Til millatning faxridir


Download 17.03 Kb.
Sana24.09.2020
Hajmi17.03 Kb.

Tadbir ssenariysi

“Til – millatning faxridir” mavzusidagi tadbir ssenariysi



1 – o`quvchi:

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o`quvchilar. Bugungi “Til – millat faxridir” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar



2 - o`quvchi:

hammamizga ma`lumki, 1989- yil 21 – oktyabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Bu haqda O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasing 4- moddasida ham “O`zbekison Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir” dib yozilgan. Demak bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz. Tadbirni ochib berish uchun so`zni til va adabiyot o`qituvchisi Sulaymonovna Layloga beramiz.



1 – o`quvchi:

Darvoqe, utozimiz haq gapni aytdi. Xar bir tilning chiroyi, jozibasi, mazmuni, boyligi bo`lgani kabi, o`zbek tili ham nozik va mazmunli so`zlarga boydir. Kelinglar o`quvchilarimiz ishtirokida go`zal she`rlardan ana shunday na`munlar tinglaymiz. (10-sinf she`rlarga)



2 – o`quvchi:

bunday hikmatli so`zlarni aytib, o`zbek tilimizning ko`rki, kuch-quvvatini jaxonga ko`z-ko`z qilgan bobolarimizdan Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiylarni e`tirof etish joizdir. Zabardast shoirimiz Alisher Navoiyning tilimizning boy til ekanligini isbotlab yozgan asari “Muhokamat – ul Lug`atayn” (“ikki til muhokamasi”) asari buning yaqqol namunasidir.

Endigi navbatni 7- sinf o`quvchilari ijrosidagi raqsga beramiz.

1 – o`quvchi:

Ona tilim sen borsan, shaksiz,

Bulbul kuyin she`rga solaman.

Sen yo`qolgan kuning shubxasiz

Men ham to`ti bo`lib qolaman.

Qanchalar haqqoniy misralar, shunday emasmi? Tan olib aytish kerakki, Respublikamiz mustaqil bo`lgandan so`ng tilimiz rivojlanib, takomillashib bormoqda.



2 – o`quvchi:

O`zbek tilimiz shunchalar boyki, har joyida, har bir so`zida iboralarsiz, maqollarsiz gapira olishmaydi. Keeling mana shu so`zlarimizga isbot qilib 9- sinf qizlari ishtirokidagi xajviy saxna ko`rinishiga beramiz.



1 – o`quvchi:

Kimga kerak axir quruq, jom,

Yaxshimasmi to`lib turganing.

Vaqt borida, zexn boride,

Hay do`stlarim, siz til o`rganing.

2 – o`quvchi:

Ona tili o`zi bir ilm,

kamlik qilar yaxshi ko`rganing.

Yoymoq uchun uni olamda

Hay do`stlarim siz til o`rganing.

Ana endi jajjigina o`quvchilarimiz ishtirokida boshqa tildagi tabriklarga navbatni beramiz.



1 – o`quvchi:

O`zbek tilimiz “davlat tili” darajasiga erishguncha juda ko`p tazyiqlarni boshidan o`tkazdi. Necha bor tilimizni yo`q qilishga urinishdi. Tilimizni asrash uchun juda ko`p ishlar qilingan. Asarlar bitilgan.



2 – o`quvchi:

O`zbek jadidchilari ham tilimiz ravnaqi uchun, bolalar ilmli, bilimli bo`lishlari uchun maktablar ochishgan, kitoblar yozishgan. Tilimiz taraqqiyotiga, avlodlar ma`naviyatini o`stirishda aloxida o`rin tutgan.



1 – o`quvchi:

Shunday jadidchilarimizdan Behbudiy domlaning “Padarkush” dramasi yoshlarning ma`naviyatli, ilm-ma`rifatli bo`lishlari, jamiyatda o`z o`rinlarini topishlari uchun bir namunadir.



2 – o`quvchi:

Marhamat Behbudiyning “Padarkush” asaridan parcha tomosha qiling.



1 – o`quvchi:

Momolarim alla aytgan sen bilan,

Navoiy ham ijod etgan sen bilan,

Istiqlol ham birga qaytgan sen bilan,

O`zbek tilim singib ketting qonimga

Ko`rk berasan she`rlarim-u borimga

Endigi navbatni 6-sinf qizlarimiz ijrosidagi raqsga beramiz.

2 – o`quvchi:

Arastudan so`radilar: odamlar bilan qanday muomalada bo`lish kerak?

Arastu javob berdi: ularning o`zingizga qanday muomalada bo`lishini istasangiz, ularga shunday muomalada bo`ling.

Endigi navbatni 6- sinf o`quvchisi ijrosidagi qo`shiqqa beramiz.



1 – o`quvchi:

Garchi zug`m qilganlarni yoqtirmadim,

She`r yozdim-u bo`lak ishni qotirmadim,

Tilim turib o`z tilimda gapirmadim.

Bir eslasam eziladi bag`ri dilim,

Ona tilim, kechir meni, Ona tilim.



2 – o`quvchi:

Onam “erkam” dib quchganda tunlar yarim,

Erkim yo`q deb zirqirardi bir joylarim,

Parvozni hansiratgan bug`doylarim,

Oltinlarim, ma`danlarim, ipaklarim

Ona tilim, kechir meni, Ona tilim.



Hozirgi navbatni yana bir bor iqtidorli qizlarimiz ijrosidagi raqsga beramiz.

  1. O`quvchi:

Shuning bilan bugungi “Til – millatning faxridir ” bayram tadbirimiz o`z nixoyasiga yetdi. Tadbirimiz sizlarga yoqqan bo`lsa xursandmiz.
Download 17.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling