“Tibbiy mol-mulklarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash va uni talab qilib olish tartiblari” mavzusiga refera t


Download 17.85 Kb.
bet1/2
Sana22.03.2023
Hajmi17.85 Kb.
#1285958
  1   2
Bog'liq
Referat (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY TIBBIYOT AKADEMIYASI

Tibbiyot xizmatining tuzilishi va taktikasi kafedrasi

Tibbiy mol-mulk ta’minoti fanidan: “Tibbiy mol-mulklarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash va uni talab qilib olish tartiblari” mavzusiga
R E F E R A T

Bajardi: Axmedov F.


Gruppa: 412 “А” KF
Qabul qildi: Orziyev Z.F.

Toshkent-2023


Tibbiy mol-mulklarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash va uni talab qilib olish tartiblari
Reja:

  1. Urush vaqtida tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ish.

  2. Alohida qurol turlaridan har 1000 ta yaradorlarga sarflanadigan dori- darmonlar hisob ta'minot birligi (RSE-HTB) asosida tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash

  3. Tibbiy mol-mulklarni talab qilib olish tartiblari


1. Urush vaqtida tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ish.
Qo'shinlarni tibbiy mol-mulk ta'minotini turli darajadagi tibbiy xizmat boshliqlari, bosh tibbiy mutaxasislar, tibbiy mol-mulk ta'minoti muassasalari boshliqlari shu jumladan davolash qilishga tegishli tibbiy xizmat boshliqlariga yuklatiladi va ular quyidagilarga majbur: amaldagi boshqaruv hujjatlarni buyruqlari, qo'llanmalarni talablarini bilish va ularni amaliyotda to'g'ri qo'llash; me'yor bo'yicha tegishli tibbiy mol-mulklarni talab qilish va o'z vaqtida keltirish hamda tibbiy muassasa, harbiy qism va bo'linmalar shaxsiy tarkibini ta'minlash;
muassasa, harbiy qismda va bo'linmalardagi tibbiy mol-mulkdami miqdorini, hisob yuritilishini, saqlash sharoitlarini tekshirish va nazorat qilish; belgilangan muddatlarda axborotnomalarni o'z vaqtida taqdim qilish. Bundan tashqari tibbiy xizmat boshliqlari tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlash tartibini aniqlaydi, tibbiy mol-mulk zahiralarini belgilaydi va shaxsan taminot tizimini nazorat qiladi.
Qo'shinlarni tibbiy mol-mukiklar bilan ta'minlash tizimi ularga boʻlgan ehtiyojni aniqlashdan boshlanadi. Harbiy qismlarning qo'shilmalarning tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyoji urush vaqtlarida rejalashtirilayotgan jang harakatlar uchun yoki biror kalendar muddat uchun aniqlanadi. Buning uchun tibbiy mol-mulklarning belgilangan me'yorlar yig'indisi bo'lgan tasdiqlangan qo'llanmadan, shtatlarga ilova sifatida ishlab chiqarilgan tabellardan foydalaniladi va qo'shilmalarning, harbiy qismlarning va tibbiy bo'linmalarning jang harakatlariga tayyorgarlik ko'rish vaqti va jangavor harakatlar olib borish vaqtidagi ehtiyojlari hisobga olinishi shart.
Tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar quyidagilardan iborat:
- harbiy qism yoki tibbiy muassasaning shaxsiy tarkibining soni;
- kutilayotgan sanitar yuqotishlarning turi va hajmi: shtat bo'yicha tibbiyot xizmati shaxsiy tarkibining toifasi, ularning mutaxasisliklari va soni;
- muassasa funksional bo'limlari hamda yarador va kasallar uchun yoyilgan o'rinlar soni;
-harbiy qismdagi jangovar texnikalar, yuk mashinalari, xizmat avtomobillari, maxsus texnikalar va uchish apparatlari hamda tibbiyot xizmatining maxsus texnikalari soni:
- tibbiy mol-mulklarni sarflanish darajasi; - ma'lumotnoma, talabnoma-naryad rasmiylashtirilayotgan sana holatiga harbiy qism yoki tibbiy muassasadagi tibbiy mol-mulklarning mavjud qoldiq miqdori.
Mana shu yuqorida keltirilgan ma'lumotlarni aniq to'plaganimizdan so'ng, urush vaqtida tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlash uchun ishlab chiqarilgan va mudofaa vazirining tegishli buyrug'i bilan kuchga kiritilgan harbiy qism va muassasalar uchun tibbiy mol-mulklarning na'munaviy me'yorlariga asosan ehtiyojni hisoblab chiqishimiz mumkin.
Qo'shilmalarning va harbiy qismlarning tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyoji asosan maxsus tibbiy mol-mulklarga nisbatan aniqlanadi.

Shtat- bu biror muassasa doimiy xodimlarining soni, lavozimlarining nomi, vazifalari, ularni oylik maoshlarini miqdorlari ko'rsatilib, tegishli boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan Shtat bu biror muassasa doimiy xodimlarining soni, lavozimlarining nomi, vazifalari, hujjat hisoblanadi. Har qanday harbiy qism, harbiy davolash muassasasi, harbiy oliy talim muassasasi umuman fuqora tashkilotlarining ham dastavval tashkiliy-shtat tuzilishi ishlab chiqariladi.

Tabel bu moddiy vositalarning aniq belgilangan turlari va miqdorlari ko'rsatilgan tasdiqlangan ro'yxat hisoblanadi. Tabelda biror tibbiy muassasani faoliyatini, bajaradigan ish hajmini hisobga olgan holda ilk bor ishga tushirish uchun kerak bo'ladigan asosiy inventar moddiy vositalarning turlari va miqdori ko'rsatiladi. Ushbu moddiy mulklarning turi va miqdori haqidagi ro'yxat, ya'ni tabel har bir harbiy qism yoki tibbiy muassasa uchun alohida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Tabelda harbiy qism, harbiy davolash muassasasi, harbiy oliy ta'lim muassasasi, va boshqa oliy ta'lim muassasalari o'z faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur bo'lgan asosiy inventar moddiy mulklarning turlari va miqdorlari belgilab beriladi. Shtatlarga ilova qilinadigan tabellarda sarflanuvchi moddiy mulklar belgilab berilmaydi.
Me'yor bu qonuniy belgilangan, tibbiy mol-mulklarning biror hajmdagi tibbiy yordam - turini ko'rsatish yoki belgilangan muddatga yetadigan (kerak bo'lgan) miqdorining oʻrtacha kattalik, o'lchov birligi hisoblanadi. Me'yor ham tabelga o'xshagan rasmiy hujjat bo'lib, lekin tabeldan farqli ularoq asosan unda sarflanuvchan: tibbiy, keyim-kechak, oziq-ovqat, o'q-dori, yoqilg'i-moylash materiallari va boshqa mulklarni miqdorlarini belgilab beriladi va biror vazirlik tizimiga kiritilgan tashkilotlar, muassasalar uchun ta'sis etiladi.
Me'yor bilan tabelni bir-biridan farqi shulardan iboratki: me'yor alohida birorta harbiy qism. muassasa tashkilot, oliy ta'lim muassasasi uchun alohida ishlab chiqarilmaydi. Me'yorlar moddiy mulklarning turlari bo'yicha ishlab chiqariladi.
Urush payti uchun ishlab chiqarilgan me'yorlar to'plamining tuzilishi. Qurolli kuchlar harbiy qismlari va muassasalari uchun tibbiy mol-mulklarning na'munaviy me'yorlari, harbiy qism yoki muassasaning tashkiliy-shtat tuzilishi, sanitar yo'qotishlarning tuzilishi va hajmi, tibbiyot xizmat shaxsiy tarkibining soni, toifasi va mutaxasisliklari, harbiy qism yoki muassasaning taktiv va funksional vazifalarini hisobga olgan holda ishlab chiqariladi.

Na'munaviy me'yorlarda belgilab berilgan mol-mulklardan tashqari shtatga ilova qilinadigan tabellarda harbiy qismni yoki muassasani o'ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda qo'shimcha tibbiy inventar vositalar va Qurolli kchlar ta'minotga yangi kiritilgan inventar asboblarning miqdorlari ham belgilab berilishi mumkin. Safarbarlik vaqtida harbiy qism va muassasalar urush vaqtidagi shtatlari va uning ilovasi- tabellarga asosan zahirada saqlanayotgan tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlanadi. Tinchlik vaqtidagi me'yorlar asosida berilgan tibbiy mol-mulklar, harbiy qism urush vaqti shtatiga o'tayotgan boʻlsa, tegishli boshqarmaning ko`rsatmasiga asosan tibbiy omborxonaga yoki biror boshqa harbiy qismga topshiriladi.


Urush vaqtida tibbiy mol-mulk ta'minotini tashkil qilishning 3 ta varianti mavjud bo'lib:
-birinchisi joriy ta'minot (janglar aro vaqtlarda rejali joriy ta'minot). Mazkur joriy ta'minot, tibbiy qismlar va muassasalar bir oyda bir marta tibbiy mol-mulklarni olish uchun 8/tib-shaklida talabnoma-naryad taqdim qilishadi va bir oyga yetadigan tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlanishadilar. Tibbiy mol-mulklar yuqori to'rgan muassasa yoki harbiy qism, tibbiy muassasa avtotransportida yetkazib beriladi.
-ikkinchisi maxsus (jangovar) ta'minot, jangga tayyorlanish va jangovar
harakatlar vaqtida amalga oshiriladi.
Buninng uchun harbiy qism va tibbiy muassasalar har 10 kunda (jangovar operatsiyalar vaqtida har 3 kunda) yuqoridagi taminot organiga tibbiy mol-mulklarning mavjudligi va ehtiyoji haqida 5/tib-shaklida ma'lumotnoma taqdim qilishadilar.

Naryadlarga asosan mol-mulklar omborxonalardan harbiy qismlar yoki tibbiy muassasalarga jo'natiladi.


- uchinchi - avtomatik ta'minot (ta'minlash), ya'niy hech qanday talabnomasiz yuqori turgan (jangovar vaziyat, front orti va tibbiy vaziyatlarni yaxshi bilgan) tibbiy boshliqning tashabbusi bilan (ommaviy sanitar yuqotishlar o'chog'i paydo bo'lganda, tibbiy qismlar va muassasalar boshqa profil bo'yicha ishlayotgan vaqtda, shu jumladan juda noyob, tanqis jihozlami taqsimlash) maqsadida amalga oshiriladi.
Shu yo'sinda tibbiy mol-mulk ta'minotini tashkillashtirishning asosiy vazifasi shundan iboratki, yarador va kasallarga tibbiy yordam ko'rsatish, ularni davolash, profilaktika, hamda sanitar- gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlarini amalga oshirish maqsadida qo'shinlari o'z vaqtida va to'liq tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlashni tashkillashtirish va amalga oshirish kompleks chora- tadbirlari o'z ichiga oladi.
2. Alohida qurol turlaridan har 1000 ta yaradorlarga sarflanadigan dori- darmonlar hisob ta'minot birligi (RSE-HTB) asosida tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash.
Hisob ta'minot birligi (RSE-HTB) statistik ma'lumotlar va eksperementlar natijalariga qarab, umumiy tibbiy mol-mulklar hamda maxsus tibbiy mol-mulklarni hisoblash uchun belgilab berilgan.
Maxsus tibbiy mol-mulklar uchun har xil turdagi (o'qotar, yadro, kimyoviy va bakteriologik) qurollardan sanitar uyqotishlarning soniga qarab me'yorlar belgilab berilgan: 2 sutkaga etadigan batalon tibbiy punkti hamda «shifokorgacha bo'lgan va birinchi shifokorlik yordamini ko'rsatish me'yorlari», 3 sutkaga etadigan ATO da birinchi shifokorlik va malakali tibbiy yordam ko'rsatish me'yorlari va alohida gospitallar uchun malakali hamda maxsus tibbiy yordam ko'rsatish uchun 15 sutkaga etadigan me'yorlar belgilab berilgan. Tezkor hisobotlar uchun boshqaruv organlarida maxsus me'yorlar belgilab berilgan.

Umumiy tibbiy mol-mulklarning shaxsiy tarkib va aralash kasallar o'rinlari uchun, kundalik ehtiyojlarni qondirish, kechiktirib bo'lmaydigan tibbiy yordam ko'rsatish, bir oy davomida yarador va kasallarni davolash maqsadida kattalashtirilgan me'yorlari belgilab berilgan.


Maxsus tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlashda hisob ta'minot birliklaridan (HTB) foydalaniladi. Bitta (HTB) 1000 yarador va kasalga belgilangan tibbiy yordam hajmini ko'rsatish uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari maxsus tibbiy mol-mulklarning hisobi nomenklaturaga asosan aniqlanadi. Tibbiy mol-mulklarning kutilayotgan sarflanishi dushman tomonidan qo'llaniladigan qurol (o'qotar qurol, yadro quroli, kimyoviy qurol yoki biologik qurollar) turiga qarab har xil bo'ladi.
Tibbiy mol-mulklarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash Harbiy qism tibbiy punkti boshlig'i, tibbiy xizmat boshlig'ining ko'rsatmalariga binoan
batalonlardagi va bo'linmalardagi tibbiy mol-mulklarning zahiralarini to'ldirishni tashkil qiladi. Birinchi navbatda shaxsiy tarkibni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash amalga oshiriladi, avtomobillardagi, barcha jangavor texnikalardagi aptechkalar, sanitarlar va sanitar yo'riqchilar sumkalari, jamlanmalar va avtobog'lov AP-2 belgilangan tibbiy mol-mulklar bilan to'ldiriladi. Tibbiy mol-mulk ta'minotini uzluksiz amalga oshirish ularni belgilangan zahiralarini kamaytirmasdan ushlab turish, buning uchun alohida tibbiy otryadga o'z vaqtida axborotnoma va talabnomalarni jo'natib turish zarur.
Tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyoj kutilayotgan sanitar yuqotishlarning hajmi va tuzilishini, tibbiy mol-mulklarni jangovor sarflanishini, shaxsiy tarkibning sonini, tibbiy evakuatsiya bosqichini. ko'rsatiladigan tibbiy yordam hajmini, belgilangan profilaktika, tashxis qo'yish, davolash usullarini, davolash muassasalarining o'rinlar sonini hisobga olgan holda aniqlanadi. Misol uchun 600 ta yarador va kasallarga birinchi shfokorlik yordamini ko'rsatish uchun quyida
ko'rsatilgan miqdorda jamlamalar kerak bo'ladi:
-6 ta B-1 jamlamasi (1 ta B-1 jamlamasi 100 yarador va kuyganlarga mo'ljallangan, bog'lov vositalariga esa 100% yarador va kuyganlar muhtoj bo'ladi);
-4 ta B-2 jamlamasi (1 ta B-2 jamlamasi 50 ta yaradorga shina qo'yishga mo'ljallangan, yaradorlarning esa faqat 30% gitna shina qo'yishga muhtoj bo'ladi):
2 ta B-4 jamlamasi (1 ta B-4 jamlamasi 100 kuyganlar uchun mo'ljallangan, kuytsganlarning esa 40% gina bog'lov vositalariga muhtoj bo'ladi).

Dori-darmonlar va boshqa sarflanuvchi tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyoj esa alohida qurol turidan 1000 ta sanitar yuqotishlar uchun belgilangan hisob me'yorlariga asoslanib aniqlanadi. Shu jumladan tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlashda: oldingi o'tgan ta'minot muddatidagi sarflanish, qo'shilmadagi, harbiy qismdagi tibbiy mol-mulklarning mavjud miqdori, jangovor harakatlarning olib borish sharoitlari, mavsumiylik va boshqa faktorlar hisobga olinadi.

Harbiy gospitallar, lazaretlar va sanitariya-epidemiologiya muassasalari tomonidan ularga biriktirilgan harbiy qism va muassasalaring ehtiyojlarini hisobga olgan holda hisobot-talabnomalar I/FS rasmiylashtiriladi. Hisobot talabnoma I/FS muassasa boshlig'i, dorixona boshlig'i va muassasa moliya bo'limi boshlig'i tomonidan imzolanadi. Imzolangan hisobot-taldabnoma harbiy okrug tibbiy xizmati boshlig'iga taqdim etiladi. Okrug tibbiy xizmat bo'limida hisobot-talabnoma 1/FS ni to'g'ri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi va barcha hisobot-talabnomalar qo'shilib umumiylashtiriladi, so'ngra okrug tibbiy xizmati, okrug moliya xizmati boshliqlari tomonidan imzolanadi va okurug qumondoni.(Markaziy harbiy klinik gospital MHKG boshlig'i) tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan harbiy okrugning hisobot-talabnomasi tibbiy ta'minot boshqarmasining moliya bo'limiga taqdim etiladi.

Sarflanish smetasiga tushuntirish xati ilova qilinadi va unda, Mudofaa vazirligi statyalaridan so'ralgan pul mablag'larining asosli ekanligi, o'tgan yilning shu muddati uchun ajratilgan pul mablag'larining ko'paytirilish yoki kamaytirilish sabablari ko'rsatiladi.


Dori-darmonlar va tibbiy mol-mulklarga yillik hisobot-smetasi (1/FS) quyidagi axborotlar asosida tuziladi:
-harbiy qismlar va tibbiy muassasalami shaxsiy tarkibining soni ushbu ta'minot hududiga biriktirilgan harbiy qism va muassasalar tibbiy xizmat boshliqlarining hisobot - talabnomasi;

-tibbiy mol-mulklarning talabnoma tuzilgan kungacha bo'lgan haqiqiy sarflangan miqdorlari (25% qo'shimcha zahirani hisobga olgan holda): - dori-darmonlar va Dori-darmonlar va tibbiy mol-mulklarning talabnomasi to'g'ri tuzilganligi uchun javobgarlik talabnomalarni imzolagan va tasdiqlagan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatiladi.

Tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash uslubiyoti Tibbiy mol-mulk ta'minotini sifati sa o'z vaqtida amalga oshirilishi ularga bo'lgan ehtiyojni to'g'ri aniqlanganligi bilan bog'liq. Dori-darmonlarga bo'lgan ehtiyojni o'rganish va aniqlash, ularga boʻlgan talabni belgilab berishga, ularga bo'lgan talabni o'zgarib to'rish qonuniyatlarini, ularni qo'llanilishiga tasir qiladigan bir qator omillarga bog'liq bo'ladi. Dori-darmonlarga va boshqa tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni to'g'ri aniqlash bizga harbiy qismlarni, davolash muassalami zarur bo'lgan tibbiy mol-mulklar bilan uzluksiz va to'liq ta'minlash imkoniyatini beradi. Davolash muassasalari uchun to'liq tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojini aniqlash yoki davolash bo'limlari uchun ehtiyojni aniqlash nafaqat muassasa dorixonasini boshlig'ini, balki o'sha muassasa bosh mutaxasislarini ham zimmasiga yuklatiladi. Tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni noto'g'ri aniqlanishi ta'minot jarayonida bir qator qiyinchiliklar hattoki o'zilishlar keltirib chiqarishi ham mumkin bo' o'z navbatida rejalashtirish tadbirlariga salbiy tasir ko'rsatadi.

Tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash vaqtida barcha davolash va profilaktika tadbirlari hattoki bazi dori vositalarini mavsumiy ko'p miqdorda tavsiya qilinishi va sarflanish holatlari hisobga olinishi zarur. Giyohvand dori-darmonlarga, psixotrop moddalarga va prekursorlarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash vazirlar maxkamasining 29 oktyabr 2003 yildagi 472- sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi «Giyohvand dori-darmonlar, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishni belgilab berish boshqaruv hujjatini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorga l-ilovada davolash - profilaktika muassasalarini sarflash me'yorlari belgilab berilgan. Davolash profilaktika muassasining dorixonasini asosiy ishlaridan bittasi bu tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni to'g'ri aniqlash.

Tibbiyotni rivojlanishi bilan bir qatorda sog'liqni saqlash amaliyotida fan va texnika yutuqlarini keng kulamda qo'llanilishi davolash va profilaktika ishlari uchun qoʻllaniladigan dori vositalari turlari ko'payishiga va shu bilan birgalikda ularga bo'lgan talabni yildan yilga ortishiga olib keladi. Dori vositalarini sarflanish darajasiga yangi davolash usullarining tadbiq etilishi, dorixonani tibbiy mol-mulklar bilan ta'minlanganlik darajasi, shifokorlar tomonidan alohida turdagi dorilarni yoki dorilar guruhini qoʻllanilishi, baʼzi dori-darmonlarga talabning pasayishi yoki butunlay to'xtashi, dori vositalarini ishlab chiqarishdan olib tashlanishi va ularni o'rniga yangi samarali dori turlarini kiritilishi.

Dori turlariga bo'lgan ehtiyojni aniqlash uchun bizga quyidagi axborotlar zarur bo'ladi: kasallanishlar sonini o'rganish, shifokorlarni soni va ularni yunalishlari, davolash muassasasini qancha yarador va kasalga mo'ljallanganligi va boshqa dori vositalarini iste'mol qilishga tasir qiladigan omillar. Dori vositalari va boshqa tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash yaqin rejalashtirilayotgan yilga yoki keyingi bir necha yillarga amalga oshirilishi mumkin. Rejalashtirilayotgan muddatga ehtiyojni aniqlash vaqtida, misol uchun 2012 ga va 2022 yil joriy yil hisoblanadi, 2011, 2010 yillar esa - o'tgan yil hisoblanadi. O'tayotgan va kelayotgan yillar uchun tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojni aniqlashda davolash muassasalarini va harbiy qismlarni talablari asos qilib olinadi.


Ehtiyojni o'rganish jarayonida qondirilgan va qondirilmagan hamda hosil bo'layotgan talablar hisobga olinishi kerak. Qondirilgan talab deyilganda davolash muassasasi dorixonasida har doim mavjud bo'lgan va haqiqiy sarflangan dori-darmonlar miqdori tushuniladi.

Qondirilmagan talab deyilganda davolash muassasa dorixonasiga yetarli miqdorda kelib tushmagan yoki kelib tushishi o'zilib qolgan dori-darmonlarning miqdori tushuniladi. Paydo bo'layotgan talab esa bu yangi yoki hali yetarli darajada ma'lum bo'lmagan dori-

darmonlarga bo`lgan talab hisoblanadi. Davolash-profilaktika muassasining tibbiy mol-mulklarga bo'lgan bo'limlarining. funktsional bo'limlarning va laboratoriyalarning ehtiyojlari va boshqalarga qarab aniqlanadi. olinadi. Dori vositalariga bo'lgan ehtiyoj talabnomalar va hisobot smetalarini tuzish uchun asos qilib ehtiyoji davolash

Gospital va lazaretlarning tibbiy mol-mulklarga bo'lgan ehtiyojini aniqlash va hisobot- smetasini tuzish uchun har bir davolash-tashxis boʻlimlari muassasa boshlig'ini nomiga sarflanuvchi hamda inventar tibbiy vositalarga talabnomalar taqdim qilishadi. Talabnomalar qism ish yuritish bo'limida qayd qilinadi. Talabnomalar qism dorixonasida ko'rib chiqiladi, tekshiriladi va jadval tuzib umumlashtirilib talab qilinayotgan tibbiy mol-mulklarga talabnoma rasmiylashtiriladi. Ba'z davolash bo'limlari talab qilinayotgan dori-darmonlarni miqdorini belgilangan me'yordan ko'chari qilishadi shuning uchun ularni o'tgan oylardagi sarflangan miqdorlarining o'rtacha ko'rsatkichlari alohida ustun qilib ko'rsatiladi. Zarurat tug'ilganda talabnomada ko'rsatilgan dori-darmonlarning miqdorlariga (toʻgʻrilashlar) o'zgartirishlar kiritiladi. Rejalashtirilayotgan joriy yilning boshida bir yoʻla me'yordan ortiqcha zahira qilib qo'yish kerak bo'lgan dori-darmonlarning miqdordari aniqlanadi. Joriy o'tayotgan yilning oxirida ortib qolishi kutilayotgan zahiralar va rejalashtirilayotgan yilda taxminan qancha dori vositalari zarur bo'lishiga qarab talabnomalar rasmiylashtiriladi.


Tibbiy mol-mulklarning narxlari hisobot-smeta tuzish sanasi holatida kelib tushgan preskurantlar, internet materiallari va boshqa manbalardan aniqlanadi.
Harbiy davolash muassasalariga ta'minot uchun biriktirilgan harbiy qism va muassasalar ehtiyojini aniqlash uchun gospital yoki lazaret boshlig'ining nomiga harbiy qism va muassasalar talabnomalar taqdim qilishadi. Talabnomalar jadval tuzilib umumlashtiriladi.

Boshqaruv organlariga talabnomani taqdim qilishda gospitallar va lazaretlar hamda SEO lar tushuntirish xatini va o'zlariga ta'minot uchun biriktirilgan harbiy qism va muassasalarning umumlashtirilgan jadvalini ilova qilishlari zarur.

Tushuntirish xati muassasa boshlig'i va hisobot-smetasini tuzgan mas'ul shaxs tomonidan imzolanadi. Tushuntirish xatida amalga oshirilgan hisob-kitob usullari, me'yordan ortiqcha talab qilinish sabablari va boshqa muammolar tushuntiriladi.


Download 17.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling