Toshkent moliya instituti andijon fakulteti


Download 78.02 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi78.02 Kb.
#1062151
Bog'liq
O\'zbek tili davlat tili


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



ANDIJON FAKULTETI
Bank ishi va audit” yo’nalishi
I bosqich SBIA-1-1-guruh talabasi
SOXIBOV AZIZXON ning
O’zbek tilining sohada qo’llanilishi ” fanidan tayyorlagan mustqil ish

Bajardi: Soxibov.A


Oltinko’l – 2022-y.
REJA:
1. Davlat tili nima ?
2. Davlat tilining boshqa yurtlardan farqi ?
3. O’zbek tili o’zligimiz timsoli
4. Dunyodagi davlat tillari xaqida malumot

Davlat tili
 — muayyan mamlakatda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlarida ish yuritish uchun rasmiy belgilangan til. Odatda, koʻp millatli mamlakatlarda, mas, Hindiston, Kanada, Shveysariyada qaysi til yoki tillar rasmiy ekanligi konstitutsiyalarida belgilab qoʻyilgan. Davlatlarning koʻpchiligida rasmiy til bilan davlat tili aynan bir xildir. Faqat ayrim mamlakatlardagina rasmiy til davlat tili maqomidan farqlanadi. Mas, Shveysariyada konstitutsiyaga binoan nemis, fransuz, italyan tillari — rasmiy til; nemis, fransuz, italyan va retoroman tillari — D.t. sanaladi. Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy hayotda qoʻllanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun qabul qilindi (1989-yil 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995-yil 22 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida D.t. sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va b. qonunlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratiladi hamda millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi. D.t.ni oʻqitish bepul amalga oshiriladi (4-modda). D.t.ga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar (24-modda). Mamlakatda demokratik, baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, ularning til mustaqilligi va tengligi taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab boʻladi.

Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari bilan uzviy bogʻliq. Oʻzbek tilining jozibasi momolarimiz allasi, maqomlarimiz, ertak va afsonalarimiz, romanu dostonlarimizning sehrli satrlarida, jiloli ohanglarida aks etgan. Tarixga nazar solsak, buyuk ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytgan hamda nodir maʼnaviy meros, qadriyatlarimizga asos solganligiga guvoh boʻlamiz. Jasur va matonatli xalqimiz har qanday zulm va zoʻravonliklarga qaramasdan, oʻz ona tilini — milliy gʻururini saqlab qoldi. Qanchalik ogʻir boʻlmasin uni rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi. Ushbu qutlugʻ ayyom, 1989-yil 21-oktyabr sanasi— “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun maʼnaviy jasorat, ezgu maqsadlar roʻyobi boʻlgan kunligi bilan ahamiyatlidir. Ilm-fan, texnika aqlbovar qilmas darajada rivoj topganiga qaramasdan, dunyo hamjamiyati sayyoramizda nechta til borligi haqida aniq maʼlumotga ega emas. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, dunyo tillarining soni 7 mingdan oshadi. Mazkur tillardan 14 tasida insoniyatning uchdan ikki qismi gaplashadi. Ushbu tillarning har birida soʻzlashadiganlar soni esa 50 milliondan ziyod. Dunyodagi 70 tilda gaplashadiganlar 5 milliondan koʻp boʻlsa, qolgan tillarda muloqot qiladiganlar 1 milliondan kam.
Ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Shu nuqtayi nazardan qaraganda oʻzbek tiliga davlat tili maqomini huquqiy jihatdan muhrlab bergan mazkur qonunning xalqimiz hayotidagi oʻrni beqiyosdir. Bunday nufuzga ega boʻlgan oʻzbek tili asrlar sinovidan oʻtgan, qiyomiga yetgan va boshqalarga ibrat boʻla oladigan til sanaladi. Bugun Oʻzbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan siyosat buni amalda koʻrsatmoqda. Mamlakatimizning Asosiy qonuni — Konstitutsiyamizning oʻzbek tilida yaratilishi uning nufuzini yana-da yuksaltirdi. Yurtimiz boʻylab va xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuygʻusini joʻsh urdiradi. Ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy taʼkidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadigan oynai hayoti — bu uning milliy tili va adabiyotidir. Oʻzbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda faol qoʻllanmoqda, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Oʻzbek tilining chinakam jonkuyarlari xotirasiga bagʻishlangan yodgorliklar majmuasi Adiblar xiyoboni farzandlarimizning goʻzal tarbiyalarida, maʼnaviy, axloqiy ahamiyatga egadir. Dunyoga nazar solsak, oʻzbek tili rivojlangan bir necha davlatlarining 60 ga yaqin universitetlarida va 100 dan ziyod maktablarida oʻrganilib kelinayotgani quvonarli xoldir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» gi Farmoniga binoan “Davlat tili haqida” gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy oʻrni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21-oktyabr sanasi yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilanishi xalqimizning milliy ruhi va gʻururini yuksaltirish bilan birga, davlat tilini hayotimizda toʻlaqonli joriy etishga xizmat qiladi. Shu oʻrinda XX asr boshida olti tilli-oʻzbek, arab, fors, hind, turk, va rus tillarida lugʻat tuzgan Isʼhoqhon Ibratning «Bizning yoshlar albatta boshqa tilni bilish uchun saʼy-harakat qilsinlar, lekin avval oʻz ona tilini koʻzlariga toʻtiyo qilib, ehtirom koʻrsatsinlar. Zero, oʻz tiliga sadoqat-bu vataniy ishdir» degan purmaʼno soʻzlariga ortiqcha izohning hojati yoʻq. Oʻzbek tili dunyodagi eng boy va chuqur tarixiy ildizlarga ega boʻlgan buyuk tillardan. Bu jihatdan Alisher Navoiy ijodi va faoliyati barcha avlodlarga yuksak namuna. Buyuk mutafakkir «Muhokamat ul-lugʻatayn» asarida bu muhim muammo xususida shunday yozadi: “xalq orasidan chiqqan isteʼdod ahli salohiyat va qobiliyatlarini oʻz tillari turganda oʻzga til bilan zohir qilmasalar va ishga solmasalar edi. Agar ikkala tilda ijod etish qobiliyatlari boʻlsa, oʻz tillarida koʻproq yozsalar edi”. Navoiy haqiqiy millatparvar shoir sifatida oʻzbek tili va adabiyotimizning nechogʻlik boy, rang-barangligi va cheksiz imkoniyatlarini butun ijodi va serqirra faoliyati bilan isbotlab, uning nufuzini jahon miqyosiga olib chiqdi.Hazrat Navoiy ona tilining taqdiri uchun ana shu tarzda kuyundi, uning mavqeini koʻtarmoq, millatning shaʼnini yuksaltirmoq uchun bor salohiyatini safarbar etdi. Bu millatdan yetishib chiqqan taʼb ahlini – ijodkorlarni oʻzga lisonda emas, ona tilida bebaho badiiy asarlar bitmoqqa chorladi. Til — millatning koʻzgusi boʻlib, unda tarix - oʻtmish va kelajak jonlanadi. Maʼlumki, eng katta xiyonat eʼtiqodga boʻlgan xiyonatdir. Bizning eʼtiqodimizning uzviy bir jihati ham tilimizga boʻlgan eʼtiborimiz bilandir. Ona tilimiz yurtimizdagi qadim va muqaddas, moʻjizaviy buloqlardek toza va musaffo, isteʼmolga doim yaroqli boʻlishi shart. Uning ichki imkoniyatlari cheksiz va mislsizdir. Ona tilimizning tabiiyligi uchun kurashish, ogʻzaki va yozma nutqda til meʼyorlariga rioya qilish, uning tarovatini saqlab qolish.

“O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”.


Abdulla Qodiriy
Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.
O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va eʼzozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini, yoki aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejizga: “Til – millat ko‘zgusi”, - deyishmaydi. 1989 yil 21 oktyabr. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili davlatimizning bayrog‘i gerbi, madhiyasi kabi qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori eʼzoz va ehtiromga sazovor bo‘ldi. Keyingi yillarda Davlat tilining ijtimoiy hayotda tutgan mavqeini yana-da mustahkamlash maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
21 oktyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash, o‘zbek tilining yozma matni meʼyor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat. Milliy tilimizga, ona tilimizga bo‘lgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur” (M.Behbudiy). Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoqda. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvori ikki hissa ortadi. Til – millat ko‘zgusi, maʼnaviyat sarchashmasidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” deya eʼtirof qilmagan. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. Yozuvchi va shoirlarimiz tilimiz haqida ko‘plab purmaʼno hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turlicha taʼriflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishini, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot taʼkidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tilisi yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi. Ona tilimiz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasidalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan, qalami o‘tkir shoir
Rauf Parfining:
Hayhot, toptaganda arab-u mo‘g‘ul,
Hayotingning zanjirli yili.
Boshdan ne kechirding mardona o‘g‘il,
O‘zbek tili, o‘zbek tili, – deya aytilgan yuqoridagi sheʼrida yurtimizni ko‘chmanchilar istilo qilganda ham, garchi bosib olib, o‘z tili, mafkurasini o‘rnatishga harakat qilgan bo‘lsalar-da, o‘zbek millati o‘zining eng qimmatli boyligi, yaʼni ona tilisini yo‘qotmaganligi aks etgan. Yoki shu voqealarning davomi sifatida Xurshid Davronning quyidagi sheʼrini keltirishimiz mumkin:
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim.
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding, tilim.
Shu voqealarni eslab, Muhammad Yusufning quyida yozgan sheʼrini o‘qib, beixtiyor o‘yga toladi kishi:
Onam “erkam” deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo‘q deb zirqirardi bir joylarim.
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Shoir keyingi misralarda o‘zbek tiliga va uning rivojiga benihoya katta hissa qo‘shgan “g‘azal mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiyning ona tilimizga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromini quyidagicha qayd qilib o‘tadi:
Sen bo‘lmasang, nima bizga silliq sheʼrlar,
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar.
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Shukur Qurbonning “Ona tilim” qasidasida ona tilining manguligi, barhayotligi oldida inson umrining bir lahzalik xotira ekanligini taʼkidlanadi:
Sen mangusan, baqosan,
Men esam – o‘tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men – lahzalik xotirot.
Ona tilim, jon tilim.
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, o‘zbek tilining shon-shuhrati, obro‘si borgan sari yildan yilga oshib bormoqda. Sport, fan, madaniyat va sanʼat sohasida O‘zbekiston yoshlarining saʼy-harakatlari beqiyosdir. Yurt kelajagi bo‘lgan biz yosh avlod o‘z harakatlarimiz bilan o‘zbek tilini butun dunyo tan olishi, uning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shishimiz lozim. Shu jumladan, O‘zbekiston yoshlari qatorida men ham ona tilimiz sofligini saqlash, uni yana-da yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish uchun astoydil harakat qilaman:
Mayli, kim qay tildan zavq-u shavq olsa,
Mening o‘z tilimga ming jonim fido.
Erta ona tilim agar yo‘qolsa,
Men bugun o‘lishga bo‘lurman rizo.
(Rasul Hamzatov)

Dunyoda 7 mingdan ortiq tillar muomalada boʻlib, dunyo aholisining 90 foizi 70 ta tilda soʻzlashadi. 200 ta til davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Bugungi kunda dunyoning 50 milliondan ortiq aholisi oʻzbek tilida soʻzlashib, bu tilda soʻzlashuvchilar soni boʻyicha dunyoda 27-oʻrinda turadi. 6 ta (oʻzbek, turk, qozoq, qirgʻiz, ozarbayjon, turkman, uygʻur) barqaror turkiy tillardan biri hisoblanadi. Oʻzbek tili dunyoning 60 dan ortiq universitetlarida, 200 dan ortiq maktablarida oʻqitiladi. Xalqimizning koʻp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʻlgan oʻzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.


Istiqlol yillarida ona tilimiz tom maʼnoda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi. Bugun Oʻzbekistonimiz “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga koʻtarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va nufuzi tobora oshib bormoqda. Milliy tilimizga, ona tilimizga boʻlgan eʼtibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu oʻrinda bobolarimiz aytgan quyidagi purmaʼno fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borligini koʻrsatadurgon oyinayi hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yoʻqotmak millat ruhini yoʻqotmakdur” (M.Behbudiy). Eʼtibor beryapsizmi, milliy tilni yoʻqotmak millat tilini yoʻqotmakka qiyoslanyapti. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqiyotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarining turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi soʻzlarning zalvori ikki hissa ortadi. “Davlat tili haqida”gi Qonunning tarixiy oʻrni va ahamiyatini inobatga olgan holda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarning uzviy davomi sifatida 2020-yil 10-aprelda Prezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbek tili bayrami kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni imzolandi. Unga muvofiq 21-oktyabr sanasi yurtimizda “Oʻzbek tili bayrami kuni” deb belgilandi. Bu bilan davlat ramzlaridan biri sanalgan maʼnaviy qadriyatimiz – ona tilimiz qonun himoyasida ekanligi yana bir bor oʻz isbotini topdi. Ushbu bayramning mamlakatimizda keng nishonlanishi ona tilimizga eʼtiborni yuksaltirish, uning mukammalligi va boyligini koʻrsatib bera olish, nafaqat oʻzbek xalqi, balki boshqa millat vakillarini ham bebaho boyligimiz hisoblangan tilimiz va madaniyatimizni oʻrganishga ilhomlantirishda xizmat qiladi. Biz esa oʻz navbatida tilimizning pokligi va oʻziga xosligini saqlash, uni boyitish va takomillashtirishga oʻz hissamizni qoʻshmogʻimiz darkor. Bu yoʻnalishda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati Yangibozor tuman boʻlinmasi tomonidan hamkor tashkilotlarni jalb qilgan holda aniq, manzilli chora-tadbirlar tashkil qilinyapti. Jumladan, Davlat tili haqidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash boʻyicha tuman ishchi guruhi tashkil qilinib, tuman hududidagi tashqi yozuvlar, reklama va boshqa vositalarning davlat tili haqidagi qonun-hujjatlari asosida, imlo xatolarisiz yozilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 61-sonli qarori ijrosini tumandagi idora-tashkilotlarda toʻliq taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilyapti. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yillik bayramini keng nishonlashga qaratilgan targʻibot tadbirlari mahallalarda, taʼlim muassasalari, korxona-tashkilotlarda koʻtarinki ruhda tashkil etilyapti. Tuman hokimining tashabbusi bilan tuman hokimligi katta majlislar zalida “Maʼnaviyat va maʼrifat maskani kutubxonasi” tashkil etildi. Kutubxona har kuni aholi, ayniqsa yoshlar bilan gavjum. Kitobxonlar oʻrtasida ona tilimizning ahamiyati, goʻzalligi, muqaddasligini tarannum etuvchi sheʼrlar, sahna koʻrinishlari namoyish qilinib, faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirilishi bayramga yanada koʻtarinkilik bagʻishlayapti. Ayniqsa, tadbirlarga idora-tashkilotlar xodimlarining keng jalb etilishi ish yuritish hujjatlarini davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda olib borishga zamin yaratadi.
Download 78.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling