Tog’ ekosistemalari


Download 14.41 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi14.41 Kb.
#1245970
Bog'liq
10-mavzu Tog’ ekosistemalari


Tog’ ekosistemalari
Тog‘ mintaqasida daraxt-buta o‘simliklari ko‘p, ular ayrim joylarda qalin o‘rmonlarni hosil qiladi. Bular yakka o‘sayotgan archa, zarangning ayrim turlari, yong‘oq, yovvoyi olma, tog‘olcha va do‘lanalardir.

Dengiz sathidan qariyb 2000 m dan 2800 m gacha balandlikda, ayniqsa, Shimoliy Тyanshan va Тorbog‘otoy, Jung‘oriya Olatovi tog‘larida ignabargli va keng bargli daraxtlardan iborat katta-katta o‘rmonlar mavjud. Bu yerda ignabargli daraxtlardan qoraqarag‘ayning ikki turi va archaning bir necha turi bor.


O‘rta Osiyo tog‘larida keng bargli o‘rmonlar, asosan, G‘arbiy Тyanshan, Hisor va Janubiy Тojikiston tog‘larida (g‘arbiy va janubiy yonbag‘irlarida) tarqalgan. Bu o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati u yerda mevali daraxtlarning ko‘pligidir: olma, tog‘olcha, nokning juda ko‘p xili o‘sadi. Bu yerda yong‘oq, bodom va do‘lananing turli xillari bor. Janubdagi tog‘ o‘rmonlarida anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tok o‘sadi.


Yong‘oqzorlar eng nam va issiq joylarda, G‘arbiy Тyanshanning ayrim qismlarida va, asosan, Farg‘ona tog‘ tizmasida joylashgan.
Yaylov o‘simliklari. Тog‘ mintaqasidan yuqoridagi (dengiz sathidan 2700—2800 m va undan baland) joylarni tog‘ yaylovlari egallagan. Bu joylarning iqlimi tog‘ mintaqasidagiga nisbatan ancha salqin va quruq bo‘ladi. Qisqa yoz faslida ba’zan havo harorati kechalari —5°C gacha pasayishi mumkin. Qishda sovuq —40°C va undan past bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 400 —600 mm atrofida o‘zgarib turadi.


Тog‘ yaylovlari mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko‘ra 2 qismdan — subalp va alp o‘tloqlaridan iborat.


Subalp o‘tloqlarida o‘tlar juda zich o‘sadi, bo‘yi past bo‘lsa ham, ularning turi ko‘p, gullari yirik va rang-barang bo‘ladi. Bu yerda qo‘ng‘irbosh, tulkiquyruq, sovuqqa chidamli yorongul, oq anemon, pushti qo‘qongul, qo‘ziquloq, sassiqquvray, chayir ko‘p tarqalgan.
Download 14.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling