Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti
Download 133.74 Kb. Pdf ko'rish
|
Oraliq nazorat e8be209ca9a12162adbb683563c0fc1c
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti Sirtqi bo`lim Tarix va tillar fakulteti
2 – variant
1. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi.
2. Assimilyatsiya. 3. Quyidagi so’zni fonetik tahlil qiling: ko’cha
1. Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi. Til odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo’lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir.Odamlar til vositasida o’z fikrlarini his-tuyg’ularini ifodalaydilar. Insoniyat jamiyatning shakllanishida tilning roli beqiyosdir.Til paydo bo’lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyatning aloqa – aralashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy aloqadadir. Chunki jamiyatda ro‘y bergan har bir o‘zgarish shu jamiyatning tilida o‘zining ma`lum izini qoldiradi. Shuning uchun ham jamiyat tarixining muayyan jihatlarini yoritishda tarixiy hujjatlar, yozma yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik materiallar yordamga kelishi mumkin. Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. Tilning ijtimoiyligi jamiyatda bajaradigan vazifasi, roli va bizning qanday ehtiyojimizni bajarishi bilan belgilanadi. V. Gumbol’dt va Gegel’ asarlarida til kishilarning jamiyatdagi ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilishi haqida fikr bildirilgan. Til va jamiyat muammosini turli xil dunyoqarash asosida yoritish e. Sepir, B. Uorf, G. O. Vinokur, B. A. Larin, N. YA. Marr, E. D. Polivanov, L. V. SHcherba, L. P. YAkubinskiy asarlarida ham uchraydi. Ularning ko‘pchiligida tilning asosiy vazifasi aloqa quroli ekanligi alohida ta`kidlanadi. Jamiyat uzluksiz harakatda, rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgani kabi, uning tili tinimsiz harakatda, o‘zgarishda, rivojlanishdadir. SHuning uchun ham tilshunoslik tarixida tilni o‘rganishda uning tarixiy taraqqiyotiga turlicha munosabatda bo‘ldilar. Tilning ijtimoiy shartlanganligi asosida uning ijtimoiy vazifa bajarishi aniqlanadi. Til jamiyatda nutqiy faoliyat uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat esa kishilarning bir-biri bilan aloqasi uchun xizmat qiladi. Nutqiy faoliyat quyidagi darajalar bilan belgilanadi: 1. Motivatsion daraja. So‘zlovchi va tinglovchining bir-birini bir xil anglash darajasi. 2. Semantik daraja. Nutqiy faoliyatda ma`nosi mos va tushunarli so‘zlarni tanlash darajasi. 3. Grammatik daraja. Nutqda fikrni ifodalashga mos va xos grammatik shakllarni tanlash darajasi. 4. Fonetik daraja. Nutqiy faoliyatda tovushlarni artikulyatsion to‘ғri talaffuz qilish darajasi. Sanab o‘tilgan darajalar asosida nutqiy faoliyatning ijtimoiy tabiati ta`minlanadi. 2. Assimilatsiya-lat. o'xshashlik degan ma'noni anglatadi. So'z tarkibidagi noo'xshash tovushlarning talaffuz jarayonida o'xshab ketishi assimilatsiya deyiladi. Masalan, (o'tni > o'tti; tn>tt; ishchi) ichchi; sh> ch) ch>ch; aytdi aytti td> tt, uch- so'm > ussom; ch, > ss va boshqalar. Assimilatsiya hodisasi o'xshatish xususiyatiga ko'ra: 1) pro-gressiv assimilatsiya so'z tarkibidagi oldingi tovush o'zidan keyingi tovushni o'ziga o'xshatib oladi: otdan> ottan ; tilakga > tilakka, kg> kk, otni> otti, tn> tt; 2) regressiv assimilatsiya so'z tarkibidagi oldingi tovushni keyingi tovush o'ziga o'xshatib oladi. Assimilatsiya tovushlarning butunlay yoki qisman o'xshab qolishiga ko'ra ikki xil: a) to'liq va b) to’liqsiz assimilatsiya a) to'liq assimilatsiyada so'z tarkibidagi noo'xshash tovushlar talaffuz jarayonida butunlay bir-biriga o'xshab qoladi; to'kgan. to'kkan: kg> kk; ishchi- ichchi shch> chch, sizni, sizzi, zn> zz, bizni, bizzi kabi; to'liqsiz assimilatsiya noo'xshash tovushlar qisman bir-biriga o'xshab ketadi; toshishgan> toshkan. shg> shk, mazkur, maskur; zk> sk, toshgan, toshkan, shg, slik kabi. 3. Ko`cha – to`rt tovush, to`rt harf, ikki bo`gin; ko` - ochiq bo`g`in, cha – ochiq bo`gin; o`, a – unli; k, ch – undosh tovush; o' – o'rta keng, til orqa, lablangan; a – til oldi, keng, lablanmagan unli; k - shovqinli, jarangsiz, til orqa, portlovchi; ch – jarangsiz, til oldi, portlovchi undosh. Download 133.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling