Tumani Davlat Xizmatlari Markazi tomonidan dmttning Ustavi 2020 yil kuni ro’yxatdan o’tkazildi


Download 207.5 Kb.
Sana01.11.2020
Hajmi207.5 Kb.
#139780
Bog'liq
01 03



_____________ Tumani Davlat Xizmatlari Markazi tomonidan ____-DMTTning Ustavi «_____» ___________ 2020 yil ____kuni

ro’yxatdan o’tkazildi




TASDIQLAYMAN

_________________Tumani maktabgacha talim bo’ limi mudiri _______________________

«_____» ___________ 2020 yil


_____________________ viloyati

______________Tumani maktabgacha ta‘lim

bolimi tasarrufidagi

_____- umumiy turdagi

maktabgacha talim tashkilotining

U S T A V I

_______________ tumani maktabgacha ta‘lim bolimi tasarrufidagi

__________- umumiy turdagi

maktabgacha talim tashkilotining

U S T A V I
1-bob. Umumiy qoidalar
1. ____-umumiy turdagi davlat maktabgacha ta‘lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda DMTT deb ataladi). _____________________ viloyati ____________ tumani hokimligining 20__ yil «___»___________ №____-sonli qarori asosida tashkil etilgan.

2. DMTTning yuridik manzili: ___________________ tumani _____________________MFY __________________ ko‘chasi

3. DMTTning ta‘sischisi: ____________________ tumani hokimligi.

4. Mazkur Ustav DMTTning maqsad va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

5. DMTT O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb yuritiladi) idoraviy va tarkibiy bo‘ysunuvida hisoblanadi. DMTT Ustavi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

6. DMTT o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majliy Qonunchilik palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari hamda mazkur Ustavga muvofiq amalgan oshiradi.

7. DMTT yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilida o‘z nomi yozilgan muhr va shtamp, byudjet va byudjetdan tashqari g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga egadir.

8. DMTT akkreditasiyasi vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi attestasiya asosida amalga oshiradi.

9. DMTTning bino va inshoatlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi bilan kelishilmasdan hususiylashtirilmaydi, ajratib olinmaydi va qayta ixtisoslashtirilmaydi.
2-bob. DMTTning maqsad va vazifalari
10. DMTTning maqsadlari quyidagilardan iborat:

- bolaning ta‘lim olishiga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta‘minlash;

- bolaning jismoniy, aqliy va ma‘naviy rivojlanishini saqlash va mustahkamlash;

- bolaning ijtimoiy moslashuvini va umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida ta‘limni davom ettirishga tayyorgarligini ta‘minlash.



11. DMTTning vazifalari quyidagilardan iborat:

- bolalar, shu jumladan alohida ehtiyojli bolalar tomonidan yakka tartibda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishi, shuningdek, zamonaviy maktabgacha ta‘lim va tarbiya olishi uchun qulay sharoit yaratish;

- bolalarda Vatanga muhabbat, oilasiga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini shakllantirish;

- bola shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishiga ko‘maklashish;

- bolaning ijtimoiy moslashuvini va uning boshlang‘ich ta‘limga tayyorgarligini ta‘minlash;

- ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy o‘quv dasturlari hamda texnologiyalarni joriy etish.


3-bob. DMTTning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
12. DMTT quyidagi huquqlarga ega:

- vazirlik nomidan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, o‘z o‘quv dasturini ishlab chiqish;

- bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosida to‘lov evaziga maktabgacha ta‘limning davlat ta‘lim dasturidan tashqari qo‘shimcha ta‘lim ko‘rsatish, dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;

- bolaning qonuniy vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

- maktabgacha ta‘lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda ishtirok etish;

- DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlariga ham ega bo‘limi mumkin.



13. DMTTning majburiyatlari:

- o‘quv ta‘lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;

- maktabgacha ta‘limning o‘ziga xos sifatini ta‘minlash;

- bolaga ta‘lim berish va uni tarbiyalash masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish;

- bolalarni rivojlantirish, tarbiyalash va ta‘lim olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish;

- maktabgacha ta‘lim sifatini ta‘minlanishini nazorat qilishda, vakolatli davlat organlariga ko‘maklashish;

- DMTTning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.

14. DMTT quyidagilar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi:

- bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilishini olidini olish;

- bolalarning DMTTda bo‘lgan vaqtida, ularning hayotini himoya qilish va sog‘ligini mustahkamlashni tashkil etish;

- ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda, qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalar bolalarning yoshi, ruhi va fiziologik hususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligin oldini olish;

- bolalarni shaxs sifatida shakllanishiga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda boshlang‘ich ta‘limga tayyorlash;

- ta‘lim dasturlarining o‘ziga xos sifatda va belgilangan hajmda amalga oshirilishini ta‘minlash;

- mazkur Ustav bilan belgilangan vazifalar va funksiyalarni bajarish.

15. DMTTning o‘quv jarayoni siyosiy yoki ta‘lim olayotgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
4-bob. DMTTning faoliyatini tashkil qilish
16. DMTT maktabgacha ta‘limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta‘minlaydi.

17. DMTT guruhlarining ish tartibi:

5-kunlik 9,5 soat

Soat 07:30 dan 17.00 gacha (DMTT ish davomiyligi bilan bog‘liq holda).

Qisqa muddatli guruhda, ikki smenada tashkil etiladi:

1-smena: 08:00 dan 12:00 gacha (3 soatdan kam bo‘lmagan)

.2 -smena13.00dan17.00gacha.



18. DMTT va bolaning qonuniy vakillari bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, bolaning DMTTda ta‘lim-tarbiya olish vaqti bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida tartibga solinadi.

19. Shartnomada bolaning DMTTga kelish vaqti, kuni tartibi, ovqatlanish jarayoni va boshqa shartlar ko‘rsatiladi.

20. DMTTda o‘quv yili joriy yilning 2 sentabr kunidan, kelgusi yilning 31 may kuniga qadar bo‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri yilning 1 iyun kunidan 31 avgust kuniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

21. DMTTda bolalar uchun ta‘lim-tarbiya jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq davlat tili va boshqa tillarda tashkil etiladi.
5-bob. DMTTga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
22. DMTTga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.

23. Bolani DMTTga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish, ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

- bolaning qonuniy vakili tomonidan berilgan arizasiga ko‘ra;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi “Bolalarni davlat maktabgacha ta‘lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma‘muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta‘lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma‘muriy reglamentiga muvofiq berilgan yo‘llanmalar;

- bolaning sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma‘lumotnoma.



24. Bolaning qonuniy vakillari uning tibbiy haritasi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, qonuniy vakilning pasport nusxasi va bolaning 2 dona rangli fotosurati (3x4 o‘lchamli fotosurat).

25. DMTTga bolani qabul qilish, uni guruhdan guruhga o‘tkazish bilan bog‘liq imtihon test sinovlarisiz amalga oshiriladi.

26. Bolani DMTTga qabul qilish, DMTT direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

27. Tarbiyalanuvchilarni DMTT hisobidan chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- bolaning qonuniy vakili tomonidan berilgan arizaga ko‘ra;

- tegishli tabbiy xulosaga asosan;

- ota-ona badallari o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 23 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2821);

- tarbiyalanuvchining qonuniy vakillari va DMTT o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda.
6-bob. DMTT guruhlari toldirilishi
28. Guruh DMTTning tarkibiy birligi hisoblanadi.

29. DMTTdagi guruhlar bir xil yoshdagi, hamda turli yoshdagi bolalar bilan to‘ldirilishi mumkin.

30. DMTT tarbiyalanuvchilarini to‘ldirish va guruhdan boshqasiga o‘tkazish har yili o‘quv yili boshlarinidan oldin amalga oshiriladi.

31. DMTTda guruhlar quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:

- 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarda kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola;

- bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda – ko‘pi bilan 30 nafar bola;

- turli yoshdagi guruhlarda – kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 25 nafar bola.



32. DMTTning tegishli yoshdagi guruhini to‘ldirish uchun ushbu tashkilot tarbiyalanuvchilarini boshqa yoshdagi guruhdan qabul qilish joriy o‘quv yili tugaganidan keyin amalga oshiriladi. Yangi tarbiyalanuvchilarni ushbu guruhlarga qabul qilish DMTTdagi bo‘sh joylar ochilishiga qarab belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

33. Agar DMTT joylashgan joyda DMTTga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa DMTT bo‘lmasa, vazirlik bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
7-bob. DMTTda talim-tarbiya jarayoni va metodika

ishlarini tashkil etish
34. DMTTdagi ta‘lim jarayoni vazirlik tomonidan tasdiqlangan “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan ta‘lim dasturi bilan belgilanadi.

35. Tarbiyalanuvchilar, ularning qonuniy vakillari, DMTTning pedagog hodimlari ta‘lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi.

36. DMTTdagi ta‘lim-tarbiya jarayoni yillik, kalendar-mavzuli rejalar va mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

37. DMTTda ta‘lim va tarbiyaning shakli, vositalari va metodikalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

38. DMTTda ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli o‘yin hisoblanadi.

39. Har bir yoshdagi guruhlar mashg‘ulotlari va o‘yinlarining har kungi soni, davom etadigan davri va izchilligi DMTTdagi tegishli pedagog hodimning o‘quv rejasi bilan belgilanadi.

40. DMTTda qo‘shimcha pullik ta‘lim-tarbiya xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirininng “Davlat maktabgacha ta‘lim muassasalarida qo‘shimcha pullik ta‘lim-tarbiya xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga muvofiq amalga oshiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 18 yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3123).
8-bob. DMTTda tarbiyalanuvchilar sogligini asrash
41. DMTTda tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘ligini muxofaza qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda vazirlik tomonidan belgilanadi.

42. DMTT tarbiyalanuvchilariga dastlabki tibbiy yordam, DMTT shtatiga kiradigan tibbiyot hodimi, tomonidan ta‘minlanadi hamda u DMTTning direktori va boshqa hodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘ligi va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi sanitariya-gigiena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javobgardir.

43. DMTT tibbiyot hodiminiing faoliyatini nazorat qilish shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan amalga oshiriladi.

44. DMTT shtatidagi hodimlar sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.

45. DMTT tibbiyot hodimining malakasini oshirish bepul asosda sog‘liqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

46. DMTTda tibbiyot hodimi uchun alohida xona ajratilib, faoliyati uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratiladi.

47. Tarbiyalanuvchilarning davriy tibbiy ko‘rigi tuman tibbiyot birlashmasi bilan kelishilgan holda o‘tkaziladi.
9-bob. DMTTda soglom ovqatlanishni tashkil etish
48. DMTTda sog‘lom ovqatlantirish tartibi qonun hujjatlari, sanitariya normalari va gigena talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

49. DMTTda bolalarni sog‘lom ovqatlanishini tashkil qilish uchun javobgarlik, tashkilot direktori zimmasiga yuklatiladi.

50. DMTTda bolalarni sog‘lom ovqatlanish tartibi amaldagi SanPIN me‘yorlari asosida belgilanadi.

51. DMTTda ovqatlanish belgilangan tartibda tashkilot direktori va tibbiyot hodimi tomonidan tasdiqlangan taomnoma asosida tashkil etiladi.

52. DMTTning direktori, tibbiyot hodimi va oziq-ovqat xizmati hodimlari taomlarning o‘ziga xos sifati (xilma-xilligi), oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya me‘yorlari, qoidalari va gigiena talablariga muvofiq saqlanishi va foydalanilishi, ovqatlarni tayyorlanishi texnologiyasi, ta‘mi, shuningdek, ovqatlanish bo‘limi va oshxonaning sanitariya talablariga rioya etilishi ahvoli uchun javobgar hisoblanadi.

53. DMTTda sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish qonunchilikka muvofiq autsorsing uslubida tashkil etilishi mumkin.
10-bob. DMTT faoliyatini moliyalashtirish
54. DMTT faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, bolalarni DMTTda saqlash uchun olinadigan ota-onalar to‘lovi, jismoniy va yuridik shaxslarning hayriya ehsonlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

55. DMTTga qo‘shimcha byudjet mablag‘larni jalb qilish byudjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
11-bob. Bolalarni DMTTda saqlash uchun ota-onalar tolovi
56. Tarbiyalanuvchilarni DMTTda saqlash deganda tarbiyalanuvchilarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish tushuniladi.

57. Bolalarni DMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.

58. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muxtoj oilalar farzandlarini saqlash uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlarda qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
12-bob. DMTTni boshqarish
59. DMTTni boshqarish qonun hujjatlarida va mazkur Ustavda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

60. DMTTga vazirlik bilan kelishuv bo‘yicha vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta‘lim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi.

61. DMTT faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi.

62. DMTT direktori:

- mazkur ustav asosida unga berilgan vakolatlar doirasida faoliyat yuritadi;

- DMTT faoliyatiga rahbarlik qiladi va ishni samarali tashkil etadi;

- vazirlikning tegishli hududiy bo‘linmasi bilan kelishilgan holda DMTT shtatlarini tasdiqlaydi va belgilangan tartibda vakolatli organlardan ro‘yxatdan o‘tkazadi;

- DMTT nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, joylardagi hokimiyat

va davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarda tashkilot manfaatlarini ifoda etadi;

- belgilangan tartibda DMTTning mol-mulki va vositalaridan foydalanadi, o‘z vakolati doirasida vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda bitimlar tuzadi;

- o‘z vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi va ishonchnomalar beradi;

- DMTT faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va hodimlarning ijtimoiy himoyasini ta‘minlash yuzasidan tegishli shahar maktabgacha ta‘lim bo‘linmasiga takliflar kiritadi;

- tarbiyalanuchilarning hayoti va sog‘ligini muxofaza qilish, shuningdek, o‘quv jarayonini samarali tashkil etishni ta‘minlaydi;

- DMTTning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediya vositalari bilan ta‘minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

- DMTTning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati uchun javob beradi;

- byudjetdan tashqari qo‘shimcha moliyalashtirish manbalari va moddiy resurslarni, shu jumladan, qonunda taqiqlanmagan homiylarning mablag‘larini jalb qiladi;

- amaldagi qonunchilikka muvofiq DMTT hodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

- vazirlik bilan kelishgan holda DMTTning ichki tartib qoidalarini, shuningdek, qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalarni tasdiqlaydi;

- qonun hujjatlari talablari va me‘yorlariga muvofiq, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish hisobiga DMTTning moddiy-texnik jihatdan ta‘minlanishini va xonalarni jihozlanishini amalga oshiradi;

- DMTTning moliyaviy mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta‘minlaydi;

- o‘z vakolati doirasida DMTTning barcha hodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

- DMTT hodimlari o‘rtasida xizmat vazifalarini qayta taqsimlashi yoki zarur hollarda qonunchilik bilan taqiqlanmagan va DMTTni rivojlantirishga qaratilgan yangi vazifalarni bajarishni yuklashi mumkin;

- DMTT hodimlari o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish talablari va mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini ta‘minlaydi, shaffof va halol tanlov orqali hodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilishni, malakasi oshirilishini va ishdan bo‘shatilishini amalga oshiradi;

- DMTTning faoliyati bo‘yicha hisobotlarni va boshqa zarur ma‘lumotlarni belgilangan tartibda vazirlikning hududiy bo‘linmalariga taqdim etilishini ta‘minlaydi;

- DMTTning xo‘jalik-moliyaviy faoliyatiga rahbarlik qiladi, amaldagi qonun hujjatlari va mazkur Ustavda vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari vakolatiga kiradigan masalalar bundan mustasno;

- vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari va boshqa normativ hujjatlarini so‘zsiz ijro etilishini ta‘minlaydi;

- vazirlikning normativ hujjatlariga muvofiq holda tayyorlangan DMTTning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi va joriy etilishini ta‘minlaydi;

- DMTT faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvlarini hal qilish, shuningdek, DMTT va o‘zning faoliyatida huquqbuzarlik va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslikni samarali choralarini ko‘radi, bu kabi holatlarga yo‘l qo‘yilib, o‘rnatilgan odob ahloq qoidalariga rioya qilinmaganida vazirlikning hududiy bo‘linmalariga xabar qiladi;

- favqulotda vaziyatlar, aniqlangan huquqbuzarliklar, jinoyatlar, xavfli va salbiy holatlar, DMTT tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari va hodimlarning sog‘ligi va hayotiga yetkazilgan zararlar to‘g‘risida vazirlikning hududiy bo‘linmalariga darxol xabar qiladi;

- DMTTning ish faoliyati haqida vazirlikning hududiy bo‘linmalariga oylik va choraklik hisobot beradi;

- DMTTning va hodimlarining faoliyatini qonun hujjatlari, vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari va boshqa normativ hujjatlariga muvofiq tashkil qiladi va ta‘minlaydi;

- DMTTning rivojlantirilishiga qaratilgan qonun bilan taqiqlanmagan boshqa vazifalarni ham bajaradi.

63. DMTT direktori lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari vazirlik tomonidan belgilanadi.

64. DMTTning direktori lavozimida faoliyat olib borishga qonun hujjatlarida cheklovlar belgilanishi mumkin.
13-bob. MTT boshqarish organlari
65. Quyidagilar DMTTning boshqaruv organlari hisoblanadi:

- Pedagogik kengashi;

- Kuzatuv kengashi.

66. DMTTning Pedagogik kengash faoliyati jamoatchilik asosida tashkil qilinadi. Pedagogik kengash DMTT o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, shuningdek, uning faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha kollegial organ hisoblanadi.

67. DMTTning Pedagogik kengashi:

- DMTTda ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;

- DMTTning ish rejasini va pedagog hodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi;

- DMTTning ta‘lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;

- DMTT va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tartibini belgilaydi;

- DMTTning pedagog hodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta‘lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi;

- DMTT hodimlarini ma‘naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi;

- DMTT direktori va pedagog hodimlar hisobotlarini eshitadi;

- DMTT Pedagogika kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.

DMTT Pedagogika kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.



68. DMTTda bolani tarbiyalash, shakllantirish va o‘qitishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning hodimlari, shuningdek, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.

69. DMTTning Kuzatuv kengashi 11 kishidan kam bo‘lmagan tarkibda tuziladi. Uning tarkibiga har bir guruhdan tarbiyalanuvchilarning qonuniy vakillari orasidan 3 nafardan, DMTTning pedagoglari va tarbiyachilarning yordamchilari orasidan 2 nafardan, DMTT ma‘muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy maktabgacha ta‘lim bo‘limidan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar a‘zolar kiritiladi.

DMTTning Kuzatuv kengashi:

- DMTTni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;

- maktabgacha ta‘limning shahar bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan DMTT direktorini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

- DMTT direktorining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va harajatlar, byudjet, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi;

- DMTTda sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilinishi sifatini aniqlash maqsadida DMTT ovqatlanish bo‘limi faoliyati yuzasidan monitoring o‘tkazadi;

-DMTT direktori, pedagog hodimlar va boshqa hodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;

- shahar maktabgacha ta‘lim bo‘limlariga DMTT hodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.

- DMTTning Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

- DMTTning Kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.


14-bob. Bola qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari
70. Bolaning qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega:

- bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

- o‘zining bolasi uchun maktabgacha ta‘lim shaklini va ta‘lim berish tilini tanlash;

- DMTT ma‘muriyatidan maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta‘lim berish va tarbiyalash sohasidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;

- bolani rivojlantirish, tarbiyalash va ta‘lim berish masalalari yuzasidan vakolatli organlarga murojaat qilish;

- bolaning shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;

- DMTTda bolalar ta‘lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etishda faol ishtirok etish;

- DMTTning o‘quv rejalari va dasturlari bilan tanishish;

- DMTT Kuzatuv kengashi tarkibini saylash va unga saylanish.

Bolaning qonuniy vakillari qonun hujjatlariga va DMTT bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.



71. Bola qonuniy vakillarining majburiyatlari:

- Bolaning jismoniy salomatligi, ruhiy holati haqida doim qayg‘urishi, uning tabiiy qobiliyatlari, ishtiyoqlari va iste‘dodlarini rivojlantirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishi;

- DMTTdagi ta‘lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari or-nomusi va qadr-qimmatini hurmat qilishi;

- bolalarni Vatanga muhabbat, mehnatga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi;

- oilada bola har tomonlama rivojlanishi, tarbiya va ta‘lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.

Bolaning qonuniy vakillari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.


15-bob. DMTT pedagog va boshqa hodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
72. DMTT hodimlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonun hujjatlari, mazkur Ustav va mehnat shartnomasi yoki mehnat kelishuvi bilan belgilanadi.

73. DMTT pedagog va boshqa hodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish mehnat shartnomasi, DMTTning ichki mehnat qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.

74. DMTTda tegishli pedagogik ma‘lumotga, maktabgacha ta‘lim sohasida kasbiy tayyorgarlikka va yuksak ma‘naviy, ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar.

75. Sudning hukmi yoki tibbiy hulosaga asosan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarga DMTTda pedagogik faoliyat olib borishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

76. DMTT pedagog va boshqa hodimlari lavozimlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Qonunda boshqa cheklovlar ham belgilanishi mumkin.

77. DMTTning pedagog hodimlari quyidagi huquqlarga ega:

- kasbiy or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilish;

- ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta‘lim berish va tarbiyalash metodikalarini, o‘quv qo‘llanmalari hamda ta‘lim berish vositalarini erkin tanlash;

- DMTTni boshqarishda mazkur Ustavda belgilangan tartibda ishtirok etish;

- maktabgacha ta‘limning o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

- pedagogik faoliyatda ma‘naviy va moddiy rag‘batlantirish;

- maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta‘lim berish va tarbiyalash sohasidagi ilmiy, innovasion, xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.

DMTTning pedagog hodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

DMTTning pedagog hodimlarini o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ish turlariga jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

78. DMTT pedagog hodimlarining majburiyatlari:

- DMTTda bolalarga yuksak kasbiy darajada ta‘lim va tarbiya berishi;

- pedagogika odob-ahloq qoidalariga rioya qilish, bolalarning or-nomusi va qadr-qimmatini hurmat qilishi, bolalarni tazyiq o‘tkazilishidan himoya qilishi, ularni vatanparvarlik, mehnatga, atrof-muhitga va ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalash;

- o‘z vaqtida va belgilangan tartibda kasbiy mahorat va malakalarini oshirish;

- o‘z kasbiy ko’ nikmalari va pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi shart.

DMTTning pedagog hodimlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

DMTTda ta‘lim-tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonun hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.

79. DMTT pedagog hodimlari quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:

- DMTTdagi faoliyatida xizmat vazifalarining ijrosini ta‘minlash, mazkur Ustavga muvofiq berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

- faoliyagdagi huquqbuzarlik va mansabga sovuqqonligi yuzasidan harakat yoki harakatsizlik oqibatida kelib chiqqan jiddiy ziyon va zarar;

- malaka talablari va lavozim yuriqnomasiga muvofiq topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.

DMTT pedagog hodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlik ham belgilanishi mumkin.
16-bob. DMTTning mol-mulki va mablaglari
80. Ta‘sischi, vazirlik yoki u vakolat bergan organ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni DMTTga o‘tkazadilar.

DMTTga o‘tkazilgan mol-mulk uning tezkor boshqaruvida bo‘ladi. DMTT o‘ziga tegishli va harajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga harid qilingan mol-mulkni qonun hujjatlari va vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan me‘yoriy hujjatlarga muvofiq tasarruf etadi.



81. DMTTning faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.

82. DMTT mol-mulki va pul mablag‘lari manbalari shakllantirilishi quyidagilardan iborat:

- O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari;

- tarbiyalanuvchilarni saqlash uchun ota-onalar to‘lovi;

- DMTTda qo‘shimcha pullik ta‘lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlar;

- jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek, horijdan kelgan qonun bilan taqiqlanmagan homiylik hayriya mablag‘lari;

- mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;



- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

83. DMTTni moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan harajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.

84. Bolalarning DMTTda saqlash uchun to‘lov naqd pul, plastik karta elektron to‘lov yoki tijorat banklari orkali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu holatda to‘lovni tasdiqlovchi hujjat nusxasi DMTTga taqdim etiladi (elektron to‘lovdan tashqari). Bolalarni DMTTda saqlash uchun to‘lov kelgusida belgilangan tartibda foydalanish uchun tegishli DMTTning ota-onalar to‘lovi bo‘yicha g‘aznachilik hisob raqamiga tushadi.

85. Qonun hujjatlariga muvofiq to‘lovning boshqa qoidalari ham belgilanishi mumkin.

86. DMTTning moliya-xo‘jalik faoliyati shahar markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatlari orqali byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiradi.

87. DMTTni byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari faqatgina DMTT rahbarining asoslangirilgan talabnomasiga ko‘ra shahar markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatlari orqali sarflanadi.
17-bob. Yakuniy qoidalar. DMTTni qayta tashkil etish va tugatish
88. DMTTda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.

89. Xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog hodimlar amaliyotini o‘tkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

90. DMTTni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Download 207.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling