Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya sirtqi ta’lim yo’nalishi talabasi


Download 0.5 Mb.
bet1/2
Sana29.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1400370
  1   2
Bog'liq
Transkriptomika, transkripsiya faktorlari, oqsillar polimorfizmi, oqsil folding, molekulyar shaperonlar, genomning regulyator, transkripsiya, translyasiya qismlari.


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA SIRTQI TA’LIM YO’NALISHI TALABASI
MO’MINOV RAJABBOYNI
TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI

MAVZU: Transkriptomika, transkripsiya faktorlari, oqsillar polimorfizmi, oqsil folding, molekulyar shaperonlar, genomning regulyator, transkripsiya, translyasiya qismlari.


Transkripsiya bosqichlari

Transkripsiya (lotincha transcriptio —ko‘chirib yozish) — bu barcha tirik organizmlarda amalga oshadigan, matritsa sifatida DNK ishlatilishi bilan boradigan RNK sintezlanish jarayonidir. Boshqacha aytganda, bu jarayon genetik axborotni DNK dan RNK ko‘chirish jarayonidir.



Transkripsiya DNK ga bog‘liq bo‘lgan RNK –polimeraza fermenti tomonidan katalizlanadi. RNK sintezi jarayoni 5'- dan 3'- oxirga tomon yo‘nalishda boradi, ya’ni DNK ning matritsa zanjiri bo‘ylab RNK polimeraza 3'->5' yo‘nalishda xarakatlanadi. Transkripsiya initsiatsiya, elongatsiyava terminatsiya bosqichlaridan iborat.
Transkripsiya initsiatsiyasi
Transkripsiyaning initsiatsiyasi — murakkab jarayon bo‘lib, transkripsiyalanuvchi ketma – ketlik yonidagi DNK ketma – ketligiga va ( eukariotlarda esa genomning nisbatan uzoqdagi uchastkalari — enxanserlar va saylenserlarga) turli xil oqsil omillarining mavjudligiga yoki mavjud emasligiga bog‘liq.
Transkripsiyaning elongatsiyasi
RNK – polimerazaning transkripsiya initsiatsiyasidan elongatsiyaga o‘tish vaqti xali aniqlangan emas. Ichak tayoqchasi RNK – polimerazasi misolida bu o‘tishini uchta uchta asosiy bioximiyaviy xodisa xarakterlaydi: sigma – faktorning ajralishi, matritsa bo‘ylab ferment molekulasining birinchi translokatsiyasi va transkripsion materialning kuchli
stabillashuvi, u RNK- polimerazada tashqari RNK ning o‘suvchi zanjirini va transkripsiyalanuvchi DNK ni o‘z ichiga oladi. Bu xodisa eukariotlar RNK – polimerazasi uchun xam xosdir. Initsiyasiyadan elongatsiyaga o‘tish ferment, promotor, transkripsiya
initsiatsiyasining omili orasida aloqalarning uzilishi, bir qator xollarda esa RNK – polimerazani elongatsiyaga nisbatan kompetentlik xolatiga o‘tishi bilan boradi. (masalan, RNK – polimerazadagi CTD-domenining fosfolirlanishi). Elongatsiya fazasi o‘sib borayotgan transkriptning ajralib chiqishi va fermentning matritsadan dissotsilanishi bilan tugaydi (terminatsiya).
Elongatsiya bosqichida taxminan 18 juft DNK bir – biriga birikib ketgan bo‘ladi. DNK matritsa ipining taxminan 12 jufti RNK ning o‘sib borayotgan oxiri bilan gibrid spiral xosil qiladi. RNK – polimerazaning matritsa bo‘ylab oldinga xarakatlanishida uning echilishi ro‘y beradi, orqada esa DNK juft spiralining tiklanishi amalga oshadi. SHu bilan bir paytda RNK o‘sib borayotgan zanjirining navbatdagi bo‘g‘ini va RNK – polimeraza ajralib chiqadi. Bu ko‘chishlar RNK – polimeraza va DNK nisbiy aylanishi bilan amalga oshishi zarur. Xromatin transkripsiyasida hujayrada bu jarayonni borishini tasavvur qilish qiyin. SHuning uchun DNK bo‘ylab bunday aylanishni oldini olish uchun RNK - polimeraza bilan topoizomerazalar xarakat qiladi.
Elongatsiya asosiy elongirlovchi omillar yordamida amalga oshadi. Ularsiz jarayon muddatidan oldin tugab qolishi mumkin edi.
Oxirgi paytlarda regulyator omillar xam elongatsiyani boshqarishi mumkinligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar xam paydo bo‘la boshladi. RNK – polimeraza elongatsiya jarayonida genning muayyan uchastkalarida tanaffuslar qiladi. Bu xolat substratlarning past konsentratsiyalarida aniq – ravshan ko‘rinadi. Matritsaning ba’zi bir uchastkalarida RNK - polimerazaxarakatlanishida tanaffuslar substratlarning optimal konsentratsiyalarida xam ro‘y beradi. Bu tanaffuslarning davomiyligi elongatsiya omillari bilan boshqarilishi mumkin.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling