Alkanlar va sikloalkanlar


Download 27.64 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi27.64 Kb.
#259843
Bog'liq
alkan sikloalkan ochiq test


----ALKANLAR va SIKLOALKANLAR----

1. Alkan molekulasida yettita birlamchi va uchta uchlamchi uglerod atomlari bo‘lsa, molekuladagi to‘rtlamchi uglerod atomlari sonini aniqlang.

A) 2 B) 4 C) 6 D) 1

2. Bertolle usulida olingan metan 1773 K da qizdirilganda, ajralgan gazlarning miqdori shu alkan hosil bo‘lishida olingan H2S gazining miqdoridan 0,6 marta katta bo‘lsa, alkan hosil bo‘lish reaksiyasi unumini aniqlang.

A) 0,5 B) 0,6 C) 0,2 D) 0,7

3. Alkan molekulasida n ta uglerod atomi bo‘lsa, molekuladagi vodorodlar sonidan uglerodlar soni ayirmasini toping.

A) n+2 B) 2n-2 C) n+1 D) n-1

4. Alkanlar molekulasidagi protonlar sonini topish formulasini ko‘rsating.

A) N=6n-2 B) N=6n+2 C) N=8n+2 D) N=2n+2

5. Monoxloralkan 0,1 mol natriy bilan ta’sirlashishi natijasida uglevodorod olindi. Agar uglevodorod degidrogenlanishidan

1,4 g alken olinsa, monoxloralkan tuzilishini aniqlang.

A) СН3Cl B) С2Н5Cl C) С4Н9Cl D) С3Н7Cl

6. Alkanlar gomologik qatorining umumiy formulasini (1, 2, 3, 4) va kislorodda oksidlanish reaksiyasi tenglamasidagi alkanning koeffitsiyentini (a, b, c, d) toping (reaksiya mahsuloti sifatida CO2 va H2O hosil bo‘ldi deb hisoblang).

1) CnH2n+2; 2) CnH2n−2; 3) CnH2n; 4) CnH2n+1.

a) 1,5n; b) 1; c) 1,5n+0,5; d) 0

A) 2; d B) 4; c C) 1; b D) 1; d

7. Massasi 3,6 g bo‘lgan alkanning yonishidan 0,25 mol CO2 hosil bo‘ladi. Bu reaksiya uchun qancha hajm (l, n.sh.) kislorod kerak bo‘ladi?

A) 8,2 B) 9,6 C) 9,2 D) 8,96

8. 0,436 mol brommetan olish uchun (η = 0,8) qancha (g) alkan kerak bo‘ladi?

A) 5,58 B) 14,25 C) 8,72 D) 9,12 9. Dixloralkan molekulasida massa ulushi 0,0531 bo‘lgan vodorod mavjud. Birikmaning mumkin bo‘lgan struktur izomer soni nechta?

A) 4 B) 6 C) 3 D) 5

10. 10 m3 pentanning yonishi uchun qancha (m3) havo kerak bo'ladi? (Kislorodning havodagi hajmiy ulushi 20%)


A) 240 B) 160 C) 320 D) 400

11. 8 g metanning to‘liq xlorlanishi natijasida ajralgan gazni to‘liq neytrallash uchun qancha (ml) 20% li NaOH (ρ=1,1 g/sm3) eritmasi zarur bo‘ladi?


A) 456 B) 400 C) 363,6 D) 265,6

12.B alkan to‘la yondirilganda olingan mahsulotlar hajmi (suv bug‘ holatda) boshlang‘ich alkan hajmidan o‘n uch marta katta bo‘lsa, B alkanning molekulyar formulasini toping.

A) C5H12 B) C6H14 C) C3H8 D) C4H10

13. Alkandagi C − H bog‘lar soni C − C bog‘lari sonidan 4 marta ko‘p bo‘lsa, alkanni aniqlang.

A) C2H6 B) CH4 C) C4H10 D) C3H8

14. Bromalkan natriy bilan ishlov berilganda 4,5-dietiloktan olinadi. Bromalkanning

nomini aniqlang.

A) 1-bromgeksan B) 2-brompentan

C) 3-bromgeksan D) 2-brom-2-metilpentan

15. Glutar kislotaning kalsiyli tuzidan qanday sikloalkan olinadi?


A) siklopropan B) siklogeksan

C) siklobutan D) siklopentan

16. Noma’lum alkanning 0,45 moli noma’lum hajmdagi kislorod bilan to‘liq yondirildi. Agar shu kislorod 44,8 litr (DH2=18) ozon-kislorod aralashmasidan olingan bo‘lsa, noma’lum alkanni toping.

A) C3H8 B) C5H12 C) C2H6 D) C4H10

17. Alkan molekulyar massasi uninag tarkibidagi vodorod atomlari massasidan (m.a.b.) 48 m.a.b. ga ortiq bo'lsa, alkanni aniqlang.

A) etan B) pentan C) propan D) butan

18. Alkan molekulyar massasi uning tarkibidagi uglerod atomlari massasidan (m.a.b.) 10 m.a.b. ga ortiq bo'lsa, alkanni aniqlang.

A) pentan B) etan C) butan D) propan

19. Alkanlar kam miqdordagi kislorod bilan ta’sirlashib, is gazi va suvni hosil qiladi. 12 g alkandan 21 g is gazi olinsa, sarflangan kislorod va hosil bo'lgan suvning massalari farqini(g) aniqlang.

A) 14 B) 8,5 C) 18 D) 9

20. CH4 800oC da qizdirilganda C2H4 hosil qiladi. Agar olingan gazlar aralashmasida hajm bo‘yicha 30% metan mavjud bo‘lsa, reaksiya unumini (%) toping.
A) 22,25 B) 42,93 C) 60,87 D) 82,42

21. Alkan molekulyar massasi uning tarkibidagi uglerod va vodorod atomlari massalari ayirmasidan (m.a.b) 12 m.a.b ga ortiq bo’lsa, alkanni aniqlang.

A) etan B) butan C) pentan D) propan

22. Gustavson usuli bo‘yicha 1,5-dixlor-2,3,3-trimetilpentandan qanday sikloalkan olinadi?


A)izopropilsiklopropan B)metilsiklopentan
C)1,1,2-trimetilsiklopentan
D)1-metil-2-etilsiklopropan

23. Qaysi alkan izomerlari sonining uning tarkibidagi uglerod va vodorod atomlari soni yig’indisiga nisbati 0,25:1 ga teng?

A) C8H18 B) C7H16 C) C9H20 D) C6H14

24. Propan va pentan aralashmasi yondirilganda hosil bo’lgan CO2 miqdori suvning miqdoridan 0,3 molga kam, sarflangan kislorod miqdori esa hosil bo’lgan CO2 miqdoridan 0,7 mol ko’p bo’lsa, boshlang’ich aralashmadagi

propanning miqdorini (mol) aniqlang.

A) 0,2 B) 0,3 C) 0,1 D) 0,5

25. Alkan stexiometrik nisbatdagi kislorodda to’liq yondirilganda olingan gazlar aralashmasining miqdori (mol) dastlabki alkan miqdoridan 9 martta kata bo’lsa, alkanni va uning izomerlari sonini aniqlang. (suv bug’i kondensatlanmagan)

A) pentan, 3 ta B) geptan, 9 ta

C) geksan, 5 ta D) butan, 2 ta

26. Is gazi va vodorod aralashmasi katalizator ustidan o’tkazilganda alkanlarning tarkibidagi uglerod atomlari soni ortib borish tartibida 3:2:1 nisbatda metan, etan va propan gazlari aralashmasi hosil bo’ladi. Dastlabki aralashmaning geliyga nisbatan zichligini toping.

A) 33 B) 9,43 C) 16,5 D) 2,3

27. Alkanning geliyga nisbatan zichligi 14,5 ga teng bo'lsa, alkanning formulasini aniqlang.

А) С4H10 B) C3H8 С) C2H6 D) CH4

28. Asosiy zanjiri metil radikaliga boy alkanni toping?

A) 2,4 – dimetilgeksan

B) 2,4 – dimetilpentan

C) 2,5 – dimetilgeksan

D) 2,7 – dimetil – 4 – izopropiloktan

29. 0,15 mol alkanda 0,6 mol sp3 – sp3 bog‘ bo‘lsa, shu alkanning necha xil tuzilish izomeriyasi bor?

A) 9 B) 2 C) 5 D) 3

30. 4 ml alkan va 26 ml kislorod aralashmasi portlatildi va suv bug'lari kondensatlanganda gazlar hajmi 22 ml ga teng bo'lib qoldi. Qaysi alkan portlatilganligini aniqlang.

A) propan B) etan C) metan D) butan

31. G.Gustavson usuli bo‘yicha sikloalkanlar olishning reaksiya mahsulotlari nima?
A) digalogenli hosila va sikloalkan

B) sikloparafin va tuz


C) metal va sikloparafin

D) digaloidli hosila va metal

32.Sikloalkan va CO2 gazlari aralashmasida sikloalkanning hajmiy ulushi 60%, massa ulushi 65,63% bo‘lsa, sikloalkan formulasini toping.
A) C4H8 B) C2H4 C) C3H6 D) C5H10

33.Gustavson usuli bo‘yicha 2,6-dixloroktandan qanday sikloalkan olinadi?


A)etilsiklogeksan

B)izopropilsiklopentan


C)1-metil-2-etilsiklopentan

D)1,1-dimetilsikogeksan

34.Sikloalkanlar gomologik qatorining umumiy formulasini (1,2,3,4) va kislorodda oksidlanish reaksiyasi tenglamasidagi kislorodning koeffitsiyentini (a, b, c, d) toping (reaksiya
mahsuloti sifatida CO2 va H2O hosil bo‘ldi deb hisoblang).

1) CnH2n+2; 2) CnH2n−2; 3) CnH2n; 4) CnH2n+1


a) 1,5n; b) n; c) 1,5n+0,5; d) n+1
A) 4; c B) 1; c C) 3; a D) 1; a

35.Gustavson usuli bo‘yicha 1,4-dixlor-5-metil geksandan qanday sikloalkan olinadi?


A)etilsiklopropan B)1,2,3-trimetilsiklobutan
C)izopropilsiklopropan D)izopropilsiklobutan

36. 6 litr metan va etilen aralashmasi tarkibidagi uglerodning massasi vodorodning massasidan 3,5 marta katta bo'lsa, gazlar aralashmasining molyar massasini (g/mol) aniqlang.


A) 18 B) 20 C) 24 D) 22
Hamma qilgan ishni siz ham qila olasiz,

Hech kim qila olmagan bo’lsa,siz birinchi bo’lasiz.
Tuzuvchi: Islom Ismoilov

Download 27.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling