Tovar -pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


Download 7.42 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi7.42 Kb.
#1829603
Bog'liq
1475330547 63120


To`xtasinova Shaxzoda
103\23

Tovar -pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


Reja:
  • Ijtimoiy xo`jalik shakllari va ularning belgilari.
  • Tovar va uning xususiyatlari.
  • Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
  • Ijtimoiy xo`jalik shakllari va ularning belgilari.

Ijtimoiy xo`jalik – insoniyat jamiyati taraqqiyotining alohida uzoq dvarlari davomida ishlab chiqarishning maqsadini ancha to`liq ifodalab qoladigan, barqaror umumiy belgilarga eg bo`lgan va rivojlanishda ma`lum bir qonuniyatlarga asoslangan xo`jalik yuritishning barqaror turlaridir.
Ijtimoiy xo`jalik shakllari:
Natural xo`jalik –bunda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o`z iste`molini qondirish va ichki xo`jalik ehtiyojlari uchun ishlab chiqariladi.
Tovar xo`jaligi bunda mahsulot bozor uchun, ayriboshlash orqali o`tib, boshqalarning ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko`zlab ishlab chiqariladi.
Natural xo`jalik belgilari:
  • Mehnat taqsimoti yetarlicha rivojlanmagan;
  • Ishlab chiqarish biqiq xarakterga ega bo`lib, ishlab chiqaruvchilarning o`z ehtiyojlarini qondirishga bo`ysindirilgan;
  • Ishlab chiqarish bilan iste`mol o`zaro mos kelib, bevosita xo`jalik ichida bir –biri bilan bog`langan;
  • Mehnar tor doirada ijtimoiy xarakterga ega bo`lgan;
  • Ishchi kuchining harakatchanligi cheklangan.

Tovar xo`jaligining belgilari:
  • Ijtimoiy mehnat taqsimotining mavjud bo`lishi;
  • Ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida bir – biridan alohidalashuvi;
  • Mahsulotlarning bozor uchun erkin ayriboshlash maqsadida ishlab chiqarilishi.

Ijtimoiy mehnat taqsimoti - bu mehnatning bir turidan boshqa turlarining ajralib chiqishi, ya`ni ishlab chiqaruvchilarning biron – bir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir.
2. Tovar va uning xususiyatlari.
Tovar deb, ayirboshlash uchun yaratilgan va ma`lum bir naflilikka ega bo`lgan mahsulotga aytiladi.
Tovarning xususiyatlari:
Almashinuv qiymatiga ega – bu bir tovar boshqasiga muayyan miqdoriy nisbatlarda ayirboshlanishida namoyon bo`ladi.
Naflilikka ega – bu tovarning kishilarning biror –bir ehtiyojini qondirishida ko`rinadi.
Mahsulotning zaxiralarida turgan, ichki iste`mol uchun foydalaniladigan va qaytadan ishlab chiqarishga jalb qilinadigan qismi tovarga aylanmaydi.
Qiymatning mehnat nazariyasi – tovarlar ayirboshlanishi asosida ularning qiymati yotadi, qiymatning miqdori esa ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari, ya`ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan aniqlanadi deb hisoblaydi.
Qo`shimcha iste`mol qilingan tovarlar nafliligi nazariyasi tarafdorlari G.Gossen (nemis iqtisodchisi) ning << naflilikning pasayib borish qonuni>> ga asoslanib, ne`matlarning qiymati ularning naf keltirishi darajasiga qarab aniqlanadi deb hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda bu yondashuvda bir turdagi tovar qiymari, uning eng zaruriy ehtiyojini qondiradigan keyiingi birligining nafliligi bilan anoqlanadi.
A.Marshallning sintezlashtirilgan nazariyasiga ko`ra, tovar qiymati teng darajada keyingi qo`shilgan tovar nafliligi ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi.
Tovarlarning almashuv qiymatini asoslashga qaratilgan nazariyalar
3. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.
O`z qiymatini boshqa tovarda ifodalangan tovar qiymatining nisbiy shaklini, boshqa tovarlar qiymatini ifodalashga xizmat qiluvchi tovarlar esa qiymatining ekvivalent shaklini tashkil qiladi.
Qiymat shakllarining rivojlanishiga sabab bo`lgan omillar:
  • Mehnat taqsimotining rivojlanishi va chuqurlashuvi ;
  • Ishlab chiqarishning o`sishi;
  • Mahalliy va milliy bozorlarning vujudga kelishi.

Umumiy ekvivalentlik rolining oltinga yuklatish sabablari:
  • Sifat jihatidan bir xil o`lchamga keltirish mumkinligi;
  • Zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;
  • Bo`linuvchanligi va yaxlit holatga keltirish mumkinligi;
  • Tabiatda nisbatan kamyobligi;
  • Oz miqdordagi nodir metal qiymatining ancha yuqoriligi.

Oltin pul – hamma tovarlar uchun umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi maxsus tovardir.
Xozirgi zamon puli – umumko`pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonuniylashtirilgan ekvivalentlikning umumiy vositasidir.
Muomala vositasi vazifasi – bunda pul tovarlar muomalasi jarayonida vositachi sifatida maydonga chiqadi.
Jahon puli vazifasi – oltin pulga tegishli. Ba`zi nufuzli valutalar ham ideal ravishda bu vazifani bajarishi mumkin.
Qiymat o`lchovi vazifasi – bunda tovar (xizmat) ning almashuv qiymati pul vositasida hisoblanadi va baholanadi. Shuningdek, iqtisodiy resurs sarf – xarajatlari va daromadlarini hisoblashning yagona o`lchov birligi ham puldir.
Jamg`arish vazifasi – pul muomaladan chiqarib olinganda bu vazifani bajaradi. Real ravishda oltin pul va oltin buyumlar boylik to`plash vazifasini bajaradi.
To`lov vositasi vazifasi - tovarlar nasiyaga to`lov muddati kechiktirib sotilganda va turli xil to`lov majburiyatlari amalga oshirilganda pul bu vazifani bajaradi.
Pulning vazifalari:
Xozirgi zamon pul nazariyasida pul tushunchasi ikki ma`noda ishlatiladi:
  • Tez almashadigan (likvidli) pul bu turli xil milliy valutalarning tez almashadigan vosita sifatida har qanday sharoitda sotib olish layoqatiga ega ekanligini bildiradi.
  • Dekret (qonunchilik asosida belgilangan) pullar tez almashinish layoqatiga ega emas.

E`tiboringiz uchun raxmat !
Download 7.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling