Texnologiya tu shuntirish xati


Download 362 Kb.
bet1/6
Sana09.10.2020
Hajmi362 Kb.
  1   2   3   4   5   6




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI





UMUMIY O‘RTA TA’LIMNING O‘QUV DASTURI


Toshkent-2020



TEXNOLOGIYA








TU SHUNTIRISH XATI

Umumta’lim maktablarida fanlarni o‘qitish jarayonida fan-texnika taraqqiyoti, injeneriya, matematika va kundalik hayot bilan bog‘lab o‘rganishning STEAM (science, technology, engineering, art and mathematics) yondashuvi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish dolzarb masaladir. STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda umumta’lim fanlari bo‘yicha fanlararo bog‘lanish va amaliy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan umumiy reja. STEAM o‘ziga tabiiy fanlar, texnologiya, injenerlik, san’at, ijodkorlik, matematika fanlarining amaliy jihatlarini umumlashtirib integratsiyalashni nazarda tutadi.

STEAM-kundalik hayotning ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan ta’limning integrativ yondashuvini taqozo etadi. Bunday yondashuvdan maqsad - ta’lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ‘ib qilishga qaratilgan.

Xalqaro tajribalar asosida STEAMni joriy etilishi bugungi kunda ta’limga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratish orqali irodani, ijodkorligini, moslashuvchanlikni rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadi.

Texnologiya darslarida o‘quvchilarning texnik ijodkorligini, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida tabiiy va sun'iy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunarga yo‘naltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish layoqatlarini shakllantirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik ob'ekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish;

texnik ob'ekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;

texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;

jarayonlarni bajarilishiga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish;

kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.

Texnologiya fani quyidagi bo‘limlar asosida o‘qitiladi.

  1. 4-sinflar uchun

  1. Texnologiya va texnologik vositalar

  2. Robototexnika asoslari

  3. Texnik konstruksiyalash va modellashtirish

  4. Zamonaviy kasblar

  5. Milliy hunarmandchilik

  1. 9-sinflar uchun:

Texnologiya va dizayn yo‘nalishi:

  1. Zamonaviy texnika va texnologiyalar

  2. Materiallarga ishlov berish texnologiyasi

  3. Amaliy elektrotexnika

  4. Mexatronika-Lego education “Oddiy mexanizmlar”

  5. Ijtimoiy-iqdisodiy texnologiya asoslari

Servis xizmati yo‘nalishi:

  1. Oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish texnologiyasi

  2. Materiallarga ishlov berish texnologiyasi

  3. Amaliy elektrotexnika

  4. Mexatronika-Lego education “Oddiy mexanizmlar

  5. Ijtimoiy-iqdisodiy texnologiya asoslari

Malakali o‘qituvchilar yetarli bo‘lgan 5-9-sinflarda “Texnologiya” o‘quv fanidan o‘quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikki guruhga bo‘lib o‘qitishga ruxsat etiladi.

Har bir dars xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiena talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi.

Shuningdek, o‘quvchilarga texnologiya fanini yo‘nalishlari bo‘yicha kasb turlari haqida axborotlar beriladi.

Ushbu o‘quv dasturida boblar kesimida mavzularga ajratilgan umumiy soatlar hajmi keltirilgan bo‘lib, ularning taqsimlanishi o‘qituvchi tomonidan ijodiy yondoshgan holda amalga oshiriladi. Jumladan, taqvim- mavzuiy rejani tuzishda o‘quv dasturida boblarga ajratilgan (mavzularga berilgan) umumiy soat hajmidan chiqmagan holda taqsimlanishi zarur. Taqvim-mavzuiy reja tuzishda o‘qituvchi bob ichida berilgan mavzularni sinflar kesimida taqsimot qilish vaqtida o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasini inobatga olgan holda, namunada berilgan soatlarni ko‘paytirsa, * belgini qo‘yishi hamda dastur soatlarini taqsimotiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan maktab pedagogik kengash yig‘ilishida muhokama etib, qaror qismi bilan hujjatlashtirish lozim.

O‘quv dasturida berilgan umumiy soatlar asosida har chorakda bir marta nazorat ishi o‘tkaziladi. Nazorat ishini o‘tkazish tartibi va shakli o‘qituvchi tomonidan tanlanadi hamda nazorat ishi materiallari mavzudan kelib chiqqan holda tayyorlanadi.

Texnologiya fanining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha 5 va 6 - sinflarda 6 kun (24 soat), 7-sinfda 10 kun (40 soat) 8-sinfda 16 kun (96 soat), jami 160 soat amaliyot o‘tkazish rejalashtirilgan.

Amaliyotning maqsadi - o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalarni bevosita unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida qatnashish orqali (sanoat, qishloq xo‘jalik va umumiy ovqatlanish korxonalari, ustaxonalar, tashkilot, muassasa yoki hunarmand ustalar huzurida) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil qilishdan iborat. Amaliyot ta’lim muassasasi yoki ishlab chiqarish korxonasi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘quv yilida ko‘zda tutilgan ta’til vaqtida o‘tkaziladi.

  1. SINF

Texnologiya fani o‘quv dasturi Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil 29-oktabrdagi 266-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:



Sanitariya - gigiyena va xavfsizlik talablariga amal qiladi;

qog‘ozni buklashning sodda usullarini bajara oladi;

qog‘oz, karton va urug‘larni yelimlaydi;

tabiiy va turli materiallarni bir-biridan farqlaydi;

o‘tkir va tig‘li asboblardan to‘g‘ri foydalana oladi;

  1. bob. QOG‘OZ VA KARTON BILAN ISHLASH

(16 soat)

Texnologiya fani. Xavfsizlik texnikasi qoidalari. Texnologiya fani haqida tushuncha. Qog‘oz, qaychi, chizg‘ich, qalam, yelim bilan ishlashda mehnat xavfsizligiga rioya qilish ko’nikmalarini rivojlantirish

Qog‘oz va uning turlari. Qog‘oz va uning turlari haqida ma’lumot. Qog‘ozni buklashning oddiy usullari. Qog‘ozni buklashning oddiy usullaridan foydalanib o‘yinchoqlar (kema, qayiq va h.k.) yasash.

Geometrik shakldagi qog‘ozlarni qirqish usullari. Aylana, kvadrat, uchburchak, to‘rtburchaklar haqida tushuncha. Hayvon va qushlar shaklini tahlil qilish va shakllarni to‘g‘ri joylashtirish, yasash.

Qog‘ozdan kuchukcha yasash. Qog‘ozni buklash usullaridan foydalanib, turli usullarda kuchukcha yasashning texnologik xaritasi.

Qog‘ozdan o‘yinchoqlar yasash. Qog‘ozdan buklash usulida turli kichik hajmdagi qayiqcha, samolyot, paroxod va h. k.o‘yinchoq larni yasash bosqichlari.

Mozaika usulida sabzavotlar shaklini yasash. Mozaika haqida tushuncha. Maydalangan rangli qog‘ozlardan sabzavotlar shakliga mozaika usulida, yopishtirish va yasash bosqichlari.( shablon asosida)

Qish manzarasi”ni applikatsiya usulida yasash. Andaza (qolip) haqida tushuncha berish. Belgilash, chizish, qirqish. Andzalar va ulardan foydalanish haqida tushuncha. Andaza asosida “Qish” manzarasini applikatsiya usulida yasash.

Bayram uchun niqob tayyorlash. Niqoblarni andaza asosida belgilab olish. Tulki, ayiq, quyon va hokazo niqoblarni karton qog‘ozga chizish, qirqish, qoshi, ko‘zi, tumshug‘ini qalamda chizish va bo‘yash yo‘llari.

Dizayner kasbi. Tabriknoma tayyorlash. Bayram haqida tushuncha. Dizayner kasbi haqida tushuncha. Rang xususiyatlari, mosligi va shakllarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish. 8-mart bayramiga bayram uchun tabriknoma tayyorlash bosqichlari.

Geometrik shakllardan hayvonlar shaklini yasash. Qog‘ozdan geometrik shakllarni qirqish bosqichlarini ko‘rsatish, geometrik shakllar asosida har xil hayvonlar shaklini yasash bosqichlari.

Navro‘z bayramiga tabriknoma tayyorlash. Applikatsiya usulidan foydalanib, karton, rangli qog‘ozlardan bayram tabriknomasini yasash bosqichlari.

Quruvchilik kasbi. Quruvchilik (bo‘yoqchi, g‘isht teruvchi, duradgor) kasbi haqida tushuncha. Qog‘ozdan buklash usulidan foydalanib, uycha yasash bosqichlari.

Qog‘ozdan savatda gullar yasash. Qog‘ozni buklash usulida gul yasash texnologiyasi.

Qog‘ozdan qush shaklini yasash. Qog‘ozlardan buklash usulida oqqush shaklini yasash texnologiyasi.

Meva va sabzavotlarni simmetrik shakllardan yasash. Simmetriya so‘zi haqida tushuncha. Chiziqlarni belgilab olish, qirqish yo‘llarini tushuntirish, olma nok,olcha,tol,terak, o‘rik daraxti barglarini qirq ish.

  1. bob. TABIIY VA TURLI MATERIALLAR BILAN ISHLASH

(11soat)

Tabiiy materiallardan “Oltin kuz” manzarasini yasash. Tabiiy materiallarga nimalar kiradi, ularni ishga tayyorlash qoidalari. Tabiiy materiallardan (barglardan) “Oltin kuz” manzarasini tayyorlash.

Barglardan naqsh kompozitsiyasi. Naqsh haqida tushuncha. Naqsh elementlarini joylashtirish. Barglardan qish kompozitsiyasini tuzish.

Barglardan parranda, qush shakllarini yasash. Barglarni shaklini va rangini to‘g‘ri tanlash, to‘g‘ri yelimlash. Xo‘roz, o‘rdak, chumchuq yasash.

Barglardan hayvonlar shakllarni yasash. Hayvonlar shakli to‘g‘risida tushuncha. “Quyon”, “Fil” va boshqa hayvonlarni yasashning texnologik xaritasi va yasash bosqichlari.

Barglardan parrandalar shaklini yasash. Barglarning shalkni va rangini to‘g‘ri tanlash, to‘g‘ri yelimlash. O‘rdak, jo‘jacha va boshqa parrandalarni yasashning texnologik xaritasi va yasash bosqichlari.

Tabiiy va turli materiallardan qushlar yasash. Tabiiy va turli materiallardan qush, parrandalar yasashni texnologik xaritasi va yasash bosqichlari.

Tabiiy va turli materiallardan kompozitsiya yaratish. Jonivorlar va qushlar asosida applikatsiya usulida kompozitsiya yaratish.

Urug‘larni yig‘ish va saqlash. Poliz mahsulotlari urug‘ini yig‘ish, saralash, quritish usullarini o‘rgatish.

Urug‘lardan naqsh tuzish. Chizilgan naqsh shakliga urug‘lardan applikatsiya usulida ishlov berish. Texnologik xaritasi va yasash bosqichlari.

Baliq shaklini yasash. UrugTaridan applikatsiya usulida baliq shaklini yasash. Texnologik xaritasini chizish va yasash bosqichlari.

Moychechak gulini yasash. Qovun va tarvuz urug‘idan moychechak gulini yasash. Texnologik xaritasi va yasash bosqichlari.

  1. bob. BADIIY QURISH YASASH VA TEXNIK ODELLASHTIRISH

(4 soat)

Rangli qog‘ozdan jonivorlar shaklini qurish-yasash. Rangli qog‘ozdan buklash usulida baliq va boshqa jonivorlar shaklini qurish-yasashning texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.

Qog‘ozdan mushuk yoki tulki shaklini qurish-yasash. Qog‘ozdan mushuk yoki tulki shaklini qurish-yasashning texnologik xaritasi yoki qurish-yasash bosqichlari. Texnologik jarayon. Kitob uchun xatcho‘p yasash. Kitob uchun xatcho‘p yasashning turli usullari va bosqichlari ketma-ketligining texnologik xaritasi.

Geometrik shakllardan mashina qurish-yasash. Geometrik shakllardan foydalanib mashina qurish-yasash texnologiyasi.


MAVZUIY REJALASHTIRISH





BOB NOMLARI

Soatlar taqsimoti

Jami

Nazariy

Amaliy

1

Qog‘oz va karton bilan ishlash

16

4

12

2

Tabiiy va turli materialar bilan ishlash

11




11

3

Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish

4




4

Jami

34

4

30

Download 362 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling