"Tong o’rniga qayg’ular otar Kimni?" Ushbu tasvir kimga tegishli?
Download 18.05 Kb.
|
adabiyot 8-9
“Birinchi xitobdayoq ota-ona gunohiga tavba qilishg’a hozirlanar edi. Ammo ish u kutganidek chiqmadi…” Parcha qaysi asardan? “Tong o’rniga qayg’ular otar Kimni?” Ushbu tasvir kimga tegishli? Shoir cho’ponlik qilgan vaqtlarida do’mbira jo’rligida terma va dostonlar aytishga qiziqqan. Ushbu ta’rif kim haqida? “Agar shoir tug’ilgan yilga e’tibor bersangiz, uning bolalik yillari sobiq sho’rolar davrida “qama-qama” lar avjiga chiqqan… pallaga to’g’ri kelganini anglaysiz”. Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? “U bo’g’ib, osib, urib o’ldirmadi. Hatto haqorat ham qilgani yo’q. Bor-yo’g’i…hech nima qilmadi” ta’rif qaysi qahramon haqida? Kimning qaysi g’azalida sifatlovchi bo’lib kelayotgan “mushkin” so’zi sifatlanmish qoshning ranginigina bildirib kelmasdan , uning qilmishi ham qoraligi, ya’ni oshiqning boshiga qora kunlar solishiga ishora qiladi? Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek, Kuygan jigari, bag’ri sadpora ekan mendek. Kimning qaysi janrdagi asaridan olingan parcha? “Kitoblarimni asranglar…”, deya vasiyat qilgan ijodkorning mustaqillikka erishgandan so’ng chop etilgan kitoblarini yozing. Hikoya va ocherklari talabalik yillaridayoq Respublika ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ijodkorning romanlarini yozing. “Ko’ngullarning sururi ilmsandur, Ko’rar ko’zlarning nuri ilmdandur” bayti kimga tegishli? “Shu tanholikda ham ko’nglining bir chekkasida qachonlardir u bilan topishish ilinji yashardi. Endi u shu ilinjdan ham mahrum bo’lganiga ishondi” Ma’lumot kim haqida va qaysi asardan? Oybekning “Qoraxat” she’rida qo’llangan she’riy san’atlarni yozing. Ilmi nujum va tabobat bilan shug’ullangan ijodkorning ilmiy asarlarini tasniflab yozing. “shavq dostoni” qaysi vaznda yozilgan? Maqsud Shayxzodaning o’ttizinchi yillardagi to’plamlarini sanang. “Otasi ham , onasi ham savdo ishlari bilan shug’ullanib… Sarmog’ul yaylovlaridagi chorvadorlarni kerakli oziq-ovqat va uy-rozg’or buyumlari bilan shug’ullanar edi” . Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida? “Bir-biriga o’ta ko’ngil qo’ygan, mehr-u sadoqatda tengi yo’q er-u xotin uzoq yillar yuashab, farzand ko’rishmabdi. Uchramagan tabibi, sirlashmagan habibi qolmabdi” Ta’rif qaysi asar haqida? “Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy, Agar otash furu aftad baxokistar dehad joro…” Misra kimga tegishli, mazmunini yozing. Furqatning “Bulbul o’qug’och yig’lab, subhidam xazon faslin, G’uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar” misralarida qanday she’riy san’at qo’llangan? “Yuzi uniqqan, oriq, cho’kib ketgan ko’zlari nursiz. Odamga tikiladi-yu, hech narsani ko’rmayotgandek”. Ushbu ta’rif qaysi asar qahramoni haqida? Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin…. Misrani davom ettiring, va g’azal boshdan oyoq qanday she’riy san’at asosiga qurilganini toping. Muhammad Yusufning she’riy to’plamlarini yozing. Qaysi ijodkor bizga ma’’rifatparvar jadid bobolarimiz Behbudiy, Avloniy, Fitrat, Cho’lponlarni eslatard? Irsoli masal san’atining eng qadimgi na’munalari kimlarda uchrashini yozing. Navoiyning qaysi ruboiysi mazmunida tasavvufiy ma’no ham bor? “Bir qo’shiq bo’laman daryoday yurakning eng chuqur yerida”,deya orzu qilgan shoirning she’riy kitoblarini yozing. Sharof Rashidov e’tiboriga tushgan ijodkorning ilk she’riy majmuasini yozing. “Past bo’yli, kichik, lekin miqti gavdali, botiq ko’zlari besaranjom o’ynagan, paxmoqsoqol, pala-partish kiyingan…” ta’rif kim haqida va qaysi asardan? Tog’ darasining ichiga kelib ko’rsalar, yovvoyi yong’oqlar, pistalar, jiydalar va yovvoyi toklar… bu ta’rif qaysi asardan va qaysi manzil haqida? Kimning asarlarida turkiy qavmlarning tarixiy o’tmishi ta’sirli lavhalarda o’z aksini topgan? “Asrga tatigulik kun” romanida qaysi qahramonlar kuchli pafos bilan tasvirlangan? Oq podshohga she’r yozishdan bosh tortgani uchun intizomiy batalyonga jop’natilgan ijodkorning Sharq odamlarining hayot tarzidan zavqlanib yozgan asarini yozing. Shekspir qaysi asarlarda qanday rollar ijro etganini yozing. “Tushki ibodatdan keyin uxlab yotarkan, Men tomonga pisib kirmish amaking- qotil, Qo’llarida la’nati u zahri halohil…” parcha qaysi asardan kimning tilidan? “Asar qanday janrda yozilmasin, voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri qay darajada fojeali bo’lmasin, yumor, hazil-mutoyioba, askiya unsurlari, so’z o’yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qilaman…” Ushbu ma’lumot kimning ijodidan? “Oyoqlari shishib ketgan edi. Mahsilar qo’njini yorib chiqarishdi. Keyin oyog’i uchini dam shiftga qaratib qo’yib, dam yonboshlatib rentgenga tushirishdi”. Parcha kimning qaysi asaridan? Geologiya fakultetini bitirgan ijodkorning she’riy to’plamlarini yozing. “Kechadur” radifli g’azali kimniki va kimga jo’natilganligi haqida ma’lumot mavjud? Yigit yoshidayoq to’shakka bog’lanib qolgan, shu dard azobini tortayotganda turmush o’rtog’idan ham ajralgan ijodkorning tarjimalarini yozing. Qaatorasiga yetti ot ustidan sakrab o’tganligi bilan dong chiqargan qahramon kim va qaysi asar qahramoni? “Ilohiy komediya” asarini tarjima qilgan ijodkorning she’riy to’plamlarini yozing. “Men esam tayyorman Duelga, hatto.”… misra kimning qaysi asaridan? Horut ila Morut talmehga olingan g’azal qaysi va kimning qalamiga mansub? “Bularning ichida moli yo’q degan kambag’alining qirq mimg tuyasi bor, qo’yining sonini, adadini o’zlari ham bilmas edi”. Parcha qaysi dostondan? “U qiziga qarab o’zidan nomus qilardi…” parcha qaysi asardan va asar egasining she’riy to’plamlarini yozing. Download 18.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling