Topografiya va kartografiya asoslari fanining maqsadi, mazmuni, predmeti va vazifalari. Reja: Topografiya fanining maqsadi, mazmuni, predmeti va vazifasi


Download 19.09 Kb.
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi19.09 Kb.
#186443
  1   2
Bog'liq
3 Amaliy amaliy mashg'ulot yuzasidan savollar


Topografiya va kartografiya asoslari fanining maqsadi, mazmuni, predmeti va vazifalari.

Reja:

1. Topografiya fanining maqsadi, mazmuni, predmeti va vazifasi.

2. Kartografik fanlar va ularning matematika, geodeziya, geografiya, geomorfologiya, statistika va boshqa bir qancha fanlar bilan aloqasi.

3. Fanni geografik fanlar tizimida va geografiya yo‘nalishi bakalavrlarini tayyorlashda tutgan o‘rni.

Topografiya fanining maqsadi, mazmuni, predmeti va vazifasi. Umumiy ta’lim maktablarida topografik va kartografik bilimlarni o‘rgatishga katta e’tibor berilmoqda. Masalan, V—VII sinflarda geografiya programmasining topografiya va kartografiyaga tegishli mavzulari alohida bo‘lim sifatida o‘rganiladi, undan tashqari, har bir mavzu oxirida karta bilan bajariladigan mashqlar berilgan. Geografiya qaysi sinfda o‘qitilmasin, uning deyarli har bir mavzusiga mos holda mavzuli kartalari, darslik va boshqa kitoblardagi oq-qora kartalar beriladi, shu bilan bir qatorda har bir sinf uchun (IV sinfdan IX sinfgacha) geografik atlaslar va tarixiy atlaslar nashr qilinganki, ularni o‘qib tushunish va foydalanish uchun topografiya va kartografiya fanlarini yanada chuqurroq bilish taqozo qilinadi. Ma’lumki, hozirgi vaqtda kishilarning kundalik hayoti va faoliyatida kartaning ahamiyati katta. Birorta geografik tadqiqot kartasiz



bo‘lmaydi. Undan tashqari, hech bir ilmiy asar yoki darslik yer yuzasidagi voqea hodisalarning hududlar bo‘yicha tarqalishini kartadagidek ko‘rgazmali qilib yaqqol ko‘rsata olmaydi. Karta biz o‘rganib; qolgan “ko‘rgazmali o‘quv quroli”gina emas, balki xilma-xil voqea-hodisalar haqida ma’lumot beradigan mustaqil bilim manbai hamdir. Geografik kitoblarda yer yuzasi so‘zlar bilan tasvirlanadi. Kartada esa maxsus belgi modellar yordamida chizma usullar bilan ko‘rsatiladi. Kartasiz geografiyani o‘rganib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham professor N.N. Baranskiy “Geografiya, karta bilan boshlanib, karta bilan tamom bo‘ladi” degan. Geografik kartalar asosini toografik kartalar tashkil etadi. Demak, birorta hududning geografik kartasini tuzish uchun avvalo o‘sha hududning topografik plani yoki kartasi tuziladi. Joyning topografik kartasini tuzish uchun kartaning negizi bo‘lgan geodezik asos bo`lishi zarur. U orqali yerning shakli, kattaligi va boshqa o‘lchamlari aniqlanadi, so‘ng topografik kartaning asosi vujudga keladi, bu ba’zan geodezik asos deb ham yuritiladi. Topografiya va kartografiya fanlari bir-biri bilan uzviy bog’liq. Geografik kartaning yuzaga kelishida har ikki fan ham o‘z hissasini qo‘shadi, shu sababli bu fanlarning tarmoqlari to‘g’risida qisqacha ma’lumot beramiz. Geodeziya (grekcha geo-yer, dio-o‘lchash so‘zlaridan olingan bo‘lib, yerni o‘lchash demakdir) yerning shakli va kattaligini o‘lchash, yer yuzasida har xil injenerlik, loyihalash ishlari va toografik karta hamda plan olish uchun zarur bo‘lgan geodezik tayanch punktlari tashkil qilish usullarini, geodezik asboblarning tuzilishini, ular bilan ishlash yo‘llarini o‘rgatadi. Hozirgi vaqtda geodeziya fani oliy geodeziya, quyi geodeziya, injenerlik geodeziyasi singari mustaqil turlarga bo‘linadi. Yer shaklini va uning o‘lchamlarini aniqlash, mamlakatimiz kartalarini tuzish uchun geodeziya tayanch nuqtalarini barpo etish maqsadida katta.hududlarda olib boriladigan o‘lchash ishlari va ularni tashkil qilish bilan oliy geodeziya shug’ullanadi. Yer yuzasining ayrim bo‘laklariqi plan, karta va profillarini chizib tasvirlashda bajariladigan o‘lchash usullarini, geodezik asboblar bilan ishlashni quyi geodeziya yoki geodeziya o‘rgatadi. Injenerlik inshootlarining o‘rnini qidirib topish, ularni planda, kartada va profilda loyihalashni bunyod etishda bajariladigan ishlar bilan shug’ullanadigan fanga injenerlik geodeziyasi deyiladi. Geodeziya fani astronomiya, topografiya, kartografiya, geografiya va geofizika fanlari bilan uzviy bog’langan. Geodezik o‘lchashlar asosida topografik plan va karta chizish uchun juda zarur bo‘lgan ma’lumotlar, ya’ni yer yuzasidagi joylarning geografik va to‘g’ri burchakli koordinatalari, ularning balandliklari aniqlanadi. Hozirgi vaqtda qadimgi geodeziya fani yasharmoqda, undan yangi fanlar ajralib chiqmoqda. o‘lchash va hisoblash ishlarini takomillashtirish maqsadida radio, svetodalnomerlar, elektron hisoblash mashinalari ishlatilmoqda. Shu asosda yangi fan-radiogeodeziya vujudga keldi. Kosmosdan turib yerning shakli va kattaligini o‘lchashda, materiklarni bir-biri bilan geodezik jihatdan bog’lashda kosmik geodeziya fani paydo bo‘ldi.

Topografiya-(grekcha “topos-joy” va “grafro-tasvirlash” demakdir) yer yuzasining ma’lum bir kichik qismini plan yoki kartada tasvirlash usullarini o‘rgatadi. Hozirgi vaqtda topografik plan olishda aerosuratlardan foydalanilmoqda, oqibatda plan olish ishlari tezlashtirilmoqda, sifati yaxshilanmoqda va arzonlashmoqda. Shu asosda vujudga kelgan aerofototopografiya fani joyni samolyotdan turib sur’atga olishni va olingan sur’at asosida plan va karta chizish usullarini o‘rgatadi. Kartografiya fani qadimiy fanlardan bo‘lib, dastlab bu fanni milodning II asrida yashagan ulug’ olim Klavdiy Ptolemey ta’riflab bergan. Vaqt o‘tishi va fanning rivojlanishi bilan kartografiyaning ta’rifi ham takomillasha bordi. Kartografiya-tabiat va jamiyatda vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradigan voqea va hodisalarning tarqalishini, ularning birgalikda o‘zaro bog’liqligini, kartotrafik ma’lumotlarni obrazli-belgi modellar vositasida ko‘rgazmali ravishda tasvirlash yo‘llarini ham o‘rgatuvchi fandir. Karta termini grekcha “chartes” so‘zidan olinib, xat yozish uchun ishlatiladigan papirus qog’ozining bir varag’i, degan ma’noni anglatadi. Geografik kartalar maxsus matematik yo‘l bilan hisoblash natijasida yer ellipsoidini tekislikda tasvirlash natijasida vujudga keladi. Yuqorida aytganimizdek, kartalarda voqea va hodisalar maxsus obrazli belgilar yordamida tasvirlanadi. Ularning miqdorini, sifatini, joylashgan o‘rnini va boshqa ko‘rsatkichlarini kartaga qarab aniqlash mumkin. Bundan tashqari, kartaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga qarab tafsilotlar saralanadi va umumlashtiriladi, ya’ni generalizatsiya qilingan holda tasvirlanadi. Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bo‘lib, tasvirlanayotgan hududning tabiiy va sotsial-iqtisodiy jihatlarini, voqea-hodisalarning geografik joylanish xususiyatlarini, ularning o‘zaro bog’liqligi va hatto rivojlanishini tasvirlaydi. Karta qayerda nima borligini ko‘rsatibgina qolmasdan, bu narsalarning miqdori va ulardan qanday foydalanish mumkinligini ko‘rsatib berish imkoniyatiga ega. Karta yordamida voqea, hodisalarning rivojplanish qonuniyatlarini aytib berish (prognoz) va ularga baho berish mumkin. Karta okean va dengizda, havoda uchishda, turistik sayohatlarda, harbiy sohada asosiy yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Karta xalq xo‘jaligini planlashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilish ishlarida, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlarini to’g’ri taqsimlashda va hududni kompleks rivojlantirishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Nihoyat, geografik karta maktabda o‘quvchilarga geografiya va tarixni o‘rganishda asosiy mustaqil ko‘rgazmali bilim manbaidir. Kartografiya fani juda ham ko‘p fanlar bilan, ayniqsa geografiya bilan uzviy bog’langandir. Kartografiya, o‘z navbatida, bir necha mustaqil qismlarga bo‘linadi: kartashunoslik, kartometriya, matematik kartografiya, kartani loyihalash va tuzish, kartani chizish va rasmiylashtirish, kartani nashr qilish, kartografik korxonalarning tashkil qilinishi va iqtisodiy masalasi, kosmik kartografiya. So‘nggi yillarda kosmosdan olingan materiallardan foydalanishga juda katta e’tibor berilib, kosmik rasmlardan foydalanib, yangi

mavzuli kartalar tuzilmoqda, eskirgan kartalar yangilanmoqda. Natijada yangi fan kosmik kartografiya vujudga keldi va alohida kurs sifatida o‘rganilmoqda.




Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling