Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakulteti


Download 188.06 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2022
Hajmi188.06 Kb.
#764474
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Toshkent davlat agrar universiteti agrologistika va biznes fakul


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI
4-37 GURUH

KURS ISHI
Tekshirdi: G’aybullayev.O
Bajardi: Jo’rayeva.Sh
Toshkent-2020
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikasiyalashda tavakkalchilikni boshqarish
Kirish
1-bob. Fermer xo‘jaligi faoliyati diversifikasiyalashda tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari
1.1. Fermer xo‘jaligi faoliyati diversifikasiyalashda tavakkalchilik.
1.2. Tavakkalchilik tushunchasi, uni baholash va boshqarish usullari.
2-bob. Fermer xo‘jaligi faoliyati diversifikasiyalashda tavakkalchilikni samarali boshqarish imkoniyatlari
2.1.Fermer xo‘jaligi faoliyatini diversifikasiyalash holati tahlili
2.2. Fermer xo‘jaligi faoliyati diversifikasiyalashda tavakkalchilikni pasaytirish yo‘llari.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Kirish
Bugungi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan mazkur mahsulotlarni qayta ishlovchilar o‘rtasidagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishning yangi mexanizmlarini yaratish zaruriyati, mavjud ishlab chiqarishni optimallashtirish va qayta ishlash korxonalari talablaridan kelib chiqqan holda, yangi ishlab chiqarishlarni joriy etish zaruriyati bilan uyg‘unlashib borayotganligi bois, agrar soha korxonalarini diversifikasiyalashning dolzarbligi yanada ortib bormoqda.
Aynan, mana shu o‘ziga xoslik qishloq xo‘jaligi korxonalarining ish faoliyati natijalari va uning iqtisodiy samaradorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ishlab chiqarishni diversifikasiyalash jarayoni uzoq muddatli istiqbolda korxonaning iqtisodiy va moliyaviy jihatdan yuksalishiga olib kelsada, ahamiyatli darajadagi sarf-xarajatlarni taqozo etishi sababli joriy natijalarga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bu esa, korxona faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan turli iqtisodiy sub'ektlarning manfaatlariga ham turlicha ta'sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish uchun tanlangan diversifikasiya shakli, o‘sish strategiyalarining biri sifatida ko‘rib chiqilayotgan ob'ektni o‘zaro bog‘langan ko‘p unsurlardan tashkil topgan bir butun tizim sifatida qaraladigan tizimli yondoshuvga asoslanishi kerak. Tarmoq korxonalarining tizimli yondoshuvli diversifikasiyaga asoslangan faoliyati qayta tiklash, so‘ngra uning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotini rivojlantirish tamoyillari va usullarini ishlab chiqishga asoslanadi.


Download 188.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling