Tibbiyot geografiyasi referat


Download 56.71 Kb.
bet1/21
Sana31.03.2023
Hajmi56.71 Kb.
#1313904
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
TIBBIYOT GEOGRAFIYASI MUSTAQIL ISH (3)


Mavzu : Tibbiyot geografiyasining tadqiqot ob’yekti va peridmeti

Tibbiyot geografiyasi geografiya hamda tibbiyot fanlari oralig’ida vujudga kelgan fandir. Uning rivojlanishi bilan iqtisodiy geografiyaning ijtimoiylashuvi jarayonlari yanada jadallashdi. Bularning natijasi o’laroq, tibbiyot geografiyasi zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning sotsial qanotidan o’rin olib, uni yanada rivojlantirdi.


Tibbiyot geografiyasi – inson salomatligi va turli kasaliklarning vujudga kelishiga ta’sir etuvchi omil va sharoitlar, ularning mamlakat hamda rayonlarda tarqalish qonuniyatlari va xususiyatlarini o’rganadi.
Ko’pchilik olimlar tibbiyot geografiyasini mustaqil fan tarmog’i sifatida vujudga kelish vaqtini XIX asrning o’rtalari deb hisoblaydilar. Shu davrdan boshlab, to hozirga qadar tibbiyot geografiyasining tadqiqot obyekti va predmeti borasida olimlar tomonidan turli-tuman fikrlar bildirildi va mazkur fanning predmeti muttasil takomillashib bordi.
Tibbiyot geografiyasining obyekti ko’p qirrali va murakkab bo’lishi bilan birga, u o’z ichiga aholining salomatligi va uning o’zgarishlarini, kasalliklar hamda sog’liqni saqlash sohasini qamrab oladi.
Tibbiyot geografiyasining ko’pchilikka tushunarli bo’lgan ta’rifi A.A.Keller tomonidan berilgan: ―Tibbiyot geografiyasi, geografik muhitning kompleks tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarini aholining salomatlik holatiga, inson kasalliklarining vujudga kelishi va tarqalishiga ta’siri qonuniyatlarini o’rganadi‖.
Tibbiyot geografiyasining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari juda keng va xilma-xildir. U, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning aholi geografiyasi bilan chambarchas bog’langan, shuningdek, demografiya, sotsiologiya, kartografiya, mamlakatshunoslik, etnografiya, sotsial statistika, landshaftshunoslik, iqlimshunoslik, ekologiya, biogeografiya, sotsial ekologiya, epidemiologiya, parazitologiya, sotsial gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkil etish, kurortologiya, zoogeografiya kabi fanlar bilan mustahkam bog’liq.

Download 56.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling