Tijorat banklari faoliyatining huquqiy asoslari: tashkil etish, qayta tashkil etish


Download 1.02 Mb.
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1107393
  1   2
Bog'liq
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI

. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI: TASHKIL ETISH, QAYTA TASHKIL ETISH.

Bajardi:Abdurashidova Rayhon

REJA:

  • 1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va uning yuridik shaxs sifatidagi maqomi.
  • 2. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish
  • 3. Banklarni qayta tashkil etish va tugatish.
  • Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan iqtisodiy islohotlar O‘zbekistonda bozor munosabatlarini tarkib topdirish va bozorga xos bo‘lgan iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv, moliyaviy hamda boshqa zarur infratuzilma shakllanishiga erishishga yo‘naltirilgan. Bozor munosabatlarining jamiyatimiz hayotiga tobora chuqurroq singib borayotganligi moliya, pul-kredit tizimlarida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Bu hol bank muassasalari ishini yanada erkinlashtirish, ular faoliyatiga bozor prinsiplarini yanada kengroq joriy etilishini taqozo qilmoqda.
  • Banklar va ular tomonidan amalga oshiriladigan bank faoliyati har qanday mamlakat iqtisodiy tizimida muhim o‘rin tutadi va taraqqiyot sur’atlarini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib sanaladi.
  • Zero samarali ishlovchi bank tizimi moliyaviy mablag‘larni iqtisodiyot tarmoqlari, mintaqalar, korxona va tashkilotlar, fuqarolar o‘rtasida erkin va tez aylanishini ta’minlaydiki, bu hol o‘zo‘zidan tovar va xizmatlar muomalasini tezlashuvi hamda kengayishiga olib keladi.
  • O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ifodalangan. Tijorat banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar.
  • Tijorat banklari faoliyatiga ruxsat berish 2015-yil 14-yanvarda oxirgi o‘zgarishlar kiritilgan “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida olib boriladi. Qonunchilikga muvofiq tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
  • Tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish, omonatlarni jalb etish, kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va
  • jalb etilgan mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish, mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish, chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish, pul mablag‘lari, veksellar,
  • to‘lov va hisob-kitob xujjatlarini inkasso qilish, uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish, uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish xuquqini olish, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash,
  • mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa opersiyalarni bajarish, bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga xujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish,
  • moliyaviy lizing va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga haqli hisoblanadi.
  • Tijorat banklari eng avvalo mustaqil yuridik shaxs, tadbirkorlik faoliyatining mustaqil sub’ektidir. SHunga ko‘ra tijorat banklari o‘z faoliyatlarida nafaqat O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuniga, balki eng avvalo O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatiga oid qonunlarga amal qiladilar

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling