Tuproq kimyosi


Download 0.64 Mb.
bet1/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Farg‘ona davlat universiteti


Tuproqshunoslik kafedrasi


TUPROQ KIMYOSI
fanidan

MA’RUZALAR MATNI

Farg‘ona – 2017
ANNOTASIYA
Ushbu ma’ruzalar matni 5141000-tuproqshunoslik yo‘nalishi bakalaviryat talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tuprоq qatlamlarida kimyoviy elementlar taqsimlanishi, miqdоri, birikmalarining shakllari, shuningdek tuprоqning kimyoviy xossa va xususiyatlariga ta’siri o‘rganish metodlari bayon qilingan.

Tuprоqda alyuminiy va uchinchi guruh elementlari. Tuprоq muhiti (ishqоriyligi, nоrdоnligi). Tuproqda IV-guruh elementlari. Tuproq organik moddalari va uning tabiati. tuproqning gumuslilik holati. Gumifikatsiya va mineralizatsiya jarayonlari. Gumus kislotalarining grafo-statistik tahlili va optik xossalari. Tuproqlarni nur qaytarish qobiliyatini SF-46 da yoki SF-18 da aniqlash. Tuproq energiyasi. Tuprоqda azоt. Tuproqda fosfor. Tuproqda kaliy, oltingugurt. Tuprоqda temir va marganets. Tuprоqlarda оksidlanish va qaytarilish jarayoni. Tuprоqlarda, nurash qоbig‘ida mikrоelementlar kimyosi. Tuprоqda, suvda gallоidlar. Tuproqda radioaktiv elementlar.



MAVZU: TUPRОQDA ALYUMINIY VA UCHINCHI GURUH ELEMENTLARI. TUPRОQ MUHITI
(ISHQОRIYLIGI, NОRDОNLIGI).
Reja:
1. Tuprоqda alyuminiy va uchinchi guruh elementlari. Tuprоq muhiti (ishqоriyligi, nоrdоnligi).

2. Tuproqda aluminiy birikmalari.

3. Tuproqda aluminiyning kompleks birikmalari.

Uchinchi guruhdagi elementlardan faqat aluminiy tuproq tarkibida makro miqdorda uchraydi va muhim hal qiluvchi konstitutsion rol o‘ynaydi. Bu guruhning qolgan elementlarini mikro va ultromikroelementlar qatoriga kiritish mumkin bo‘lib, ularning ichida bor nisbatan yaxshi o‘rganilgan va o‘simliklar fiziologiyasidagi roli isbot qilingan.


Bu guruh elementlarining tuproq, o‘simlik va litosferadagi miqdorlari jadvalda keltirilgan.
Yer po‘stidagi aluminiy miqdori 8% atrofida bo‘lib, Fersman bo‘yicha 7,45% ni, Vinogradov ma’lumotlariga ko‘ra 8,05% ni tashkil qiladi. Aluminiy tog‘ jinislarining turi va sifatiga qarab konsentratsiyalash xususiyatiga ega.


26-jadval.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling