Toshkent shahri Olmazor tumani 1-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Download 14.2 Kb.
|
tavsifnoma 2
Toshkent shahri Olmazor tumani 1-umumiy o`rta ta`lim maktabi 7-“A” sinf o`quvchisi Alimov Azizbekka 4-kurs amaliyotchi o`qituvchisi Raximova Barchinoy tomonidan Tavsifnoma 7-“A” sinf o`quvchisi Alimov Azizbek sinfda fanlardan bo`sh o`zlashtiruvchi va jamoat ishlarida ham o`zini chetga olishga harakat qiladigan o`quvchilardan biri bo`lib, fanlardan har doim uch baholarga o`qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat uch baholar bilan tugatgan. Fanlar ichida ayniqsa matematika, fizika, kimyo, tarix fanlariga e`tibori sust. Alimov Azizbek maktab va sinf jamoat ishlarida ham passiv ishtirokchi, uning qoloqligi sinfga ham katta ta`sirini o`tkazadi, uning orqasidan ko`pincha sinf faollari va sinf rahbari e`tirozlariga sababchi bo`ladi. Sinf o`quvchilari ichida yana shu kabi ikki nafar o`rtog`i bor. Ular bilan ko`pincha darslarga kechikib keladi, darslarda bo`lar-bo`lmas savollar berishga va darsning borishiga qisman bo`lsa ham to`sqinlik qilishga sababchi bo`ladi. Sinfdan tashqari tadbirlarga ham qatnashmaslik yo`lini izlab bahona qidirishga, o`zini chetga olishga moyil o`quvchidir. Alimov Azizbek xattoki o`qituvchilarga ham bepisandlik bilan qarab, ularning gapini yerda qoldiradi. Unga yaxshiroq bir chora ko`rish lozim. Alimov Azizbek hamisha maktab rahbariyati, sinf rahbari nazoratiga olingan bo`lib, uning xatti-harakatlarini kuzatib, iloji boricha yaxshi yo`lga solishga va buzg`unchilik ishlariga yo`l qo`ymasdan sinfning faol o`quvchilari qatoriga qo`shish maqsadida ota-onasi bilan hamkorlik to`g`ri yo`lga qo`yilgan va ko`proq ishlashga qaratilgan. Kelajakda Alimov Azizbekning jamiyatimiz uchun foydasi tegadigan kadr bo`lib o`zgarishiga ishonaman. Talaba: Raximova Barchinoy Sinf rahbari: Azimova Nargiza Download 14.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling