Terpenlar


Download 10.2 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi10.2 Kb.
#1593967
  1   2   3   4
Bog'liq
Terpenlar

Terpenlar

  • Terpenlar
  •  Reja:
  • 1.Terpenlar tabiiy birikmalarning muhim sinfi.
  • 2.Terpenlarning organik kimyo nazariyasi rivojidagi o’rni.
  • 3.Mono- va seskviterpenlarni ajratish (atsiklik, monosiklik, bitsiklik).
  • Tayanch iboralar: terpen, monoterpen, seskviterpenlar, diterpenlar, triterpenlar, politerpenlar, kamfora, karotinoidlar, alifatik terpenlar, monosiklik terpenlar, bitsiklik terpenlar,trisiklik terpenlar

Terpenlar tabiiy birikmalarning muhim sinfi 

  • Terpenlar tabiiy birikmalarning muhim sinfi 
  • Terpenlar tabiiy birikmalarning katta guruhi bo’lib, ular ham uglevodorodlar jumlasiga kiradi. Bu uglevodorodlarning umumiy formulasi (C5H8)n bo’lib, odatda n ning qiymati 0 dan 8 gacha bo’ladi. C10H16 formulaga to’g’ri keladigan uglevodorodlar terpenlar, C15H24 ga to’g’ri keladiganlari seskvi- terpenlar, C20H32 –diterpenlar, C30H48 –triterpenlar deyiladi. Terpenlar, seskvi- terpenlar va diterpenlar efir moylarida bo’ladi. Triterpenlar, saponinlar hamda tetraterpenlar tabiatda ko’p uchraydigan karotinoidlar tarkibida bo’ladi.
  • Terpenlar 4 guruhga bo’linadi:
  • 1.Alifatik terpenlar
  • 2.Monosiklik terpenlar
  • 3.Bitsiklik terpenlar
  • 4.Trisiklik terpenlar
  • Terpenlar yoki izoprenoidlar sinfi o’simlik va hayvonot dunyosida keng uchraydigan biologik faol moddalarning katta guruhini tashkil etadi.
  • O’simlik va hayvon organizmlarida mavjud bo’lgan va bir nechta izopren birligini saqlovchi moddalar terpenlar deb ataladi.
  • Terpenoidlar (terpenoid, izoprenoid).
  • Biosintez jarayonida bir nechta uglerod atomini yo’qotgan terpenlar izoprenoidlar deb ataladi.

Terpenlarning birinchi vakillari 1887-89 yillar I.Gperkin, O. Vallax tomonidan terpintin moyidan (skipidar) dan ajratib olingan. Terpenlarning umumiy formulasi (C5H8)n , ya’ni ular bir nechta izopren birligidan tarkib topadi:
Izopren soniga ko’ra terpenlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
n2 monoterpenlar (C10H16) -2ta izopren fragmenti
n3 seskviterpenlar (C15H24) -3ta izopren fragmenti
n4 diterpenlar (C20H32) - 4ta izopren fragmenti
n6 triterpenlar (C30H48) - 6ta izopren fragmenti
n8 tetraterpenlar (C40H64) -8ta izopren fragmenti

Download 10.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling