Termiz pedagogika va iqtisodiyot universiteti Yo’nalish: Pedagogika Guruh: 10. 02 F. I. Sh. Pardayeva Sevara Ota murodovna


Download 0.67 Mb.
Sana02.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1420899
Bog'liq
Abdumurodova Sarvinoz 13

  • TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI
  • Yo'nalish:Pedagogika
  • Guruh:9-22 guruhi
  • F.I.Sh.Abdumurodova Sarvinoz
  • Mavzu:Gender tushunchalar ta’rifi.
  • TAQDIMOT

Reja:

1. Tarbiya jarayonining maqsadi.

2. Tarbiya jarayonining mazmuni.

3. Ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari.

4. Tarbiya qonuniyatlari.

  • 5. Tarbiya prinsiplari

Tayanch iboralar!

Tarbiya jarayoni, tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayoni xususiyatlari, tarbiya mazmuni, jjtimoiy tarbiya, tarbiya prinsiplari, tarbiya qonuniyatlari.

1. Tarbiya jarayonining maqsadi.

Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi.

  • Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
  • Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi va xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
  • Tarbiya haqida tushuncha. Tarbiya jarayonini tashkil etishda, eng avvalo, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetish talab etiladi. Binobarin, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida shaxs tarbiyasiga yondashuv ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi. XXI asr insoniyat tarixida “kompyuter davri” bo‘lib qolmoqda. Bu esa shaxsni tarbiyalashga o‘ziga xos yondashuvni qaror toptirishni taqozo etadi.

Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotidan muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg‘or fikrlariga tayanib ish ko‘rish zarur.

  • Tarbiya maqsadi va vazifalari. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan.

Tarbiya jarayonining mazmuni. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.

  • Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”(. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Ta’limda gender yondashuvi – bu bolaning o’ziga xosligini namoyon etishga individual yondashuv. Gender yondashuvi jinsidan qat’i nazar, tenglik g’oyasiga qaratilgan bo’lib, bu erkaklar va ayollarga o’z imkoniyatlari va da’volarini baholash, hayot istiqbollarini aniqlash va shaxsiy resurslarni faollashtirishning yangi usulini beradi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling