10-Mavzu. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi


Download 0.5 Mb.
bet1/6
Sana05.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1750028
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-Mavzu. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi (1-4 sinf tarbiya darsi)


10-Mavzu. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijobiy fazilatlarni shakllantirish mexanizmi (1-4 sinf tarbiya darsi)
Asosiy savollar:

  1. Shaxsda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari

  2. Tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash kabi fazilatlarni shakllantirish mazmuni

Tayanch ibora va tushunchalar: axloq, ma’naviyat, ma’naviy qashshoqlik, milliy ma’naviyat, shaxs ma’naviyati, mintaqaviy ma’naviyat, umuminsoniy ma’naviyat, ma’naviy-axloqiy tarbiya, iroda, mafkuraviy immunitet, insonparvarlik, huquqiy madaniyat.

Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy sifatlari hisoblanmish ijobiy sifatllar: milliy iftixor, vatanparvarlik, milliy odob, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniylik, imon-e’tiqod, milliy istiqlol mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur nihoyatda zarurdir. Ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, vatanfurushlik, xoinlik, mafkurasizlik, manqurtlik, millatchilik, mahalliychilik, vijdonsizlik, e’tidoqsizlik kabilarga nafrat uyg’otish lozim. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy bog’lab olib borish o’qituvchi-tarbiyachilar tomonidan maxsus mezon qilib olinishi shart. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o’quvchilarning yoshi, aqliy imkoniyatlari e’tiborga olinadi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot Strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishning ustovor yo’nalishlari belgilab berilgan bo’lib, ular:
Yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash.
Yoshlarning hayoti va sog’lig’ini saqlash, ular uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, yoshlar o’rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sog’lom turmush tarzini mustahkamlash.
Yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashish.
Yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.
Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg’usi, bag’rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo’lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash.
Yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo’ravonlik va shafqatsizlik g’oyalaridan himoya qilish.
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish.
Iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Yoshlarda sog’lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro’yobga chiqarish sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish[2].
Shuningdek, Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o’z asarlarida: “Jamiyatimizda sog’lom fikr, sog’lom kuch ustuvor bo’lishi uchun biz ma’naviy hayotimizni yuksaltirish, aholi, avvalo yoshlarimizni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash haqida muntazam o’ylashimiz, faol ish olib borishimiz zarur”ligini ta’kidlaganlar
Axloq (arabcha - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonunqoidalar majmuidir. Axloq - shaxs yoki guruh faoliyatini baholash orqali jamiyatdagi munosabatlami boshqarish mexanizmi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling