Tulki bilan chumoli


Download 44.41 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi44.41 Kb.
#1055155
Bog'liq
OʻTOʻS 3 5-nazorat-ishi


5-nazorat ishi. 3-sinf. OʻTOʻS

O’quvchining ismi va familiyasi_________________________________________1-qism
TULKI BILAN CHUMOLI
Tulki bilan Chumoli do’st bo’lib bug’doy sepishibdi. Ayyor Tulki har kuni qornim og’riyapti, boshim zirqirayapti degan bahona bilan dalaga chiqmabdi. Chumolining bir o’zi ertadan-kechgacha ishlab suv quyar, o’toq qilar ekan. Nihoyat, bug’doy pishibdi.
Tulki xirmonning bug’doyga to’lib ketganini ko’rib, Chumolini aldab, hosilning barini o’zi olmoqchi bo’libdi.
—Chumoli do’stim, shuncha bug’doyni taqsimlab o’tirishning nima keragi bor? Kel, yaxshisi, quvlashmachoq o’ynaymiz. Xirmonga kim birinchi bo’lib yetib kelsa, hamma hosil o’shaniki bo’lsin, — debdi.
Chumoli biroz o’ylanib, nihoyat, rozi bo’libdi. Yonma-yon turishibdi.
—Qani, bo’lmasa boshladik! — deya Tulki qichqiribdi-da, xirmon tomon yugurib ketibdi. Lekin chumoli ham bo’sh kelmabdi. U Tulkining dumiga yopishib olibdi.
Tulki xirmon oldiga yetib kelibdi-da, silkinibdi. Shunda Chumoli sirg’alib tushibdi-da, bug’doy ustiga chiqib olib, o’sha yerdan gap boshlabdi:
—Hoy, Tulki, namuncha imillamasang?
Tulki sarosimaga tushib qolibdi: Qachon kela qolding?
—Allaqachon! Men dam olishga ham ulgurdim, sen bo’lsang, hali ham hansirab turibsan.
Shunday qilib Tulki yengilib, boshqa hiyla o’ylab topolmay jo’nab qolibdi. Chumoli barcha hosilni omborga tashib olib, qishda uni bir chekkadan yeb yotaveribdi. Dangasa Tulki bo’lsa butun qish och qolibdi.
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Tulki kasal bo’lgani uchun dalaga chiqib ishlolmadi.
A) toʻgʻri B) notoʻgʻri
2. Tulki va chumoli haqiqiy do’stlar edi .
A) toʻgʻri B) notoʻgʻri
3. Nima uchun tulki hosilni taqsimlab olgisi kelmadi?
A) Hosil juda ko’p edi
B) Mehnatni faqat chumoli qilgandi
D) Ochko’z va ayyor bo’lganligi uchun E) Yugurishni yaxshi ko’rgani uchun
4. Chumoli nima uchun tulkining yugurish taklifini rad etmadi ?
A) Tulkining ayyorligi sababli
B) Mehnatni faqat o’zi qilgani uchun
D) Chumoli tulkidan tez chopishiga ishongani uchun E) Hosil ko’p bo’lgani uchun
5.Tulki nima uchun yugurishda yenga olmadi?

  1. Chumolining topqirligi sababli B) Chopishni bilmaganligi sababli

D) Tulkining ayyorligi sababli E) O’ziga ishongani uchun 2-qism
6. Berilgan qaysi so’zlarga -la qo’shimchasini qo’shib yangi so’z hosil qilish mumkin?

Toza

yoz

qo’l

ko’z o’y

Qalam

ish

kitob

tosh

7. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri? 3-qism
A) Ikki qo’llab eksang, bir qo’llab o’rasan. B) Tip-tiniq osmonda qora bulut ko’rndi.
D) Yaxshi otga ming qamchi, yomon otga bir qamchi
E) Hamdam tepalikdagi buloqning ko’zini bekitmoqchi bo’ldi.
8. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri?
A) Osmondagi bulutlar xuddi yelkanli kemaga o’xshab suzardi.
B) Yer quyosh sayyorasidagi eng katta yulduz D) Ozon qatlami bizni kometalar hujumdan saqlaydi E) Kapalak ohista uchub, gulaga qo’ndi.
9. Nuqtalar oʻrniga “x” yoki “h” harflaridan birini qoʻying. 4-qism

ma.fiy

masla.at

no’.at

qa.ramon sa.ovat

Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling