Toshloq agrosanoat kasb-hunar kolleji


Download 299 Kb.
bet1/4
Sana24.10.2020
Hajmi299 Kb.
#136772
  1   2   3   4
Bog'liq
Avt.va dvig.TXK. ishchi o'quv dasturi yangisi 2015-2016 180 s


O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI
O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
FARG’ОNA VILОYATI HОKIMLIGINING O’RTA MAXSUS,

KASB-HUNAR TA’LIMI HUDUDIY BОSHQARMASI
TOSHLOQ AGROSANOAT

KASB-HUNAR KOLLEJI
TASDIQLAYMAN”

Toshloq agrosanoat kasb

hunar kolleji direktori



____________________________
AVTOMOBILLAR VA DVIGATELLARGA TEXNIK

XIZMAT KORSATISH VA TAMIRLASH

oquv amaliyotidan

Avtomobillar va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash o’quv amaliyotining ishchi o’quv dasturi 2013 yil 20 dekabrdagi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 484- sonli buyrg'i bilan tasdiqlangan, № 3521103 raqam bilan ro'yxatga olingan namunaviy o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgi.

Tayyorlov yo'nalishi: ____________________________________

Kasb(lar): 3521103- Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha texnik-mexanik
Varzak-2015

O'rta maxsus, kasb- hunar ta'limi markazi direktori tomonidan 2013 yil 20 dekabrdagi 484- sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan namunaviy o'quv rejadagi Avtomobillar va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash o’quv amaliyotiga ajratilgan soatlar miqdori:

O'quvchining umumiy o'quv yuklamasi 180 soat, shu jumladan mashg'ulot

turlari bo'yicha ajratilgan soatlar:

T/R

Mashg’ulot turlari

Ajratilgan soat

Shu jumladan semestrlar bo’yicha

I

II

III

IV

V

VI

1

Auditoriya jami yuklamasi

180













60

120

2

Nazariy mashg’ulot

6













6




3

Amaliy mashg’ulot

174













54

120

4

Laboratoriya






















5

O’quvchilar mustaqil ishlari

81













27

54

Tuzuvchi: Ishlab chiqarish ta’limi ustasi A.Umarov.


Avtomobillar va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash o’quv amaliyotining ishchi o’quv dasturi va ekspert guruhining xulosasi kollejning 2015 yil 28-avgustdagi Pedagogik kengashining 1-yig’ilishida muxokama qilindi, tasdiqlashga va o’quv jarayoniga tadbiq etishga qaror qilindi.
Avtomobillar va dvigatellarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash o’quv amaliyotining maqsadi va vazifalari

Amaliyot mutaxassislikka O‘qitish jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Soha buyicha olinayotgan bilimni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Amaliyot quyidagi ko‘rinishlar buyicha O‘tkazilishi mumkin:

a) Ba’zi avtokorxonalarda ta’lim muassasasi ixtiyoriga berilgan hamda hozirgi davr talabiga javob beradigan asbob-uskunalar bilan jihozlangan ishlab-chiqarish binosida;

b) O‘quv ustaxonalarida avtomobillarga texnik xizmat Ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlarini tO‘liq bajara oladigan sharoit yaratilganda, avtokorxona bilan maxsus shartnoma bO‘lganda. O‘qituvchi yoki ishlab chiqarish ustasi nazoratida.

Amaliyot oxirida O‘quvchilar besh ballik sitema buyicha kvalifikatsiya imtihon topshiriqlar (I-III razryad chilangar ishchi). Amaliyot dasturini bajarmagan O‘quvchilar ikkinchi marotaba O‘qishdan bO‘sh vaqti hisobiga bajaradilar.

Amaliyotni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:

xavfsizlik texnikasiga amal qilish;

avtomobilni umumiy tekshirish va tashxislash;

dvigatel, sovitish, moylash tizimini tekshirish, tashxislash, nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish;

tishlashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatmani tashxislash, nosozliklarni aniqlash va ularga TXK va ta’mirlash;

orqa kO‘prik, oldingi kO‘prik, yurish qismi, boshqarish mexanizmlarni nosozliklarini aniqlash va bartaraf etish;

ta’minlash tizimi va elektr jihozlarni tekshirish, nosozliklarini aniqlash, TXK va ta’mirlash ishlarini bajarish.

Amaliyotni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak:

avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari;

avtomobil, dvigatel, agregat va mexanizmlarning nosozlik va buzuqliklarini, ularni sodir bo‘lish sabablarini aniqlash, bartaraf etish yo‘l-yo‘riqlari;

avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash texnologik jarayoni hamda ishni tashkil qilish usullari;

TXK va ta’mirlash hamda tashxislash jarayonida foydalaniladigan asbob uskunlar va moslamalarni, ularni ishlash tartibini va foydalanish qoidalari;

TXK va tashxislashda me’yoriy ko‘rsatkichlar va texnikaviy hujjatlar.



Kirish. Xavfsizlik texnikasini o‘rganish va tekshirish

Mashg‘ulot mazmuni, o‘quvchilarni avtoxo‘jaliklarning ichki tarkibi, ish vaqti tartibi bilan tanishtirish. Mashg‘ulot dasturi bilan II-III razryadli chilangar bajaradigan ishlar tavsifi bilan tanishtirish. Jihozlar bilan va xavfsizlik texnikasi bilan tanishtirish. Ishlab chiqarish mutaxassisi bilan suhbatlashish.



Avtomobilni umumiy tekshirish

Tashqi kuzatishni ketma-ketligini bilish, avtomobilning xolatini va natijani hujjatlashtirishni bilish.

Avtomobilni tekshirishning ketma-ketligi, texnik holatiga talablar hujjatlari namunasi va ularni tO‘ldirish tartibi.

Avtomobilni texnik holatini tekshirish va hujjatlarni rasmiylashtirish.



Dvigatel, sovitish, moylash sistemasi

Moylash va sovutish sistemasini tekshirish va kamchiligini bartaraf etishni bilish. Suv nasosi valini, podshipnigini, tasmalarni, dvigatelni tashxislash. Rostlash ishlarini bajarish. Harakat uzatuvchi tasmalarni, gaz taqsimlash mexanizmidagi klapanlar issiqlik tirkishlarini rostlash. Dvigateldagi birikma yoki uzellarini almashtirishni bilish.

Dvigatelning holatini tekshirish tartibi, dvigatel buyicha maxkamlash, rostlash va moylash ishlari. Texnikaga talablar va normalar.

Dvigatel, sovutish, moylash sistemasini ko‘zdan kechirish. Radiator, kompressorni, truboprovodlarini, silindrlarning klapanlari, dvigatelni ramaga mahkamlanishi tekshiriladi. Tasmani tarangligi, klapanlar issiqlik tirkishlari tekshirib rostlanadi. Dvigatelni mahkamlash, boltlar, silindrlar qopqog‘ini qistirmasi, kiritib-chiqarish gaz o‘tkazgichlarni qistirmalarini almashtirishi turlari.



Tishlashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardan uzatma

Tishlanish muftasini ishlatishni, pedalni yulini o‘lchash va rostlash. Kardan uzatmasi holatini aniqlash va xulosalash. Mahkamlash detallar orasidagi oraliqni tekshirish va kamchiliklarni bartaraflashni bilish. Kardan uzatmasini qismlarga ajratish va yig‘ish ishlarini bilish.

Tishlashish muftasi, kardan uzatmasi va uzatmalar qutisiga texnik xizmat ko‘rsatish.

Tishlashish muftasi, pedalni prujinasini olib qo‘yishni bilish. Kardan uzatmasini holatini tekshirishni bilish, silindrni birikmalardagi detallar orasidagi oraliqni tekshirishni bilish. Kardan uzatmasini qismlarga ajratish va yig‘ishni bilish. Uzatmalar qutisini holatini mahkamlashni tekshirish. Salnikni almashtirish, karterdagi moy sathini tekshirish va kamini quyish.



Orqa ko‘prikning germetikligini, mahkamlanishini tekshirishni bilish. Podshipniklarni lyuftini tekshirish va sozlashni bilish. ko‘prikni ta’mirlash ishlarini bilish.

Orqa ko‘prikka texnik xizmat ko‘rsatish va joriy remonti.

Orqa ko‘prikni holati, germetikligi, mahkamlanishini tekshirish. YArim o‘qlarni shpilkalarini mahkamlash, asosiy uzatmani podshipniklarini rostlash. SHpilka, yarim o‘q, salniklarni almashtirish. Karterdagi moy sathini o‘lchash va quyish.

Oldingi ko‘prik va rul boshqarmasi

Rul boshqarmasini gidravlik sistemasini germetikligini tekshirishni bilish. Rul chambaragini erkin yo‘lni, sharnirlardagi lyuftini tekshirishni bilish. Oldingi ko‘prikni balkasini joylashishi holatini tekshirishni bilish. Boshqariluvchi g‘ildirakni o‘rnatish holatini bilish.

Rul boshqarmasi va oldingi ko‘prikni texnik parvarishi joriy remonti.

Gidravlik kuchaytirgichli nasosni germetikligini tekshirish, rul mexanizmini karterini, rul kolonkasini mahkamlanishini tekshirish. Rul chambaragini erkin yo‘lni tekshirish. SHarnirli birikmalari holatini tekshirish. Gupchak podshipnigining holatini tekshirish va rostlash. SHkvoren sapfasi, vtulkalarni bO‘ylama ko‘ndalang tayanchlarini, tormoz barabani va gupchak podshipnik-larini almashtirish. Moyni satxini tekshirish. Rul tayanchlarini moylash. Gupchakdagi moyni almashtirish.



Tormoz sistemasi

Tormoz tizimini germetik ishini tekshirishni bilish. Tormoz mexanizmlarini texnik holatini aniqlashni bilish. Pnevmatik va gidravlik tormoz tizimlarini rostlashni bilish.

Tormoz tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Gidravlik va pnevmatik tormoz tizimini germetikligini tekshirish. Tormozlanish samarasini tashxislash va rostlash. Tormoz mexanizm detallarini umumiy xolati, fraksion qoplamani, tormoz barabani, yuritmasi, paladkalarni holatini tekshirish va ta’mirlash. Tormoz mexanizmini rostlash bajarish.



YUrish qismi

YUrish qismini nosozlik va buzuqliklarini aniqlashni bilish. g‘ildirak podshipniklaridagi oraliqni rostlashni bilish.

Osma qismi amartizator, ressoralarni ta’mirlashni, olib qo‘yishni bilish.

Ramani ta’mirlash usullarini bilish imkoni holatini topshirish va unda ichki havo bosimini me’yorida bo‘lishini ta’minlash.

YUrish qismiga texnik xizmat Ko‘rsatish va ta’mirlash.

YUrish qismi (osma, rama va shinalarni) texnik holatini tekshirish, nosozlik va buzuqliklarini aniqlash. YUrish qismini qismlarga ajratish, yig‘ish va ta’mirlashni bilish. g‘ildiraklarni O‘rnatish burchagini rostlashni bilish. g‘ildirak gupchagini podshipniklar orasidagi oraliqni rostlash.

Kabina, platforma

Kuzov, kabina va platformalarni texnik holatini tekshirish. Kabina va platformani mahkamlashni, eshik, oyoq tagligi va kanoplarni mahkamlashni tekshirish. Kuzov va platformalarni zanglashdan ajratishni bilish.

Kuzov, kabina va platformalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Kuzov, kabina va platformalarni nuqsonlarini aniqlash, mahkamlash, moylash ishlarini bajarish. Zanglashga qarshi ishlarni bajarish. Eshik, kapot va boshqa kuzov va kabina qismlarini ta’mirlash, kuzovni ag‘darish mexanizmini tekshirish. Gidravlik kO‘targichni moyini tekshirish.



Ta’minlash tizimi
Avtomobilni ta’minlash tizimini tekshirish va nosozliklarni bartaraf etishni bilish. YOnilg‘i uzatish qismlari, karbyurator va havo filtrlarini tashxislashni bilish. Karbyuratorni rostlash ishlarini bajarish.

Oziqlash tuzilishiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Oziqlash tizimini umumiy tasxislash, karbyuratorni salb ishlashini rejimini rostlash, kolsovini kamerada yonilg‘i sathini rostlash, yongan gazlar tarkibida SO miqdorini aniqlash. Ta’minlash tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash.

Elektr jihozlari

Elektr jihozlarini tekshirish va nosozliklarni bartaraf etishni bilish. Elektr energiyasi manbaalarini, yondirish jihozlarini o‘t oldirish tizimlarini yondirish va signalizatsiya jihozlarini, ko‘rsatkich jihozlarini tashxislash va ularga TXK ni bilish.

Elektr jihozlariga texnik xizmat Ko‘rsatish va ta’mirlash.

Elektr jihozlarini umumiy tashxislash elektr energiya manablari, yurgizib yuborish tizimi, O‘t oldirish tiziimi, yondirish va signalizatsiya hamda nazorat – O‘lchov asboblarini tekshirish, texnik xizmat Ko‘rsatish va ta’mirlash. Generator va statorni shyotkasini almashtirish, uzgich taqsimlagich kontaktlar orasidagi zazorni rostlash.



O‘quvchilarni dastur asosida amaliyotni bajarishni nazorat qilish. O‘quvchilarni ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun sharoit yaratib berishni maqsad qiladi.


Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling