“Tong sirlari” ‘Damlar” she’ri tahlili


Download 71 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi71 Kb.
#252145
  1   2
Bog'liq
Damlar

“Tong sirlari” ‘Damlar” she’ri tahlili




    1. Matnshunoslik asoslari:


  1. grafik shakllanishi:



  1. Ushbu she’r “Tong sirlari”(1926) to’plamida 3 band 11 misradan iborat holda berilgan. 1-band 5 misra. 2-band 4 misra va 3-band 2 misrali holatda. Bu banddda 2-misradan so’ng 1 ta qisqa misra ham berilgan.




  1. “Yana oldim sozimni”(1991) to’plamida ham asli kabi yozilgan. Faqat oxirgi kichik misra xat boshidan boshlangan.




  1. “Go’zal Turkiston” (1997) to’plamida ham yuqoridagi holatda.




  1. 4 jildlik asarlarning 1-jildi(2013) kitobida ham 3 band 11 misra va 1 kichik misradan iborat holatda nashr etilgan.

She’rning tuzilishi hamma to’plamlarda bir xil. Bunday holatda berilishi to’g’ri. Chunki bandlar o’zaro mustaqil shaklangan.





  1. tinish belgilarining qo’llanilishi:

Sarlavha:

Barcha to’plamlarda sarlavhadan keyin ko’p nuqta qo’llangan. Sababi ijodkor damning qandayligi, qaysi vaqtdaligini o’quvchining o’ziga qo’yib beradi. Bu yerda tinish belgi to’g’ri qo’llangan. Lekin ”Tong sirlari” to’plamida ko’p nuqta 2 ta nuqta orqali berilgan. Bu holat hozirgi tinish belgilar qoidasiga muvofiq emas.

1-band:


“Tong sirlari”(1926) , “Go’zal Turkiston” (1997) to’plamlarida “bo’lurki” so’zidan so’ng vergul, “qalbim” so’zidan so’ng tire va 2-misra yakunida ham tire qo’llangan. Boshqa o’rinlarda tinish belgi yo’q. She’r mazmunidan ko’rishimiz mumkinki, 1-so’zdan keyin vergul qo’yilishi o’rinli. Chunki qo’shma gap. 2-so’zdan keyin esa tire qo’llash to’g’ri bo’lmaydi. Sababi bu yerda o’xshatish so’zlar orasida bo’lmoqda. “Yana oldim sozimni”(1991) to’plamida ‘bo’lurki’ so’zidan so’ng vergul va ikkala misra yakunidan keyin hech qanday tinish belgi qo’llanmagan. 4 jildlik asarlarning 1-jildi(2013) kitobida “bo’lurki’ so’zidan so’ng vergul va 2-misra yakunida nuqta qo’llangan. Bu to’g’ri hisoblanadi. 2-misrada fikr yakunlanmoqda. Shuning uchun nuqta qo’yilishi kerak.
3-4-va 5- misralarda barcha tinish belgilari bir xil tarzda qo’llangan. “Asta-sekin titrab ketar…” jumlasida ko’p nuqta qo’llangan. Bunda ijodkor qalbning allaqanday holatlarinini yana o’quvchiga qoldiradi va qal hali ham titrashda davom etmoqda. O’quvchilar bularni o’zi anglaydi. Bunday qo’llanish mantiqiy to’g’ri hisoblanadi. Asl nusxada ko’p nuqta 2 ta nuqta tarzida berilgan. Ko’p nuqta 3 nuqta bilan ifodalanishi kerak. Bu xato qo’llanishdir. Bu jumladan keyin qo’llangan so’z barcha to’plamlarda kichik harf bilan yozilgan. 4 jildlik asarlar to’plamida esa bosh harf bilan ifodalangan. Aslida ko’p nuqta ham gapni shaklan tugallanganini bildiradi. Undan keyin bosh harfda yozish maqsadga muvofiq. 5-misrada sanash ohangi mavjudligi uchun ular orasiga vergul qo’llash to’g’ri bo’ladi.

2-band:


Ushbu banddagi misralarda tinish belgilari barcha to’plamlarda bir xil tarzda qo’llangan. 1-va 3-misra oxiri vergul, 2-4-misra oxirida nuqta nuqta va 4-misrada uyushiq bo’laklar qatnashgani uchun vergul qo’llangan. Bu bandda barcha tinish belgilari o’z o’rnida ishlatilgan. Lekin Ushbu she’r “Tong sirlari”(1926)da “xayol” so’zidan so’ng nuqtali vergul 1-2-va 4-misra yakunida nuqta qo’llangan. Odatda, nuqtali vergul mazmuniy bir-biriga bog’lanmagan gaplarda qo’yiladi. Misrada bir xil mazmuniy gap ketganligi sababli nuqtali vergul xato qo’llangan.

3-band:


“Yana oldim sozimni”(1991) va “Go’zal turkiston(1997) to’plamlarida “tovush” so’zidan so’ng ikki nuqta, ‘shoir” so’zidan so’ng vergul, ko’chirma gaplardan keyin undov tinish belgisi qo’llangan. Misra ko’p nuqta bilan yakunlangan. Asl nusxada yuqoridagi holatga qo’shimcha ravishda “birdan” so’zidan so’ng ham vergul yozilgan. Bu yerda vergul qo’llanishga asos yo’q. 4 jildlik asarlarning 1-jildi(1993) to’plamida 1 ko’rinishga qo’shimcha holatda ko’chirma gapdan so’ng tire tinish belgisi ishlatilgan. Bu eng to’g’ri holat. Sababi bugungi kundagi imlo qoidasiga ko’ra ko’chirma va muallif gapi o’rtasida tire qo’llanilishi kerak. Ko’chirma gapda undalma ishlatilgani uchun undan so’ng vergul ishlatilishi to’g’ri holatda qo’yilgan.


  1. so’z va so’z shakllarining yozilishi:

1-band:

1-misradagi so’z shakllari barcha to’plamlarda bir xil shaklda yozilgan.


2-misra “Tong sirlari” to’plamida “qaltirag’an”, “solg’ali” so’zlari boshqa to’plamlarda “qaltiragan”, “solgali” tarzida yozilgan. 2-holatda berilish imlo qoidalarimizga mos holatda. O’zbek tilida “-g’ali” qo’shimchasi mavjud emas. U tarixiy variant.
3-misrada ham so’z shaklarida o’zgarish yo’q.
4-misra “Yana oldim sozimni” to’plamida “jim qolaman” so’z shakli. Boshqa to’plamlarda “jim qolamen” tarzida ishlatilgan. 2-shakl she’rning badiiiyatiga qo’shimcha ohang bergan. Shuning uchun 2-shaklni qo’llagan ma’qul.
5-misrada ham deyarli so’z shakllarida o’zgarish yo’q. Faqat 1 o’rinda barcha to’plamlarda ishlatilgan “tolgali” so’zi o’rniga 4 jildlik asarlar to’plamida “topgali” so’zi qo’llangan. She’r mazmuniga e’tibor beradigan bo’lsak, lirik qahramon tovushni topish uchun jim qolgani ma’qul, tovush ohangiga tolganidan ko’ra. Mazmundan anlashiladiki, 2-shaklni qo’llash mantiqiy to’g’ri bo’ladi.

2-band:
Ushbu bandning 2-3-va 4-misralardagi so’z shaklarida o’zgarish yo’q. Barcha to’plamlarda bir xil shaklda qo’llangan. Lekin 1-misrada “Go’zal Turkiston” va “Tong sirlari” to’plamlarida “tutqizmas” so’zi “tutquzmas” tarzida ishlatilgan. Qolgan 2 to’plamda imlo qoidasiga muvofiq qo’llangan. Biroq, bugungi orfografiya qoidalariga nazar tashlaydigan bo’lsak, “tutqizmas” tarzida yozilish to’g’ri bo’ladi.

3-band:

1 misrada barcha to’plamlarda ko’chirma gapning undalmasiga “ay” undov so’zi qo’shilgan. Bu shakl faqat “Yana oldim sozimni” to’plamida “ey” shaklida yozilgan. O’zbek tilining leksikasiga qaraydigan bo’lsak, “ay’ undov so’zida og’riq va achinish ma’nolari qo’shilgan. “ey” undovi esa neytral bo’lib, ko’proq murojaat o’rinlaridagina ishlatiladi. Endi she’r mazmuniga qarasak, tovush shoirga achinib, afsus bilan gapirmoqda. Shoiga murojattdan ko’ra unga achinish hissini qo’shish mantiqiy to’g’ri bo’ladi.



    1. She’rning qiyosiy-tanqidiy matni:

Damlar…
Dam bo’lurki, qalbim tongning shamoli

Qarshisida qaltiragan yaproqdek.

Asta- sekin titrab ketar… Men ham tek,

Jim qolaman unga quloq solgali,

Butun esim, sezgim bilan topgali…

Ba’zan hayol etagini tutqizmas,

Yot yerlarda o’z boshicha yo’q bo’lur.

Shunda es ham qalb tiliga tushunmas,

Boshi qotar, qo’pollanur, to’nglanur.

Shunda birdan g’aybdan tovush:”Ay shoir,

Quruq qolding saodatli damdan!’-der,

“Damdan”- der…

Andijon. 1923-yil dekabr.


Bu variantni men o’zim uchun to’g’ri deb bildim. Chunki tinish belgilarining qo’llanilishida ham so’z shakllarining yozilishida ham imlo va orfografiya qoidalariga mosladim. Tinish belgilarini shunday holatda qo’llsh she’r mazmunini ancha oydinlashtiradi va o’quvchi qiynalmay tushunadi. Eng asosiysi, tinish belgilari bugungi kundagi imlo qoidalariga muvofiq tarzda qo’llandi.





    1. She’rda ishlatilgan hozirda eskirgan yoki qo’llanish doirasi cheklangan so’z va so’z birikmalari izohi:

To’nglanmoq- yoqimsiz, qo’pol va dag’al holatga kirmoq.

G’ayb- yo’qlik, g’oyiblik

2. She’rning kontekstual tahlili:





  1. shoir biografiyasi:

Cho’lpon 1898-yili Andijonning Qoraterak mahallasida dunyoga keladi. U dastlab madrasada o’qiydi, keyinchalik rus-tuzem maktabida tahsil oladi. Mutolaa yo’li bilan turk, nemis, ingliz tillarini o’rganadi. Cho’lpon dunyoqarashi va ijodining shakklanishiga XX asr boshlaridagi jadidchilik harakati katta ta’sir o’tkazadi. U publitsis sifatida ham barakali ijod qilgan. Bu borada , ayniqsa, uning “adabiyot nadur”, “Muhtaram yozuvchilarga” kabi maqolalari adabiyotning maqsad va vazifalarini anglashda muhim rol o’ynaydi. U oktabr to’ntalishidan keyingi voqealarni qalkamga oldi. “yo’lda bir kecha”, “Sharq poyezi keldi”, “yo’l esdaligi” kabi onlab ocherk va publitsist maqolalarni chor mustamlakachilari va ularning aziyatlarini tasvirlagan.

Cho’lpon 1922-1935- yillar oralig’ida o’zining yirik to’plamlarini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib “Jo’r” va “Soz” she’rlari to’plamini yaratdi. Ammo “soz” to’plami chop etildi-yu, “Jo’r” to’plami qatag’on tuzog’iga ilinib, qolib ketdi.


  1. davr ijtimoiy- tarixiy sharoiti:

Bu davrda bu davrda butun Turkistonda bo’lib tashlash siyosati bo’layotgan edi. Turkistondagi istiqlolchilik harakati 1924- yilda mag’lubiyatga uchragandan keyin o’zining so’ngi bosqichiga qadam qo’ydi.


Bir tomondan, 1920-yillarda istiqlolchilik harakati qaytadan shiddat bilan rivojlanishi, ikkiknchi tomondan, qizil armiya tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi ag’darilib tashlanib, ular o’rniga “mustaqil respublikalar” tashkil qilinganligi bu masalada bolsheviklarni yana 4 yil sabr qilishiga olib keladi. 1924-yildan boshlab ushbu masalani hal qilishga jiddiiy kirishdi.

Mana shunday jiddiy vaziyatda ham Cho’lpon o’z ijodini to’xtatmadi.


v) davr adabiyoti:


Bu davrda adabiyot ham ko’plab tazyiqlar ostida qoldi. Hukumat adabiyot oldiga asl haqiqatni emas, balki xalqning yaxshi yashayotganligini, bu siyosat to’g’ri ekanligini yozishish kerakligini qo’yadi. Adabiyot mafkuraga xizmat qilishi kekar edi.

g) adabiy an’analar:

Cho’lponning 1920-yillardagi ijodi juda boy o’tdi. Uning she’rlari, asosan, barmoq vaznida yaratildi. Dastlabki sahna asarlaridan biri “Yorqinoy” dramasini sahnalashtirdi. Nasrdagi asarlarini yaratdi. “Oydin kechalar”, ‘Qor qo’ynida lola”, ‘Novvoy qiz” kabi.


3. She’rning poetik xususiyatlari:





  1. she’r janri:

She’r barmoq vaznida yozilgan. Ma’lum ritm she’rga joziba bag’ishlagan.





  1. poetik obrazlar va ularning o’zaro munosabati:

She’rda dam, qalb, tong shamoli, hayol, es, tovush va lirik qahramonning o’zi qatnashgan. Har bir obrazning she’rda o’z o’rni bor. Dam bu yerda qaysidir vaqt va bu vaqt shunchalik yoqimliki, lirik qarramonning qalbi tong shamolida titragan yaproqdek bo’lib ketyapti. Bu yerda ijodkor o’sha titroqli damni ozodlik va hurlik oni deb o’yladi. Bir zumgina bo’lsa ham hayolidan o’tkazdi. Hayoli esa erkni bir dam o’ylashiga qo’ymayapti. Chunki jamiyat hali-hanuz uyquda. Leki shunday bo’lishiga qaramay, Cho’lpon bu go’zal onni tushunishga urinmoqda. Shu joyda qayerdandir bir tovush paydo bo’lib, shoirga achinib qaramoqda. Shunday ajib damdan quruq qolding, bu damni to’la his qilmading, deya afsuslantirmoqda. She’r majoziy ma’noda. Tovush ijodkorning ichki isyoni, yana ham oydinlashtiradigan bo’lsak, butun ijodi bo’lishi mumkin. Damlar esa ozodlik onlari va undagi hissiyotlardir. Barcha obrazlar shu damlarni aniqlashtirish uchun qo’llangan va she’rni mazmunini ochib berishga xizmat qilgan.





  1. til xususiyatlari:

Ushbu she’rda o’z o’rnida o’xshatish va joinlantirishlar qo’llangan bo’lganinga qaramay, tili sodda va ravon. Cho’lpon she’rda ortiqcha jimjimador so’zlardan foydalanmaydi. G’aliz jumlalar-u tushunarsiz joylari yo’q. She’r tili ravon.




  1. qo’llangan badiiy tasvir va ifoda vositalari, ularning vazifasi:

Dastlabki misralardayoq, ijodkor chiroyli o’xshatishni keltiradi. Bu orqali she’rga qo’shimcha joziba yuklamoqchi bo’lgan.


Dam bo’lurki, qalbim tongning shamoli


Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling