Tоshkеnt to’qimаchilik vа yеngil sаnоаt instituti yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti «pedagogika va jismоniy madaniyat»


Download 432 Kb.
Sana12.09.2020
Hajmi432 Kb.
#129422
Bog'liq
1 -mavzu

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
  • OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
  •  
  •  
  • TОSHKЕNT TO’QIMАCHILIK VА YЕNGIL SАNОАT INSTITUTI
  • YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI VA DIZAYN FAKULTETI
  •  «PEDAGOGIKA VA JISMОNIY MADANIYAT» KАFЕDRАSI
  • PEDAGOGIKA. PSIXOLOGIYA FANI
  • Mavzu: Pedagogikani o'rganish zaruriyati
  • J.G.Xalmuratova
  • Reja:
  • 1. Pedagogika inson tarbiyasi to‘g’risidagi fan.
  • 2. Pеdаgоgikаning fаn sifаtidа shаkllаnishi.
  • 3. Pedagogik jarayonda nazariya va amaliyot tushunchasi.
  • 4. Milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda pedagogikaning tutgan o'rni
  • Pedagogika qadimiy atama bo‘lib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ so‘zidan kelib chiqqan. 
  • Pedagogika— tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. 
  • Insonshunoslik fanlari tizimida pedagogikaning tutgan o’rni shu bilan belgilanadiki, u shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma’lumotli qilish va o’qitishi (ta’lim berishi) qonuniyatlari borasida tadqiqot ishlarini olib boradi.
  • O‘qitish hamda
  • tarbiyalash jarayonining
  • samarali
  • texnologiyalarini yaratish.
  • Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish.
  • Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
  •   Yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish.
  • Pedagogika fani vazifalari
  • Ta’lim muassasalari hamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
  • Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.

PEDAGOGIKA FANINING ASOSIY KATEGORIYALARI

  • Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
  • Bilish ikki pallaga – nazariya va amaliyotga bo‘linadi.
  • Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir.
  • Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik, raqam va shu kabilar. Nazariyada g’oya shakllanadi.
  • Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko‘rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o‘zgartirish, yaratish, - bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol bo‘lib xizmat qiladi.
  • Ilmiy bilishning vazifasi hodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonunlarini ochish emas, balki biron-bir qonunning qaytariqa namoyon bo‘lish sabablarini ham ko‘rsatib berishdan iborat.
  • Ma’naviyat - arab tilidiga «ma’no» yoki «ma’naviyatun», «ma’noi g’oya» so’zlaridan olingan bo’lib, «ruhiy holat» degan ma’noni bildiradi.
  • G’oya deb - inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o’tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga keltiradigan, ularni ezgu niyatlar, maqsad-muddao sari yetaklaydigan fikrga aytiladi.
  • Mafkura - muayyan tuzum davrida insonlarni davlat, jamiyat o’z-o’ziga, xalqi, olamga munosabatlari va ular rivojining ma’naviy - ilmiy tizimidan iborat.
  • Milliy mafkura - xalqimizning ma’naviy-ilmiy mentaliteti, g’oyalari asosidagi amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlardagi tutayotgan yo’li, davlatga, jamiyatga, odamga, o’z-o’ziga, taraqqiyotga munosabatlar tizimidan iboratdir.
  • Mafkuraviy tarbiyani, istiqlol g’oyasini ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish natijasida yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan rivojlantirish ularda axloqiy fazilatlarining o’sishiga olib keladi.
  • Nazorat uchun savollar:
  •  1. Pedagogika nimani o‘rganadi va u qachon paydo bo‘lgan?
  • 2. Pedagogikaning lug’aviy ma’nosi nimani anglatadi?
  • 3. Pedagogikaning asosiy tushuncha (kategoriya)lariga nimalar kiradi?
  • 4. Ta’lim va tarbiya deganda nimani tushunasiz?
  • 5. Pedagogika fanlar tizimiga qanday tarmoqlari kiradi?
  • 6. Pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari nimalardan iborat?
  • 7. Maxsus pedagogika deganda nimani tushunasiz?
  • 8. Pedagogika tarixi nimani o‘rgatadi?
  • 9. Ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsad nimа?
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !

Download 432 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling