Texnologik jararonlarni avtomatlashtirish


Download 1.63 Mb.
Sana30.11.2020
Hajmi1.63 Mb.
#156107
Bog'liq
2-amaliy


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

 БУХОРО МУҲАНДИСЛИК-ТЕХНОЛОГИЯ ИНСИТУТИ



“Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari” kafedrasi

“TEXNOLOGIK JARARONLARNI AVTOMATLASHTIRISH” FANIDAN

“ARALASHTIRISH JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH”

mavzusidagi

AMALIY MASHG`ULOTI

O`qituvchi: M.S.Mizomov

Buxoro-2020

Amaliy mashg’ulotning maqsadi:

1. Aralashtirish jarayonida nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.

2. Aralashtirish jarayonining avtomatlashtirilgan funksional sxemalarini qurish.

Nazariy ma`lumotlar

Ikki va undan ortiq suyuq yoki sochiluvchan komponentlar oqimlarini aralashtirish uchun davriy ishlovchi yoki uzluksiz ichlovchi aralashtirgichlar qo`llaniladi. Aralashtirgichlar aralashtirishni tezlashtirish va aralashma tarkibi bir tekis bo`lishini ta`minlash maqsadida meshalkalar (aralashtiruvchi qurilmalar) bilan ta`minlanadi.

Avtomatlashtirish ob`yekti sifatida aralashtirgich kirish komponenti sarfi – aralashma sifatining ko`rsatkichi kanali bo`yicha kechikuvchi yoki kechikmaydigan rostlash statik ob`yekti sifatida qarab chiqilishi mumkin.

Kechikishning mavjud bo`lishi hamda aralashtirish jarayonining inertsionligi aralashma komponentlarining fizik (tabiiy) parametrlariga va aralashtirishning samaradorligiga bog`liq. Aralashma sifatining talab qilinayotgan darajadan og`ishiga sabab bo`luvchi g`alayonlantiruvchi ta`sirlar aralashma komponentlari sarfining o`zgarishi, shuningdek, ular xossalarining o`zgarishi bilan bog`liqdir. Uzatilayotgan komponentlar sarfining o`zgarishi rostlovchi ta`sirlar hisoblanadi. Aralashtirgichni avtomatlashtirishning eng oddiy sxemasi har bir komponentning berilgan qiymatda sarflanishini barqarorlashtirishni nazarda tutadi. Agar komponentlardan birining sarfini barqarorlashtirish imkoni bo`lmasa, u holda boshqa komponentlar sarfi nisbat rostlagichi yordamida berilgan tarkibdagi aralashmani saqlash maqsadida unga nisbatan berilgan proporsiyada o`zgartirilishi kerak.

Aralashtirish jarayoni kechadigan aralashtirgich va boshqa qurilmalar tahlili

Jarayonni tashkil etish bo`ycha reaktorlar 3 guruhga bo`linadi:

Davriy ishlaydigan reaktorlarda jarayonning hamma bosqichlari har xil vaqtda ketma-ket kechadi.

O`zaro ta’sirdagi moddalar konstentrastiyasining o`zgarish xarakteri reakstion hajm-ning hamma nuqtalarida bir xildadir. Lekin, hajmning biror nuqtasi uchun vaqt bo`yicha turlicha bo`ladi. Bu turdagi qurilmada reaktsiya davomiyligini bevosita o`lchash mumkin, chunki reaktsiya vaqti va reakstion hajmda reagentlarning ta’sir vaqti bir xil. Davriy qurilmalarda texnologik jarayon parametrlari vaqt o`tishi bilan o`zgaradi. Bunday reaktorlar ish unumdorligi kichik va ularni avtomatlashtirish, hamda rostlash qiyin.

Uzluksiz ishlaydigan reaktorda kimyoviy aylanish jarayonining hamma bosqichlari parallel va bir vaqtda yuz beradi.

Aralashtirish jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi.

Aralashma sifatini uzluksiz o`lchash imkoni bo`lganda aralashma sifati bo`yicha korreksiyalovchi (tuzatish kirituvchi) ikki konturli ARS dan foydalanish mumkin. Aralashmaning sifati konsentratsiyasi o`lchanadi, shchitda asbob Arduino UNO kontrolleri yordamida nazorat qilinadi va tuzatish kirituvchi rostlagich vazifasini bajaradi. Avtomatlashtirish sxemasi suv komponentning sarflanishini aralashtirgichdagi sathga bog`liq holda rostlanishi ham ko`zda tutadi. Sath holatini datchik o`lchaydi va rostlagich rostlaydi, u masofadan turib boshqarish paneli suv komponentning rostlovchi klapanning ijro mexanizmga ta`sir ko`rsatadi.

Avtomatik rostlashning qarab chiqilgan sxemasi amalda ishlashi juda qiyin, chunki aralashmaning sifatini o`lchash ancha murakkab masaladir. Shu munosabat bilan aralashmaning sifatli bo`lishiga kelayotgan komponentlarni qat`iy rostlash yo`li bilan, ya`ni aralashma komponentlarining sarflanishini avtonom rostlashga bog`liq bo`lmagan yo`l bilan ta`minlanadi.



Topshiriq: Texnologik jarayonni avtomatlashtiring va funksional sxemasini tuzing

Эътиборингиз учун

раҳмат!!!
Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling