15-mavzu: xalqaro iqtisodiy munosabatlar roli


Download 41.71 Kb.
bet1/9
Sana05.05.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1429471
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15 mavzu


15-MAVZU: XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR ROLI.


Reja:

  1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti

  2. Jahon xo‘jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari

  3. Ochiq iqtisodiyotning mohiyati

  4. Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish

  5. Hududiy mehnat taqsimotining bosqichlari

  6. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari

Tayanch iboralar: iqtisodiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish, ochiq iqtisodiyot, mehnat taqsimoti, hududiy mehnat, tashqi iqtisodiy aloqalari, xalqaro mehnat, mehnat taqsimoti, kapital va xorijiy investitsiyalar/
Jahon xo‘jaligini XX asr ikkinchi yarmidagi faoliyatining o‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv ravishda rivojlanishidir. Davlatlar, davlatlar guruhlari, iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishida, xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvida, ularning bir- biriga bog‘liqligida va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo‘lmoqda.
Shunisi xarakterliki ushbu barcha o‘zaro hamkorlik, yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo‘jaliklarni mustahkamlashga intilishi oqibat natijada jahon xo‘jaligining yanada ko‘proq baynalminalashuviga, milliy iqtisodiyotlarning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi nimani o‘rganadi, uning predmeti nima?
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan iborat xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o‘zi va uni amalga oshirish mexanizmi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o‘z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, alohida korxonalarning (transmilliy, ko‘pmillatli korporatsiyalar) jahon xo‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama- qarshi bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotini emas balki, ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari tadqiq qilinadi. Har qanday fan singari xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham, har qanday iqtisodiy munosabatlarni

emas, balki eng ko‘p qaytariladigan, tipik, xarakterli, aniqlovchi munosabatlarni o‘rganadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi o‘z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. Xalqaro mehnat taqsimoti.

  2. Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.

  3. Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.

  4. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi

  5. Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning nazariya va amaliyotini o‘rganish paytida biz jahon xo‘jaligi degan tushunchaga duch kelamiz. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning obyektiv asosi bo‘lgan jahon xo‘jaligi XIM nazariya va amaliyoti tadqiqotining maxsus o‘rganish obyekti emas. Ammo u, XIM muammolarini ko‘rib chiqishda muhim komponent hisoblanadi.


Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xo‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjud edi. Masalan-Yevropa davlatlari o‘rtasidagi XIM, mintaqalar (Yevropa-Shimoliy Afrika, Yevropa-Yaqin Sharq va h.k.) o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega edi. Jahon xo‘jaligining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo‘ldi. Alohida davlatlar iqtisodiyotiga yoki jahon xo‘jaligiga asoslangan xalqaro iqtisodiy munosabatlar ko‘proq ularga qaramdir. Ammo xalqaro iqtisodiy munosabatlar amalga oshish jarayonida o‘z qonuniyatlariga buysunuvchi holatga, jahon iqtisodiyotining mavjudlik va rivojlanish shakliga, uning ichki mexanizmiga aylanib boradi.
Jahon xo‘jaligi nima? Zamonaviy jahon xo‘jaligi bu - bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga buysunuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir.
Jahon xo‘jaligi rivojlanishinig bosqichlari. Vujudga kelish va rivojlanishda uzoq va qiyin yo‘l bosib o‘tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davriga bog‘lashadi. Bunda ular Rim imperiyasini o‘sha vaqtdagi butunjahon xo‘jalik tizimi deb baholaydilar. Boshqa olimlar Jahon xo‘jaligi faoliyat ko‘rsata boshlagan vaqtni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho
toshlar, metallar, shirinliklar va ko‘llar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xo‘jaligi cheklangan bo‘lib, faqat savdogarlar sarmoyalari ishlaydigan soha edi.
Zamonaviy jahon xo‘jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapital monopol bosqichiga o‘tishi davomida vujudga keldi. XIX asr oxiri-XX asr boshidagi jahon xo‘jaligi XXasrning 60-90-yillaridagi jahon xo‘jaligidan sezilarli farq qiladi.
XX asrdagi jahon xo‘jaligi «kapital kuchiga» nisbatan ko‘p jihatdan oddiy kuchga, iqtisodiyotga yot bo‘lgan majburiyatlarga asoslangan edi. Bu davrdagi jahon xo‘jaligida o‘tkir qarama-qarshiliklar mavjud edi. Bu esa uni nobarqaror qilardi. Bu imperialistik mamlakatlar o‘rtasidagi qarama- qarshiliklar (ikkita jahon urushiga olib kelgan), shuningdek, sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardir. XX asr o‘rtalariga kelib jahon xo‘jaligi ikki qismga: jahon kapitalistik va jahon sotsialistik xo‘jaliklarga bo‘lingan edi. Jahon iqtisodiy aloqalari tizimida jahon kapitalistik xo‘jaligi ustunlik qilar edi. 90-yillar boshida xalqaro savdo tovar aylanmasining 10 dan 9 qismi jahon kapitalistik xo‘jaligi doirasida ruy berardi; 80-yillar oxirida xalqaro iqtisodiy ayirboshlash kanallari orqali kapitalistik dunyo umumiy yalpi mahsulotining bor-yo‘g‘i 5dan 1 qismi sotilardi xolos.
Sobiq sotsialistik mamlakatlarda jahon milliy daromadining 3 dan 1 qismi, shu jumladan UIYOK davlatlarida – 4 dan 1 qismi ishlab chiqarilardi.
60-yillardan boshlab jahon xo‘jaligi tizimiga rivojlanayotgan davlatlar qo‘shildi. 70-yillarning o‘rtalarida ular orasida YAID-«yangi industrial davlatlar», ya’ni Janubi-Sharqiy Osiyo (1-oqim - 4 kichik «ajdaho»- Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur) va Lotin Amerikasi davlatlari Braziliya, Argentina, Meksika sezilarli darajada ajralishdi.
SSSR tarqalib ketganidan keyin va Sharqiy Yevropada inqilobiy o‘zgarishlardan keyin jahon xo‘jaligi yaxlit, butun organizm ko‘rinishni oldi. Shakllanayotgan global jahon xo‘jaligi bir tekis bo‘lmagan holda, o‘z ichiga sanoati rivojlangan davlatlar, rivojlanayotgan davlatlar va o‘tish shaklidagi iqtisodiy tizimli davlatlarning milliy iqtisodiyotlarini o‘z ichiga oladi.
Tashqi bozorga yuz tutgan Ko‘plab qarama-qarshiliklar va turlicha tendensiyalarni saqlab qolgan holda XXI asr bo‘sag‘asidagi jahon xo‘jaligi XX asr o‘rtasidagi jahon xo‘jaligidan solishtirib bo‘lmaydigan darajada ko‘proq ajralmas, integratsiyalashgan va dinamikdir.
Zamonaviy Jahon xo‘jaligining xarakteri qanaqa, uning o‘ziga xosligi nimada, ko‘rsatkichlari va rivojlanish omillari qanaqa?
XXI asr bo‘sag‘asidagi Jahon xo‘jaligi - o‘z miqyosiga ko‘ra globaldir; u to‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat
taqsimotining obyektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi.
Urushdan keyingi o‘n yillikda Jahon xo‘jaligi rivojining yetakchi tendensiyalaridan biri, bu ko‘plab davlatlarning birin-ketin yopik milliy xo‘jalikdan iqtisodiy ochiq tipdagi xo‘jalikga o‘tish hisoblanadi. Urushdan keyingi iqtisodiy tiklash davrida va keyingi yillardagi boshlab, G‘arb davlatlari hukumatlari yanada faol ravishda oldingi avtokratik qoldiqlardan kutilyaptilar.
Aynan AQSH «Ochiq savdo», «Ochiq iqtisodiyot» degan tezislari bilan chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida o‘z hohishlarini o‘tkazish uchun edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan jahonning eng ilg‘or savdo mamlakati sifatida yangi iqtisodiy tartib qo‘llanmalari taklif etildi. Bunday
«erkin savdo» va «ochiq iqtisodiyot» hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi quroli, amerika korporatsiyalarining tutib bo‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi. Bunday «ochiq» iqtisodiyot haqida Fransiyalik iqtisodchi Mishel Pebro ochiq-oydin shunday degan «Ochiq, erkin savdo- ilg‘or iqtisodiyot uchun eng qulay o‘yin qoidalaridir».
Ammo urushdan keyingi dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning o‘zgara borishi bilan ochiq iqtisodiyot haqida tezis bir tomonlamalik, amerika ekspansionizmining manfaatlariga yo‘naltirilganlikni yo‘qotdi va obyektiv, chuqur omillar faoliyatiga asoslangan, jahon xo‘jalik aloqalarining baynalmilallashuvi ma’nosini ola boshladi.
Jahon iqtisodiyoti (JX) baynalminallashuvi miqyosi va xarakteriga, uning ochiqligi darajasini oshishiga katta ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan asosiy omillar qaysilar?
Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlat katta rol o‘ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag‘batlantirib, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga yordamlashib o‘ziga eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni rag‘batlantirish funksiyasini oldi. Chet eldan investitsiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot oqib kelishini yengillashtirgan mustahkam huquqiy asos yaratildi.
Mamlakatlarning ochiqroq iqtisodiyotga o‘tishlari transmilliy korporatsiyalar (TMK) faoliyati bilan tezlashdi. Yangi bozorlarni o‘zlashtirishga intilib, turli mamlakatlarda ko‘plab filiallar, shu’ba korxonalari tashkil etib, TMK chet davlatlarning proteksionistik to‘siqlarni aylanib o‘tardilar va xalqaro iqtisodiy ayirboshlashni baynalminallashtirdilar.
XX asrning ikkinchi yarmida transport, axborot-aloqa vositalarining sezilarli rivojlanishi ham milliy iqtisodiyotlar ochiqligi rivojlanishida, aholi harakatchanligining oshishida katta rag‘batlantiruvchi rol o‘ynadi.
Asta-sekin, uzoq vaqt mobaynida davlatlarning bir-biridan ajratib turgan savdo-iqtisodiy, valyuta-moliyaviy to‘siqlar olib tashlandi. Xalqaro ayirboshlashning erkinlashtirilishi milliy xo‘jaliklarning tashqi sharoit va ta’sirlarga moslashishini yengillashtirdi, ularning xalqaro mehnat taqsimotiga yanada faol qo‘shilishiga imkon yaratdi.
60-yillardan boshlab ochiqlik jarayonlari qator rivojlanayotgan mamlakatlarga tarqala boshladi. 80-yillar boshidan Xitoy ham ochiqlik siyosatiga tarafdorligini e’lon qildi. «Ochiqlik termini» dunyoning ko‘plab mamlakatlari lug‘atiga kirdi. Masalan arabcha-«infitax», xitoycha-«kayfan».

Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling