To’raqulova Dilnoza


Download 19.9 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi19.9 Kb.
#1005986
  1   2
Bog'liq
dilnoz


O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari
va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
AKTsKT yo’nalishi 3-bosqich Talabasi
To’raqulova Dilnoza
Talim psixologiyasi fanidan tayyorlagan

Topshiriq 5

Bajardi:To’raqulova Dilnoza
Tekshirdi:Azimova Shoxista


  1. Kompetentli shaxsning faoliyatdagi muvaffaqiyatlari nimalarni tashkil etadi?

  2. Rahbar psixologiyasining qanday o’ziga xos xususiyatlari mavjud?

Kompetentlik atamasi «samaradorlilik», «erishish», «muvaffaqiyatlilik», «tushunish», «natijalilik», «ega bo‟lish», «sifat», «miqdor» so‟zlari yordamida ta‟riflanadi, shu bilan birga ko‟pgina mualliflar uni tashxislashdagi qiyinchiliklarni qayd etgan. L. Spenser va M. Spenserlarning ta‟kidlashicha, kompetensiyalarning shakllanishi ularni o‟lchash va xususiyatlarini aniqlash qiyinchiligi bilan ortga suriladi Dj. Raven kompetentlikni biror bir ob‟yekt yoki ob‟yektlar sinfiga ko‟ra biror sohaga tegishliligi bilan baholash kerak - deb hisoblaydi. Natijada ma‟lum faoliyatning individual motivatsiyasi jadalligining bahosi hosil bo‟ladi. U shaxs kompetentligini biror bir maqsadga erishish uchun faoliyat olib borishi kutilgan holdagina aniqlanishi ma‟noga ega bo‟ladi - deb tushuntiradi. Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon o‟qituvchisidan yuqori madaniyat, chuqur ma‟naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas‟uliyatlilik, chuqur bilimga ega bo‟lishi, o‟z o‟quvchilarining ijodiy potensialini rivojlantirishga pedagogik qiziqishi, innovatsion faoliyatga, o‟z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. Shu sababli, komil shaxsni tarbiyalash masalasi bilan bir qatorda yana bir asosiy masala, ya‟ni mutaxassisning kasbiy kompetentligini shakllantirish masalasi bugungi kunda o‟ta muhim hisoblanadi. Mutaxassisning kompetensiyalarga ega, ya‟ni faoliyatning qaysi usulini egallashi, nimalarni bajara olishi, nimalarga tayyorligini aniqlash – kompetentli yondoshuv deyiladi. “Kompetentlik” tushunchasi ta‟lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o’zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‟lgan bilim, ko‟nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‟llay olinishidir. Kasbiy kompetentli o‟qituvchi birinchidan, o‟quv-tarbiya jarayonida ijodkor ta‟lim oluvchilarni shakllantirishga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi, ikkinchidan, o‟z kasbiy faoliyatida ijobiy natijalarga erisha oladi va uchinchidan, shaxsiy kasbiy imkoniyatlarini amalga oshira oladi. Agar bo‟lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirish - pedagogik muammo sifatida qaralsa, quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur


Kompetensiya egasi bo„lgan mutaxassis muammolarni yechishda o„zi o„zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo„lgan metodlarni tanlab olib qo„llashi, to„g„ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko„z bilan qarashi kabi ko„nikmalarga ega bo„ladi. Kompetentlikning asosi qobiliyatlardan iborat bo‟lganligi uchun ularning har biri o‟z kompetentligiga mos kelishi kerak. Qobiliyatlar eng umumiy ko‟rinishlari bilan kompetensiyaning jismoniy madaniyatdagi, aqliy sohadagi, umumo‟quv, amaliy, ijrochilik, ijodiylik, badiiy, texnik, shu bilan birga pedagogik-psixologik, ijtimoiy va boshqa ko‟nikmalariga mos keladi.


Ma’lumki, boshkaruv - murakkab kasblardan biri bo‘lib, u nafakat iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik bilimlarni nazariy jihatdan, balki amaliy jihatdan ham o‘zlashtirgan holda yetarli tayyorgarlikka ega bo‘lishlikni talab etadi. Bunda umumiy, texnik, idtisodiy, omilkorlik va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lish bilan birga, rahbar barcha haqiqatlarni tushunish orqali ko‘p qirrali vaziyatlarda, sharoitlarda o‘z qiyofasini amaliy tarzda to‘g‘ri ifoda eta olishni bilishi zarur. Kelajagi buyuk davlatni taraqqiy ettirish uchun sitqidildan xizmat qilishga intilayotgan har bir yosh rahbarning bilim va tafakkuri, tashkilotchiligi, izlanuvchanligi, odobi hamda axloqi jamiyatda yangi iqtisodiy munosabatlarni qaror toptirish, ma’naviy va moddiy ne’matlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, Vatani va xalqi uchun yonib yashash hissi bilan sug‘orilmog‘i lozim. Ma’lumki, bugungi kundagi rahbar o‘zining ijtimoiypsixologik tuzilishi va ma’naviy qiyofasi bilan o‘tmishdoshlaridan tubdan farq qiladi. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 November 2021 / Volume 2 Issue 11 www.openscience.uz 1022 Bugungi kunda mamlakatimizda rahbarlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish eng dolzarb masaladir. Ayniqsa, yosh rahbarlarni tayorlash va ularning bilim va tajribalarini oshirish asosiy vazifalardan biridir. Yoshlik bu yangilik va kashfiyotlarga moyillik, ijodiylik, qo‘rqmaslik va o‘zguruvchan muhitga moslashuvchanlik bilan ifodalanadi. Mutaxassislarning aniqlanishicha, inson 35-55 yoshlarida o‘z kasbining mohir ustasiga aylanadi, o‘z sohasidagi bilimni yaxshi egallaydi va ixtirolarni joriy etishga o‘zida ishtiyoq sezadi. Shu bilan birga, unda vaziyatni sovuqqonlik bilan tahlil etish, vazminlik kayfiyati shakllanadi. Albatta, hamma yosh rahbar ilg‘or texnologiya tarafdori va shunga moyil deb aytish qiyin, lekin yoshlarga zamonaviylik xos. Bu esa o‘z navbatida, yosh rahbarning zamonaviy va ilg‘or ishlab chiqarish uslublariga murojaat etish ehtimolini kuchaytiradi. Xalqimizda, yoshi katta bo‘lsa ham ko‘ngli yosh degan ibora bor. Demak, zamonaviy rahbar yoshidan qat’i nazar ilg‘or texnologiyalar tarafdori, tashkilot miqyosida zamonaviy ishlab chiqarishni joriy etishga qobiliyatli bo‘lishi lozim. Bu esa o‘tish davri talabidir. Rahbarning xulq madaniyati va odobi xodimlarga ta’sir etishning muvaffaqiyatini belgilaydigan omillardan hisoblanadi. Bizga ma’lumki, rahbarlik odobining mohiyati, asosiy mazmuni uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan axloqiy fazilatlarda ifodalanadi. Rahbarlik odobi yuksak ma’naviy, madaniy, axloqiy meyor, talab va tamoyillar bo‘lgan erkinlikka asoslanadi. Rahbar nafaqat o‘zi erkin bo‘lishi, balki sherigining, o‘zi ishlayotgan jamoa a’zolarining ham erkinligini hurmat kilishi lozim. Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda ham o‘zini tuta biladigan, odobli va xushmuomala bo‘lishi zurur. O‘z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo‘ysinuvchilarga o‘rnak ko‘rsatadigan bo‘lishga majburdir. Agar rahbar insonlarda o‘ziga nisbatan iliqlik, izzat-hurmat hissini uyg‘otmoqchi bo‘lsa, u salbiy xislatlardan, ya’ni buyurish, ko‘rsatma berish ohanglaridan voz kechib, maslahat solishi, ulardan fikr olishi kerak. Shunda uning umumiy ishga ko‘proq nafi tegadi Bundan tashqari, rahbarning egallab turgan vazifasiga nisbatan tashkilotchilik, ishchanlik va tashabbuskorlik qobiliyatlari muhim o‘rin tutadi. O‘zini yetakchi deb hisoblaydigan har bir rahbar boshqalardan ko‘ra uzoqni ko‘ra biladigan, korxonasining moliyaviy va iqtisodiy masalalarini to‘g‘ri va oqilona yecha oladigan, favquloddagi ishlab chiqarish muammolarini tezkorlik bilan hal qila oladigan, tobe kishilarni psixologik jihatdan ajrata oladigan, ularning jinsi, yoshi, aqli va jismoniy imkoniyatlariga qarab ishni taqsim qila oladigan darajada bo‘lishi kerak. Rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati, odamlar haqida g‘amxo‘rligi, tashabbuskorlik, qat’iyatlik, mustaqillik, talabchanlik, bo‘ysinuvchi xodimlar bilan maslahatlasha bilish, o‘z so‘zini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar uning shaxsini bezaydigan muhim sifatlar hisoblanadi. Har bir yosh rahbar ana shu ijobiy sifatlarga ega bo‘lishni oldiga maqsad qilib qo‘yishi mavsadga muvofiqdir

Download 19.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling