Ro‘yxatga olingan qarshi tuman “Davlat xizmatlari markazi” tomonidan 2023-yil № raqam bilan


Download 63.44 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi63.44 Kb.
#1591005
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
28 Умумтаълим мактабининг янги УСТАВИ


RO‘YXATGA OLINGAN Qarshi tuman “Davlat xizmatlari markazi” tomonidan 2023-yil ___ -____________
__________ raqam bilan

TASDIQLAYMAN”
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i ______A.Eshonqulov
2023-yil __-__________


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi


34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
U S T A V I
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Ustav Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining (keyingi o‘rinlarda 34- umumta’lim maktabi ) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Umumta’lim maktabi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligining buyruq, topshiriq va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Ustavga amal qiladi.
3. Umumta’lim maktabi uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u o‘quvchi yoshlarga I-XI sinflar hajmida davlat ta’lim standartlari va milliy o‘quv dasturi asosida fan asoslaridan umumiy o‘rta ma’lumot beruvchi va VII-XI sinflar hajmida ikkita til va kasblarga o‘rgatadigan hamda variativ (tanlov) sinflar tashkil etiladigan majburiy ta’lim muassasasidir.
4. Umumta’lim maktabi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z Ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga (O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo‘ladi.
5. Umumta’lim maktabining rasmiy nomi:
a) to‘liq nomi – Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, qisqartirmasi- umumta’lim maktab;
b) rus tilida:
to‘liq nomi – Кашкадарьинская область Каршинского районa специализированная государственная школа № ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­34, qisqartirmasi- специализированная государственная школа
в) ingliz tilida:
to‘liq nomi - Kashqadarya region, Karshi district № 34 State specializedsecondary boarding – school № 34-, qisqartirmasi-specialized boarding-school
5. Umumta’lim maktabi Ustavi umumta’lim muassasasi pedagogik kengashida qabul qilinadi, tuman мaktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tasdiqlanadi va davlat xizmatlari markazida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
6. Umumta’lim maktabida umumiy o‘rta ta’lim olish bepul amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb yuritiladi) ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish maqsadida umumta’lim muassasasida qo‘shimcha pullik ta’lim xizmatlari tashkil etilishi mumkin.
7. Umumta’lim maktabida ta’lim olish tilini tanlash O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Umumta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi мaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga kiritilgan viloyat мaktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Qarshi tuman мaktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasasi hisoblanadi.
9. Umumta’lim maktabi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, Taraqqiyot MFY, Ma’rifat ko‘chasi __-uyda joylashgan.



Download 63.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling