Turdiyeva barno
Download 0.87 Mb.
|
5-sinf adabiyot 01.Adabiyot – so‘z san’ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoddatuting!
- Savol va topshiriqlar
5-sinf adabiyoti Mavzu:Adabiyot-so‘z san’ati TURDIYEVA BARNO @dars_ishlanma_yangi Obrazli fikrlash haqida ma’lumot Odamlar fikrlar ekan bir narsani boshqasiga solishtiradi.Mana shu solishtirish paytida obrazli fikrlash yuzaga keladi. Masalan,quyosh qizarib pishgan kulchaga,ko‘zlar charaqlab turgan yulduzga o‘xshatilishi mumkin Adabiyot o‘quvchini mana shunday obrazli fikrlashga chorlovchi vositadir.Rassomlar mo‘yqalam yordamida obraz yaratsalar,shoir va yozuvchilar so‘z yordamida ma’lum voqea va hodisaning yoki predmetning ko‘rinishini jonli tarzda ko‘z oldingizda namoyon qildi.Qadrli o‘quvchim quyida berilgan tasvirni so‘zlar yordamida izohlang Siz ushbu manzarada nimalarni ko‘ryapsiz? Xo‘sh,ushbu bulutni qanday so‘zlar yordamida tasvirlash mumkin? Siz tarixiy mavzuda yozilgan asarlarni o‘qib,ko‘plab xalqlar o‘tmishini yaqqol ko‘z oldingizga keltirasiz.Bundan ming yillar ilgari yashagan ajdodlarning turish-turmushi ,orzu-o‘ylari ,hayotiy mashaqqatlarini his qilasiz.Bu hislarni tuydirgan adabiyotning asosiy ish quroli bo‘lgan so‘zdir.So‘z unumli va to‘g‘ri foydalanilgandagina ko‘zlangan natijani bera oladi va o‘z sohibini yuksaltiradi.Siz tarixiy mavzuda yozilgan asarlarni o‘qib,ko‘plab xalqlar o‘tmishini yaqqol ko‘z oldingizga keltirasiz.Bundan ming yillar ilgari yashagan ajdodlarning turish-turmushi ,orzu-o‘ylari ,hayotiy mashaqqatlarini his qilasiz.Bu hislarni tuydirgan adabiyotning asosiy ish quroli bo‘lgan so‘zdir.So‘z unumli va to‘g‘ri foydalanilgandagina ko‘zlangan natijani bera oladi va o‘z sohibini yuksaltiradi.So‘z -adabiyotning asosiy ish quroli O‘z adabiyoti deyilganda o‘z-o‘zidan Alisher Navoiy nomi yodga olinadi.Mana necha asrki,Navoiy merosi o‘z qadr-qimmatini va ahamiyatlilik darajasini yo‘qotgan emas.Poytaxtimiz Toshkent markazida joylashgan O‘zbekiston Milliy bog‘iga ulug‘ mutafakkirning haykali o‘rnatilgan bo‘lib,uni o‘rab turgan moviy gumbaz ustiga quyidagi baytlar bitilgan: Olam ahli bilingizkim,ish emas dushmanlig‘, Yor o‘lung bir -biringizgaki,erur yorlig‘ ish. Siz nima uchun ertaklarni sevib o‘qiysiz va tinglaysiz? Ertaklardagi qushlar-u hayvonlar ham xuddi odamdek gapirgani ,bir-birlari bilan muomala qilgani,nimalarnidir talashib-tortishgani-yu,nimadandir ayrilib jazolangani uchun sizga qiziqarlidir. Yodda tuting! Katta-kichik she’rlar ,she’riy masallar adabiyotning she’riyat degan turini hosil qiladi.Ularning barchasi ohangdor she’riy usulda shoirlar tomonidan yaratiladi. Maktab sizni inson qilur, Maktab hayo ehson qilur, Maktab g‘amni vayron qilur, G‘ayrat qilub o‘qing,o‘g‘lon! Ertaklar ,hikoya va ocherklar ,qissa va romanlar birlashib so‘z san‘atining nasr deb atalgan turini tashkil etadi .Nasriy asarlar nosirlar ,ya’ni yozuvchilar tomonidan yaratiladi .Nasriy asarlar she’riy yo‘l bilan emas ,balki oddiy hikoya usulida yoziladi.Yodda tuting! Ertaklar ,hikoya va ocherklar ,qissa va romanlar birlashib so‘z san‘atining nasr deb atalgan turini tashkil etadi .Nasriy asarlar nosirlar ,ya’ni yozuvchilar tomonidan yaratiladi .Nasriy asarlar she’riy yo‘l bilan emas ,balki oddiy hikoya usulida yoziladi.Yoddatuting!Adabiyotning yana bir turi -dramaturgiyadeb nomlanadi.Bu turga kichik sahna asarlari bo‘lmish intermediyalar,yirik drama,komediya,tragediya singari sahna asarlari kiradi.Muallif -dramaturgning ixtiyoriga ko‘ra bu asarlar she’riy yo‘l bilan ham ,nasriy yo‘l bilan ham yozilishi mumkin.Savol va topshiriqlar
Uyga vazifa
E’tiboringiz uchun rahmat! Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling