To’yingan uglevodorod (alkan) larning gomologik qatori, ularning elektron va fazoviy


Download 57.58 Kb.
bet1/2
Sana08.02.2023
Hajmi57.58 Kb.
#1177940
  1   2
Bog'liq
slayd nodira


TO’YINGAN UGLEVODOROD (ALKAN) LARNING GOMOLOGIK QATORI, ULARNING ELEKTRON VA FAZOVIY (SP3 – GIBRIDLANISH) TUZILISHI. METAN. ALKANLAR NOMENKLATURASI, ULARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI. TEXNIKADA ISHLATILISHI, TO’YINGAN UGLEVODORODLARNING TABIATDA UCHRASHI.
Asiklik (alifatik) uglevodorodlar.
Uglevodorodlar – bu molekulalari faqat uglerod (C) va vodorod (H) atomlaridan tuzilgan organik birikmalardir. Uglevodorod so’zi ham uglerod va vodorod atomlarining nomidan kelib chiqqan.
Asiklik yoki alifatik uglevodorodlar tarmoqlangan va tarmoqlanmagan uglerod zanjirlaridan tuzilgan bo’lib, ularda yopiq xalqalar bo’lmaydi.
Asiklik yoki alifatik (alkanlar) birikish reaksiylariga kirishmaydilar, shuning uchun ham ularga to’yingan uglevodorodlar deyiladi.
Organik kimyoni o’rganish uglevodoroddan boshlanadi, ularning nomi turlicha bo’lib ular to’yingan uglevodorodasiklik yoki alifatik hamda parafinlar (alkanlar) deb ataladi. To’yingan uglevodorodlarning parafinlar (lotincha parum – kam va affinitas – moyil so’zlaridan olingan) deb atalishiga sabab ular odatdagi sharoitda boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi.

TO’YINGAN UGLEVODORODLAR.
To’yingan uglevodorodlar – bu uglevodorodlarning molekulalarida hamma uglerod atomlari sp3 – gibridlangan holatda bo’ladi va ular bir – biri bilan faqat σ – bog’lanish orqali birikadi.
To’yingan uglevodorodlarda uglerod atomlari orasida faqat yakka bog’ bo’lib, ikki yoki uch bog’lar bo’lmaydi, uglerodning qolgan valentliklari vodorod atomlari bilan bog’langan bo’ladi.
To’yingan uglevodorodning eng muhim xususiyatlari quydagilardan iborat :
  • umumiy formulasi C­nH2n+2 bu yerda n ≥1.


  • molyar massslari M = 14n+2


  • nomlariga - “an” qo’shimchasi qo’shiladi.


  • to’yingan uglevodorodlardagi vodorod atomalarini boshqa atom yoki atomlar gruppasi almashinishi natijasida olingan alkanlarning molekulalari qoldiqlariga alifatik radikallar yoki alkillar deyiladi va R – bilan yoki ALK bilan belgilanadi.


  • Bir valentli qoldiqlarning (alkillar) umumiy formulasi CnH2n+1, bu yerda n≥1.


  • Alkillarning molyar massalari M = 14n+1.


  • Alkillarning nomlari “il” qo’shimchasi bilan tugallanadi.


Alkan molekulalarining tuzilishidagi o’ziga xoslik:




  • C –C bog’lanish uzunligi 1,15 nm.


  • C – H bog’lanish uzunligi 0.109 nm.


  • C – C bog’lar orasidagi valent burchagi 1090, 281







Download 57.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling