Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “buxgalteriya hisobi va audit” fakul’teti br-33 fan: O‘zbek tili mavzu: saddi iskandariy dostoni


Download 0.64 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1055787
  1   2   3
Bog'liq
1504971240 66676

Saddiy Iskandariy Dostonidagi Hikmatlar

Reja:

1.Dostonning yozilish tarixi va Iskandar haqida.

2.Asarning tuzilishi.

3. Asar haqida umumiy ma’lumot.

“Saddi Iskandariy” G’arbu Sharqdagi eng mashhur siymolardan jahongir Iskandarga bag’ishlangan bo’lib, “Xamsa”ning yakunlovchi dostonidir. Iskandar tarixiy shaxs bo’lib, Aleksandr Makedonskiy (356-323) sharqcha nomidir.Uning tarbiyachilaridan biri mashhur Aristotel(Arastu) (384-322) bo’lgan. 326-yilda otasi Filipp II o’ldirilgach, taxtga chiqadi. Aleksandr Makedonskiy 323-yilda 33 yoshida vafot etadi.

U sharqda Iskandar Zulqarnayn deb ataldi. “Zulqarnayn” so’zining ikki ma’nosi bor: birinchi ma’nosi shohli degani. Ikkinchi ma’nosi kun chiqish va kun botish hukumdori degani.

Sharqda “Xamsa” yozgan ijodkorlarning o’z asarlarida Iskandarga bag’ishlangan dostonlarini quyidagicha nomlashgan.

Navoiy ushbu dostonni “Saddi Iskandariy” deb atadi. Iskandar haqidagi kitoblarda uning odamho’r yajujlardan saqlanish uchun ulkan bir devor qurdirgani aytiladi. Bu devor Qarvon o’lkasida Qof tog’ining etagida ekan. Bu devorning tarixan qay darajada aniq va to’g’riligi haqida bir narsa deyish qiyin. Lekin, uning katta ramziy ma’nosi bor. U ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi devor. Bu devorni barcha xalqlar birgalashib quradilar. Navoiy shu tariqa Iskandarning jahongarligiga emas, insonparvarligiga diqqatni qaratadi.

“Saddi Iskandariy” Navoiy “Xamsa” sidagi eng yirik dostondir. U 89 bob va 7215 baytdan tashkil topgan. Aruzning mutaqorib bahrida (faulo’n faulo’n faulo’n faul) (v - - v - - v - - v - ) yozilgan. Asar voqeyalari Iskandarning tug’ilishidan boshlanadi. Umuman, Iskandarning nasl-nasabi antik zamonlar olimlari turlicha fikirlar bildiradilar. Ba’zilar uni Eron shohi Doro II ning o’g’li qilib ko’rsatadilar. Ba’zilar esa Misr firavnlariga olib borib bog’laydilar. Yana bir nuqtai nazarga ko’ra – u topib olingan farzand.

Faylaqus(Filipp II )tangridan farzand so’rardi. Bir kuni ovdan qaytarkan, shaxarga kiraverishda vayronada yangi ko’zi yorigan ayolga duch keladi. Chaqaloq o’g’il bola bo’lib,sergak, ona esa o’lib bo’lgan edi. Shoh o’likni dafn ettiradi, bolani o’g’il qilib oladi. Unga Iskandar deb nom qo’yib, uning tarbiyasi bilan shug’illanadi. O’limi oldidan esa uni valiahd qilib tayinlaydi va o’z o’rniga shoh qili qo’yadi. Navoiy o’z dostoniga shu muqobil (variant)ni asos qilib oladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling