Mavzu: «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test meyyorlarinig maqsad va vazifalari


Download 58 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi58 Kb.
#1175401
  1   2
Bog'liq
Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test meyyorlarinig maqsad va vazifalari.

MAVZU: «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test meyyorlarinig maqsad va vazifalari.

Режа


1. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
2. “Alpomish” va “Barchinoy” мaxsus testlarning maqsadi va vazifalari.
3. “Alpomish” va “Barchinoy” мaxsus testlarning tizimi
4. “Alpomish” va “Barchinoy” Maxsus testlar bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish.
5. Musobaqani o‘tkazish.
6. G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash tartibi.

Foydalangan adabiyotlar

 

1. 29 yanv. 2019 g. — «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari.

2. «Alpomish»чс va «Barchinoy» ko‘krak nishonlari to‘g‘risida nizom.

3. Axmedov F.Q., Atamurodov Sh.O‘. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy madaniyat darslari. Uslubiy qo‘llanma. Toshkent -2017 yil. 139 b.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni tizimli yo‘lga qo‘yish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-4063-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholining yoshiga qarab, umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me’yorlarini o‘z ichiga olgan “Alpomish” va “Barchinoy” testlarining aholining keng qatlamlari o‘rtasida musobaqa tarzida doimiy ravishda o‘tkazilishini tashkil qilish hamda g‘olib va sovrindorlarning

  • III, II, va I darajali ko‘krak nishonlari bilan rag‘batlantirilishiga doir takliflari ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  • O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

  • Toshkent sh.,

  • 2019-yil 29-yanvar, 65-son

  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-yanvardagi 65-son qaroriga 1-ILOVA

Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

Umumiy qoidalar


1. Mazkur Nizom aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. “Alpomish” maxsus testlari erkaklar uchun, “Barchinoy” maxsus testlari esa ayollar uchun qo‘llaniladi.
3. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari (keyingi o‘rinlarda maxsus testlar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi aholisining jismoniy tayyorgarligi yuzasidan davlat talabini belgilaydi.
4. Maxsus testlar O‘zbekiston Respublikasi aholisining turli yosh guruhlarining (6 — 70 yosh va undan kattalar) (keyingi o‘rinlarda yosh guruhlari deb ataladi) jismoniy tayyorgarligini aniqlaydi.
Maxsus testlar murakkablik darajasi aholining yoshi va jinsiga qo‘ra, bir-biridan farqlanuvchi to‘rt pog‘onada belgilanadi.
Hisob” murakkablik darajasini bajargan ishtirokchiga ko‘krak nishoni berilmaydi, III, II va I darajali ko‘krak nishoni talablarini bajargan fuqarolarga tegishli sport razryadlari va unvonlari belgilanadi.
Bunda “Hisob” murakkablik darajasi hamda III, II va I darajali ko‘krak nishoni talablari nazarda tutiladi.
5. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan fuqarolar uchun maxsus testlar shartlari tashkilotchilar tomonidan sog‘liqni saqlash va sohaga oid boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishib ishlab chiqilgan holda o‘tkaziladi.
6. Maxsus testlar bo‘yicha vazirliklar, idora va boshqa tashkilotlar, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) darajasida maxsus testlardan o‘tish vaqtida betobligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmagan o‘quvchi, rahbar, ishchi-xodimlarning maxsus testlar talablarini boshqa kuni topshirishlariga ruxsat etiladi, lekin ular tomonidan yuqori natijalar ko‘rsatilsa ham o‘tgan musobaqaning g‘olib va sovrindorlari tarkibiga qo‘yilmaydi.
7. Maxsus testlar quyidagilarga asoslanadi:
a) ixtiyoriylik va hammaboplik;
b) aholini sog‘lomlashtirish va jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish;
v) tibbiy nazoratdan o‘tish majburiyati;
g) milliy qadriyatlar va hududlarning o‘ziga xosligi.
8. Maxsus testlar har bir yosh toifasi bo‘yicha yiliga ikki marta qabul qilinadi:
maxsus testlarni birinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy imkoniyati aniqlanadi (tayyorgarlik sinovi);
maxsus testlarni ikkinchi qabul davrida ishtirokchining jismoniy holatidagi (tayyorgarlik sinovi davriga nisbatan) o‘zgarish aniqlanib, natija belgilanadi.

Maxsus testlarning maqsadi va vazifalari

maqsadi
9. Maxsus testlarning maqsadi aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, jismoniy va ruhiy barkamollikka erishtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, sport musobaqalari orqali yoshlarda iroda, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, Vatanga bo‘lgan vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkillashtirishdan iborat.

vazifalari


10. Maxsus testlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
1) jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar safini kengaytirish;
2) aholining jismoniy imkoniyatlari darajasini oshirish;
3) aholining jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga erishish;
4) aholining alohida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
d) yurtimizning chekka hududlari va qishloqlarida sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish;
5) o‘quvchi yoshlarni, ayniqsa qizlarning jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga singdirishga hissa qo‘shish;
6) o‘sib kelayotgan yosh avlod tomonidan sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komilikka erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga havasini oshirish.
Maxsus testlarning tizimi

11. Maxsus testlar quyidagi 12 ta yosh toifasidagi guruhga bo‘linadi:


11. Maxsus testlar quyidagi 12 ta yosh toifasidagi guruhga bo‘linadi:
1-guruh — 6 — 8 yoshdagilar;
2-guruh — 9-10 yoshdagilar;
3-guruh — 11-12 yoshdagilar;
4-guruh — 13 — 15 yoshdagilar;
5-guruh — 16-17 yoshdagilar;
6-guruh — 18 — 25 yoshdagilar;
7-guruh — 26 — 33 yoshdagilar;
8-guruh — 34 — 41 yoshdagilar;
9-guruh — 42 — 49 yoshdagilar;
10-guruh — 50 — 59 yoshdagilar;
11-guruh — 60 — 69 yoshdagilar;
12-guruh — 70 yosh va undan katta yoshdagilar.
12. Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash maxsus testlarda belgilangan shartlarning (keyingi o‘rinlarda matnda sinovlar deb ataladi) bajarilishi asosida amalga oshiriladi. Bunday sinovlar insonning jinsi va yoshiga nisbatan uning asosiy jismoniy rivojlanish sifati, harakatlanish bilimlari hamda ko‘nikmalarini namoyon qiladi.

13. Sinov turlari ikkiga bo‘linadi, ular majburiy sinovlar va ixtiyoriy sinovlardan iborat.


14. Majburiy sinovlar belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida quyidagi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan:
a) chidamlilik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;
b) kuch imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;
v) egiluvchanlik imkoniyatlarining rivojlanish darajasi.
15. Ixtiyoriy sinovlar belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida quyidagi jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan:
a) tezlik va kuchlanish imkoniyatlarining rivojlanish darajasi;
b) harakatlarni muvofiqlashtiruvchi qobiliyatining rivojlanish darajasi;
v) egallagan amaliy ko‘nikmalarining rivojlanish darajasi.
Maxsus testlar bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish
16. Maxsus testlar bo‘yicha musobaqalar (keyingi o‘rinlarda matnda musobaqa deb ataladi) belgilangan reja va tasdiqlangan Nizom asosida o‘tkaziladi.
17. Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
18. Musobaqalar quyidagi miqyoslarda tashkillashtirilishi mumkin:
a) mahallalar, mahallalararo va tumanlar (shaharlar);
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar;
v) tashkilotlar;
g) respublika.



Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling