Tug`ilish, o`lim va aholining tabiiy o`sishi


Download 16.09 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi16.09 Kb.
#1535990
Bog'liq
davlat


Tahlil
O`zbekiston aholisi asosan tabiiy ko`payish natijasida oshib bormoqda. Bu omilning roli hamma vaqt ham yuqori bo`lgan. Eng so`nggi yillarda esa u aholi soni o`sishining birdan bir manbai bo`lib kelmoqda. Biroq, ta`kidlash joizki, 90-yillarda aholining takror barpo bo`lish jarayonida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Endilikda respublikamizni an`anaviy holatda tug`ilish yoki tabiiy ko`payish yuqori mamlakat sifatida ta`riflash uncha to`gri emas. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi. Masalan, tug`ilish 1990 yilda 33,7 promillega teng bo`lgan holda 1999 yilda u birdaniga 22,3 promillega tushib qolgan, ya`ni bu qisqa davrda mazkur ko`rsatkich 11,4 punktga yoki 1,5 martaga kamaygan. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, yuqori darajada sanoatlashgan shaharlarda tug`ilish darajasi ancha past. Chunonchi, tugilish har 1000 aholiga Chirchiqda 12,5, Yangiobodda 12,8, Kogonda 13,9 kishi (2000 y). Hatto tipik sharqona shaharlarimizda ham (Samarqand, Buxoro, Qo`qon va b.) mazkur ko`rsatkich 14-15 promillega teng. Natijada aholining tabiiy ko`payishi ancha kam-Chirchiq yoki Yangiobodda u 5 promellega ham yetmaydi. Albatta, bunday demografik vaziyat Respublikamiz uchun uncha an`anaviy emas. Bu o`z navbatida demografik jarayonlarda ham o`ziga xos o`tish davri kechayotgalidan dalolat beradi.
Tug`ilish, o`lim va aholining tabiiy o`sishi (ming kishi)



Yillar

Tug`ilganlar soni

O`lganlar soni

Tabiiy o`sish

Har 1000 aholi hisobiga

Tug`ilish

O`lim

Tabiiy o`sish

2013

540,0

118,9

421,1

33,9

7,5

26,4

2014

679,1

131,7

547,4

37,4

7,3

30,1

2015

708,7

132,2

576,5

37,9

7,1

30,8

2016

714,4

133,8

580,6

37,3

7,0

30,3

2017

694,1

134,4

559,4

35,3

6,8

28,5

2018

668,8

126,9

541,9

33,3

6,3

27,0

2019

691,6

124,5

567,1

33,7

6,1

27,6

2020

531,0

136,3

394,7

21,5

5,5

16,0

2021

508,4

135,9

372,5

19,8

5,3

14,5

2022

533,1

130,0

403,2

20,5

5,0

15,5

Viloyatlar bo`yicha tug`ilish va tabiiy ko`payishning nisbatan yuqori ko`rsatkichlari Qashqadaryo va Surxondaryoda, ularning past darajasi esa Toshkent va Navoiy viloyatlarida kuzatiladi. Bu ikki viloyatda tabiiy ko`payish 14,0-14,5 promilleni tashkil etadi. O`lim ko`rsatkichlarida uncha katta tafovut yo`qishloq, uning eng kam miqdori Qashqadaryo viloyatiga to`g`ri keladi.


Respublika aholisining ko`payishida tashqi migratsiyaning ham roli bor. Ammo bu omilning ijobiy ta`siri ko`proq avvalgi yillarga to`g`ri kelgan. O`tgan asrning 70 va xususan 80-yillar oxiridan boshlab ushbu jarayon O`zbekiston uchun manfiy natijaga ega bo`lgan. O`zbekistondan tashqariga ketganlarning eng ko`p miqdori 2013 yilda kuzatiladi. Shu yili kelganlar soni ham nisbatan ko`p bo`lgan. Buning natijasida migratsiya qoldig`i 121 ming kishini tashkil qilgan. 2019 yilda ketganlar soni avvalgi yillarga qaraganda uncha ko`p bo`lmasada, ammo kelganlar juda ozchilikni tashkil qilgan (mos ravishda 179 va 38 ming k.), oqibatda migratsiya qoldig`i ko`rilayotgan davrda eng yuqori bo`lgan (-141 ming kishi).
L.P.Maksakova va O.B.Otamirzaev ma`lumotlariga qaraganda 2014-2022 yillarda Respublika shahar joylari bo`yicha netto-migratsiya, ya`ni sof salbiy migratsiya qoldig`i rus millatiga mansub bo`lganlarda 302 ming, tatarlarda 95, yahudiylarda 50, ukrainlarda 28, nemislarda 20 ming kishini tashkil etadi. Ketuvchilarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga to`g`ri keladi. Shuningdek, O`zbekiston Ukraina va Qozogiston davlatlari bilan ham bo`lgan aholi aloqalarida ancha ko`p manfiy migratsiya qoldig`iga ega, uning musbat natijasi esa asosan qo`shni Tojikiston hisobidan yuzaga keladi.
Tashqi migratsiyada asosan shahar aholisi qatnashadi. Shu sababli, asosan rusiyzabon aholi yashaydigan sanoat markazlari (Angren, Chirchiq, Olmaliq)da 1991 yilga nisbatan aholi kamaygan. Qolaversa, Toshkent shahrida ham aholi soni oxirgi o`n yillikda deyarli o`smagan.
Download 16.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling