Toshkent arxitektura qurilish instituti qurilishni boshqarish fakulteti


Download 1.69 Mb.
Sana13.10.2020
Hajmi1.69 Mb.
#133474
Bog'liq
powerpointbase.com 782


Bajardi:Qayumov B.

Guruh:14-15BIQF

Tekshirdi: Inoyatova D.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI

TOSHKENT ARXITEKTURA – QURILISH INSTITUTI

QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI

“Qurilishda menejment” KAFEDRASI



«Tarmoq iqtisodiyoti va Menejment »

fanidan

Taqdimot

MAVZU:Mehnatni boshqarish usullari.

TOSHKENT – 2019

Reja:

1. Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi;



2. Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirish;

3. Mehnat unumdorligi.

 

Xulosa.


 

Foydalanilgan adabiyotlar.

 

Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi

Menejer mehnatini tashkil etishda boshqaruv apparatidagi har bir ijrochining ishi cheklangan va nisbatan bir turda bo'lishiga erishish talab qilinadi. Bu mehnat unumdorligi ortishi, ish sifati yax-shilanishi va har bir ijrochi tajribasi ortib borishiga imkon yaratadi. Ixtisoslashuv majburiyatlar doirasini shunday belgilashi lozim-ki, bunda har bir ishlovchi masalasi imkoni boricha to‘liq ishga solinsin.

Mehnatni kooperatsiya qilish boshqaruv tashki lot lari bilan boshqaruv apparati turli bo'linm alari xodimlari o‘rtasida aloqa o'rnatilishini ko'zda tutadi. Menejment jarayonida ham, shu korxona-da ham undan tashqaridagi alohida xodimlar, xizmat va bo'linmalar faoliyati birlashtiriladi.

Menejerlar mehnatini taqsimlash va kooperatsiya qilish yo'llari tarkibiy bo‘linmalar haqida qoidalar va boshqaruv apparati xodim ­ lari lavozim yo'riqnomasi bilan belgilangan bo'ladi. «Korxonalar to‘g ‘risida»gi Qonun asosida korxona va uning bo‘linmalarida har bir rahbar, mutaxassis va texnikaviy ijrochi uchun lavozim yo'riq-nomalari ishlanadi. Lavozim yo'riqnomalari, huquq va majburiyat-lari yakka boshchilik tamoyili asosida mansabdor shaxslarning bo'ysunishi, topshirilgan vazifa uchun javobgarligi belgilanadi.

Lavozim yo'riqnomalari va qoidalar davriy ravishda qayta qurilib, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruv jarayonlari takomillashib borganligini hisobga olgan holda tuzatilib, to'ldirilib borilishi kerak.

Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirish

Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirishga yagona yon-dashuvni ta’minlash maqsadida ta’rif-malaka m a’lumotnomasi ham qo‘llanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim bo'lgan ishlar hajmi murakkabligi, rahbarlik lavozimi, turli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun talab etiladigan daraja hamda ish staji ko'rsatiladi.

Menejment ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (77% ) hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli hujjatlar almashinu-vini doimo takomillashtirib borish lozim.

Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot oqimlari yo'nalishi va hujjatlar aylanish texnologiyasi maqbulligi ham katta ta’sir ko'rsatadi. Bu yerda hujjatlar o'tadigan bosqichlar sonini ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada asoslanmagan muvofiqlashtiruv bartaraf etiladi. Agar mu-vofiqlashtirish m uhim bo‘lsa, hujjatlar o'tish bosqichlari o'rnini almashtirish ham yaxshi natija beradi.

Hujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadi-da o'tish texnologiyasi, axborot uzatilishining maqbul yo‘llari belgi-lanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin bo‘lmagan hujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog'liq ish vaqti-ni tejashda maxsus namunali matnlar, standart varaqlardan foy-dalanish katta ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar o'rtasida yozishmalarda kelgan hujjatni javobi bilan qaytarish keng qo'llaniladi.

Hujjatlarni birxillashtirish va standartlash menejer mehnatini tashkil etishning muhim yo'nalishidir. Standart varaqlarni qo‘llash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishi-ga olib keladi.



Mehnat unumdorligi

Mehnat unumdorligiga - psixologik omil, xodimlar va rahbar, shuningdek, xodimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ham katta ta’sir ko'rsatadi. Ulaming kayfiyati, mehnat faolligi, mehnat nati-jalari bu omilga bog'liq bo'ladi.

Boshqaruvning samaradorligi asosan rahbar o'z vazifasini qan-chalik muvaffaqiyatli bajarishi bilan bog'liq bo'ladi. Hozirgi davr menejeri mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy yechimlari, usullarini qo'llashi, ishlab chiqarish imkoniyat-larini iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Menejer ham tashkilotchi, ham tarbiyachi, ham izlanuvchi, ma’muriyatchi sifatlariga ega bo'lishi kerak.

Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning murakkabli-gi va javobgarlikning ortishi, bajariladigan ishlar turli-tumanligi ulardan vaqtni unumli taqsimlanishni talab qiladi. O'z faoliyatini rejalashtirishni bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shug'ulla-nuvchi menejerlar faqat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini tahlil qilishgagina ulgurib, kelajakda qili-nishi lozim bo'lgan ishlarni hal etish uchun vaqt topolmay qoladilar.

Menejer faoliyati maqsadini belgilashda, awalo, undan yuqori-roq menejment tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqish lozim, aks holda, butun tizim faoliyatiga to'g'ri kelmaydigan (yoki qarama-qarshi) ish ko'rish mumkin.

Rahbar ishi sur’atining tezligi, uning mehnat faoliyati to'laqonli dam olish bilan, shuningdek, ish kuni davomida mehnat turlari almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda mehnat yuqori samarali bo'lishi, ish qobiliyati to'liq tiklanishi mumkin.

Menejer mehnatida maqbul ish s u rd ’atini, u amalga oshiruvchi harakatlarning doimiy tartibini o'rnatish juda muhimdir.

Xulosa

Menejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajral-mas qismi hisoblanadi.

Menejer mehnati predmeti sifatida ishlab chiqarish jarayoni elementlari, boshqaruv munosabatlari, axborot, turli hujjatlar, boshqaruv qarorlari olinadi.

Zamonaviy menejerga yuksak iqtisodiy tafakkur, kasb maho-rati, uzoqni ko'ra bilish, sotsiologiya va ruxshunoslikka oid bilim lozim.

Menejer kasb mahorati, m a’naviyatini oshirishda korxona doimo g'amxo'rlik qilishi darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O‘zbekiston, 1992.

2.O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonu- ni. — T.: «Adolat», 1998.

3.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tah- did, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — T.: O‘zbekiston, 1997.

4.Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T.: O‘zbekiston, 1995.

5.Y.Abdullayev. «Bozor iqtisodiyoti», 1996.

6.M.Rasulov. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». — Toshkent: O‘z- bekiston, 1999.

7.M.Sharifxo‘jayev, Y.Abdullayev. Menejment. Darslik. Tosh- kent: O‘qituvchi, 2001.

 

Internet manzillar.

www.ziyo.net

www.arxiv.uz

www.aim.uz

 

 



 
Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling