Tt va Uu harflarining yozma va bosma shakllarini o’rgatish. Darsning tarbiyaviy maqsadi
Download 308.96 Kb.
|
III mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Darsning borishi: Tashkiliy qism.
- Yangi mavzuni tushintirish
- 2.Yangi harflarni o’rgatish.
- 3.Yozma ish mashqi.
- Uyga vazifa : Tt va Uu
F.I.O. Orazimbetova R Darsning mavzusi: Tt va U u harflari Darsning ta’limiy maqsadi. o’quvchilarga Tt va Uu harflarining yozma va bosma shakllarini o’rgatish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’zbek tilini o’rganishga e’tiborni qaratish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. Shakllantiriladigan kompetensiya: Tinglab tushunush,talaffuz qilish,gaplar tuzish,yozish va o’qish Darsning turi: yangi bilim beruvchi. Darsning jihozi: slayd, kitoblar, tarqatma materiallar. Dars rejasi Dars bosqichlari: Tashkiliy qism- 2 daqiqa. Uy vazifasini so’rash - 5 daqiqa. Yangi mavzuni tushuntirish: - 25 daqiqa. O’tilgan mavzuni mustahkamlash - 10 daqiqa. O’quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish - 3 daqiqa. Darsning borishi: Tashkiliy qism. Darsni tashkil qilish. Uyga vazifasini so’rash: Tt va Uu harflarining katta va kichik shakllarini hamda -ta, -to, -ti, -bo’g’inlarini yozish, to’g’ri talaffuz qilish topshirilgan edi. O’quvchilarning bajargan uy vazifalari tekshirilib, savol - javob o’tkaziladi. O’quvchilarni dars mavzusi bilan tanishtirish va ullar-ning faoliyatini o’quv topshiriqlarini bajarishga yo’llash. Yangi mavzuni tushintirish: o’zbek alifbosidagi Tt va Uu harflarining yozilishi va to’g’ri talaffuz qilishni o’rgatish. 1.Talaffuz mashqi. Tt va Uu harflari ko’rsatib, o’qituvchi tomonidan to’gri talaffuz qilish o’rgatiladi. Tt harfi undosh tovush so’zlarning hamma joyida keladi,til undoshi .Uu harfi unli tovush,lablangan .So’zlarning hamma joyida keladi -ta, -to, -ti, - bo’g’inlari o’qituvchi bilan birgalikda takrorlanadi. 2.Yangi harflarni o’rgatish. Kirill hamda lotin alifbosi qiyoslanib harflarning katta va kichik shakli og’zaki suhbat orqali tushuntiriladi. So’zlarning hamma joyida uchrashadi Tana ota sot un suv Tom mato tot uka quv Tosh nota mot ukki tuyg’u Ter bo’taloq yet ulkan kulgu Tish kitob ket uy bugu 3.Yozma ish mashqi. O’qituvchi Tt, Uu harflarining katta va kichik shakllarining yozilishini doskada yozib ko’rsatadi. O’quvchilar yozib oladilar. O’tilgan mavzuni mustahkamlash. O’quvchilar Tt, Uu harflarini birgalikda jo’r bo’lib takrorlaydilar va birma - bir doskaga chiqib Tt, U uharflarining katta va kichik shakllarini hamda gaplar tuzamiz . O`quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish. Tez aytishlar Temir tosh tagidan toshbaqani topdi Tez aytginu tez gapir Unsin uzum uzib ungz uzatdi tez aytganga bir patir Uyga vazifa : Tt va Uu harflarining katta va kichik shakllarini: -ta, to, ti, -ma, mo bo’g’inlarini yozish, to’g’ri talaffuzni mashq qilish. Download 308.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling