Test zalda bir nechta o‘rindiqlar turibdi. Agar o‘rindiqlarga o‘quvchilar tadan o‘tirsa, nafar o‘quvchiga joy yetmaydi. Agar tadan o‘tirsa, 5 ta o‘rindiq bo‘sh qoladi


Download 108.04 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi108.04 Kb.
#1433950
Bog'liq
TEST 4-sinf matem


TEST
1. Zalda bir nechta o‘rindiqlar turibdi. Agar o‘rindiqlarga o‘quvchilar 2 tadan o‘tirsa, 7 nafar o‘quvchiga joy yetmaydi. Agar 3 tadan o‘tirsa, 5 ta o‘rindiq bo‘sh qoladi. Zaldagi o‘quvchilar sonini toping.
A) 35 B) 51 C) 21 D) 56
2. Faqat 1 va 7 raqamlaridan tashkil topgan nechta to‘rt xonali son tuzish mumkin? (masalan:1111,1717) 
A) 16 B) 12 C) 18 D) 14
3.

A) B) C) D)
4. Sher 600 kg go‘shtni 6 soatda yeydi, yo‘lbars esa undan 2 marta tez yeydi. Ular birgalikda shu go‘shtni qancha vaqtda yeydi?
A) 3 B) 4 C) 1 D) 2
5. Aziz Boburdan yuqorida, lekin Zafardan pastda yashaydi. Tohir Boburdan pastda yashasa, Aziz to'rt qavatli uyning qaysi qavatida yashaydi?
A) 3 B) 2 C) 1 D) 4
6. Hisoblang: 1-2+3-4+5-6+…+2021-2022+2023
A) 2012 B) 1011 C) 1012 D) 2022
7. Temir quvurni ikkiga bo‘lish uchun ishchiga 50 000 so‘m to‘lash kerak. Agar quvurni 12 qismga ajratish kerak bo’lsa, ishchiga qancha pul to‘lanadi?
A) 550 000 B) 600 000 C) 500 000 D) 650 000
8. Kvadratning perimetri 20 sm. Agar uning perimetri 12 sm uzaytirilsa, yuzi necha santimetr kvadratga ortadi?
A) 25 B) 39 C) 29 D) 64
9. Boladan qancha puli borligini so‘rashdi. U shunday javob berdi: «agar mendagi pulga uning yarmini va yana 20 so‘m qo’shilsa, 200 so‘m hosil bo‘ladi». Bolada qancha puli bor?
A) 100 B) 120 C) 150 D) 180
10.
A) 6 B) 10 C) 12 D) 8
11. Tog‘ri to‘rtburchakning perimetri 48sm, uning bo‘yi enidan 2 sm uzun bo‘lsa, to‘g‘ri to’rtburchakning yuzini toping.
A) 144 B) 121 C) 143 D) 120
12. Oʻquvchi bir son oʻyladi. U oʻylagan soniga 3 ni qoʻshdi va natijani 50 ga koʻpaytirdi. Keyin yana 11 ni qoʻshdi va natijani 2 ga koʻpaytirdi. Agar oxirgi natija 2022 ga teng boʻlsa, oʻylangan sonning raqamlari yig'indisini toping.
A) 10 B) 9 C) 8 D) 7
13. Qaysi javobdagi siniq chiziq eng uzun?
A) B) C) D)
14. Keyingi sonni toping: 141, 516, 171, 819, …
A) 302 B) 202 C) 221 D) 201
15. Yashikda 5 ta qizil, 7 ta ko‘k va 1 ta yashil rangdagi sharlar bor. Qaramasdan ikkita bir xil rangdagi sharni olish uchun yashikdan kamida nechta shar olish kerak?
A) 5 B) 4 C) 2 D) 3
16. Hisoblang: 1397•135 + 228•1397 - 1397•213
A) 203750 B) 208650 C) 207850 D) 209550
17. Ikkinchi raqami birinchi raqamidan katta bo‘lgan nechta ikki xonali son mavjud?
A) 45 B) 36 C) 50 D) 28
18.

Shaklni toʻldirish uchun quyidagi boʻlaklardan qaysilaridan foydalanishimiz kerak?
A) 2, 5, 6 B) 1, 3, 6 C) 2, 3, 6 D) 2, 3, 5
19. Quyidagi javoblardan qaysi birida A2, B1 va C3 kataklar boʻyalgan?
A) B) C) D)
20. Raqamlari yigʻindisi 2 ga teng boʻlgan besh xonali songa ikki xonali son qoʻshildi. Natijada yana raqamlari yigʻindisi 2 ga teng bo'lgan besh xonali son hosil boʻldi. Yig'indida qanday son hosil bo'ldi?
A) 10100 B) 11000 C) 20000 D) 10010

1. B
2. A


3. B
4. D
5. A
6. C
7. A
8. B
9. B
10. B
11. C
12. C
13. A
14. B
15. B
16. D
17. B
18. C
19. C
20. A
Download 108.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling