4. Xulosa
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonun yo’li bilan keng ko’lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi. Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan ko’proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Har yili 3,0 milliarddan ko’proq asosan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko’prog’i ularning hissasiga to’g’ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi. Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g’ovlar va to’siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik borasida qo’shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda.
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
“Xorijiy investitsiyalar” -Vahobov A.V., Xojiboqiyev Sh.X. va Mo‘minovN.G.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xorijiy_investitsiya
www.cbu.uz
www.uza.uz
www.fikr.uz
www.gov.uz
www.mfer.uz
www.lex.uz
www.ziyo.net
www.stat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |