Til va nutq, ularning o‘zaro munosabati. Turobov. A reja


Download 0.68 Mb.
Sana10.10.2020
Hajmi0.68 Mb.

TIL VA NUTQ, ULARNING O‘ZARO MUNOSABATI.

Turobov.A

Reja:

 

1. Til bilan tafakkur o‘rtasidagi munosabat

2. Til va nutq o‘rtasidagi munosabat

3. Til sistemasi

4. Tilning ichki tuzilishi

Til bilan tafakkur o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lganidek, til va nutq ham o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ularning birisiz ikkinchisi bo‘lmaydi.

Til bilan tafakkur o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lganidek, til va nutq ham o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ularning birisiz ikkinchisi bo‘lmaydi.

Til va nutq o‘rtasidagi munosabat tilshunoslikning ham, psixologiyaning ham muhim muammolaridan biridir. Ammo bu muammoning o‘rganilish darajasi til va tafakkur o‘rtasidagi munosabat muammosi darajasida o‘rganilgan deb bo‘lmaydi.

Asosan shuning uchun bo‘lsa kerak, hozircha tilshunoslikda nutqning yagona va mukammal ilmiy ta’rifi yo‘q. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hatto nutq xususiyatini til xususiyati sifatida talqin qilish, ba’zan esa til va nutq tushunchalarini tenglashtirish hollari uchrab turadi.

Bunga bizningcha, birinchidan, til va nutq o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik bir varaq qog‘ozning bu betining o‘ziga xos rangi u betining o‘ziga xos rangini va, aksincha, u betining o‘ziga xos rangi bu betining o‘ziga xos rangini inkor qilmaydiganligi kabi; ikkinchidan, nutqning moddiy-akustik asosini til tashkil qilishi, uchinchidan, og‘zaki nutqni shakllantiruvchi eng muhim nutq a’zosi biologik til ekanligi kabilar sabab bo‘lsa kerak.

Ammo til va nutqning ilmiy talqinida nutq ma’nosida “til” atamasini qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

Til sistemasi. Til o‘ziga xos ichki tuzilishga ega bo‘lgan sistemadir. O‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan, bir-birini taqozo etadigan va eslatadigan unsurlar yig‘indisi yaxlitligi til tizimidir.

E.Benvenist turli sistemalarni tahlil qilish natijasida til shakllari ma’lum strukturaga ega, degan xulosaga keladi va uning quyidagi xususiyatlarini ko‘rsatadi:

1) U qismlari ustidan hukmronlik qiladigan ma’lum butunlik birligi sanaladi;

2) bu birliklar ma’lum barqaror tamoyillar asosida shakliy tartibga solingandir;

3) butunning barcha qismlari u yoki bu vazifani bajargani tufayligina struktura xarakteriga ega bo‘ladi;

4) bu qismlar ma’lum sathning har bir birligi boshqa yuqoriroq sathning kichik birligi, ya’ni butunning bo‘lagi bo‘lishi mumkin

Tilning ichki tuzilishi.

Til o‘ziga xos ichki tuzilishiga ega bo‘lgan barqaror sistemadir.

Shuning uchun til ota-onalardan bolalariga, o‘z navbatida yana ularning avlodlariga, asrdan asrga jiddiy o‘zgarishsiz o‘tib turadi.

Ammo tildagi ayrim o‘zgarishlar esa, mashhur tilshunos E.D.Polivanov ta’kidlaganidek, odatda tilning lug‘at tarkibida yuz beradi. Ammo ular til tizimining barqarorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki tilning o‘ziga xos barqaror tizim ekanligi uning asosan tovush tarkibi bilan grammatik qurulishida namoyon bo‘ladi. Tilning umri inson umriga qaraganda uzoq bo‘lgani uchun, tildagi o‘zgarish bir kishi hayoti davomida sezilmaydi, ammo 500-1000 yil ichidagi davrni olib qarasak, tilda bo‘lgan o‘zgarish yaqqol seziladi.

F.de Sossyur sistemaning ikki muhim xususiyatini ko‘rsatadi: a) sistemaning barcha a’zolari tenglikka ega; b) sistema yopiq hisoblanadi. Lekin keyinchalik til sistemasida ochiq sistemalar borligi ham aniqlandi [A.Nurmonov, 2009: 35].

F.de Sossyurning ta’biri bilan aytganda:”Til g‘oyalarni ifodalovchi belgilar sistemasidir”. Til o‘ziga xos ochiq sistemadir:

1.Jamiyat taraqqiyoti va davr talabi bilan bog‘liq holda tilda, birinchi navbatda uning lug‘at tarkibida yangi so‘z va iboralar paydo bo‘lib turadi. Buni o‘zbek tili lug‘at tarkibining mustaqillik yillaridagi holatida yaqqol ko‘rish mumkin.

1.Jamiyat taraqqiyoti va davr talabi bilan bog‘liq holda tilda, birinchi navbatda uning lug‘at tarkibida yangi so‘z va iboralar paydo bo‘lib turadi. Buni o‘zbek tili lug‘at tarkibining mustaqillik yillaridagi holatida yaqqol ko‘rish mumkin.

2.Tildagi, birinchi navbatda uning lug‘at tarkibidagi ayrim so‘z va iboralar eskirgan qatlamga o‘tib turadi. Bu jarayonni ham o‘zbek tili lug‘at tarkibining turli davrlardagi, jumladan, mustaqillik yillaridagi holatida yaqqol ko‘rish mumkin.

Qisqasi, til barqaror va ochiq sistemadir. Shuning uchun u qadim zamonlardan buyon odamlarga eng muhim fikriy aloqa vositasi sifatida xizmat qilib kelmoqda va bunday keyin ham asrlar osha shunday xizmat qilaveradi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling