Tikuvchilik xonasiga


Download 1.01 Mb.
bet1/3
Sana01.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1737881
  1   2   3
Bog'liq
5-texnologiya




Gazlama va ipning to‘qimachilik tolalariga qanday aloqasi bor?


Texnologiya darsi amaliy mashg‘ulotlar bilan chambarchas bo‘lgani sababli, tikuvchilik xonasi ham alohida bo‘lishi kerak. Tikuvchilik xonasida bichish, tikish, pardozlash ish larini amalga oshirish bilan birga buyumni kiyib ko‘rish
uchun ham sharoit yaratiladi. Xona keng, yorug‘, kamida 15 nafar qiz bola uchun mo‘ljallanadi. Bundan tashqari, tikuvchilik materiallarini saqlash uchun javon kerak bo‘ladi. Devorga texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalari, tikish va bichishga taalluqli ko‘rgazmali vositalar osiladi, maniken qo‘yiladi. Tikuvchilik xonasida tikuv mashinalarining barcha turi yaroqli holatda bo‘lishi kerak. Bichish stoli, dazmollash stoli, dazmol, tikish va bichish uchun kerakli asbob-moslamalar bo‘ladi.



Tikuvchilik xonasiga kirgan o‘quvchidan quyidagi texnika xavfsizligi va sanitariya- gigiyena qoidalariga amal qilish talab etiladi:

  1. Tikuvchilik xonasi doimo toza va yorug‘ bo‘lishi kerak. Xonaning harorati 19–20 °C bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

  1. Tikuvchilik xonasiga kirganda sochlar yig‘ilgan, maxsus fartuk tutilgan va ro‘mol

o‘ralgan bo‘lishi lozim.

  1. Ishni o‘qituvchining ruxsatisiz boshlamang.

  2. Ish jarayonida igna-to‘g‘nag‘ichlar maxsus yostiqchaga qadalgan bo‘lishi kerak.

  3. Igna-to‘g‘nag‘ichlarni og‘izga solish, kiyimga qadash mumkin emas.

  4. Qaychini halqa tomoni bilan ikkinchi kishiga uzating.

  5. Qaychini ish stoliga joylashtirganda o‘tkir qismi yopilgan holda o‘ng tomo-

ningizda bo‘lsin.

  1. Tikuv mashinasiga yorug‘lik chap tomondan yoki to‘g‘ridan tushib turishi kerak.

  2. Tikuv mashinasi bilan tikuvchi oralig‘i 10–15 cm bo‘lishi kerak.

  3. Tikuv mashinasining yaroqliligini tekshirib, vaqtida moylab turish kerak.

  4. Ish jarayonida mashinani moylash mumkin emas.

  5. Ish jarayonini yakunlaganingizdan so‘ng barcha jihozlarni ko‘zdan kechirib, tartibga soling. Dazmolni o‘chirishni esdan chiqarmang.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling