxassisliklarning kasbiy ixtisoslik tayyorgarligi millatimizning boy ma’naviy merosidan ozuqa oladigan, ularning yuksak ma’naviy-axloqiy imkoniyatlari, keng dunyoqarashi, aql-idroki bilan o‘zaro uyg‘un kelishiga qaratilgan. Shunday ekan yoshlarga xalq folklari haqida ko’plam malumat oloshiga erishimiz kerak. Ko’pkina festiva va ko’tik tanlovlar o’tkazib turishimiz kerak. Shundagina xalq folklor namunalarini yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’ymagan bo’lamiz. Ayniqsa milliy bayramlarimizda estrada yo’nalishidan ko’ra xalq folklori naminalaridan foydalanib tadbirlarni o’tkazish kerak degan fikrdaman. Buni maktab va maktabgacha ta’lim muasasalarida targ’ib qilish kerak.
Men ham bu malakaviy amaliyot davamida xalq folklori haqida ko’pgina ma’lumotga ega bo’ldim.
Download 17.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling