Turdiyeva kavsar. Bu – bizning oʻzbekiston reja


Download 92.22 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi92.22 Kb.
#1248632
  1   2   3   4
Bog'liq
TURDIYEVA KAVSAR


TURDIYEVA KAVSAR. BU – BIZNING OʻZBEKISTON


Reja:



  1. Turdiyeva Kavsar

  2. Bu – bizning Oʻzbekiston

  3. Kavsar Turdiyevaning bolalarga atalgan sheʼrlari

Turdiyeva Kavsar



Kavsar Turdiyeva 1958 yil 6 avgustda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1975 yili Chilonzor tumanidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi 201 - maktabni imtiyozli tugatib, so‘ng Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirgan. So‘nggi yillarida esa Sankt - Peterburg Davlat universitetini o‘qib tugatgan (1981 yil). Diplom ishi “O‘zbekistonda bolalar matbuotining shakllanishi” (1919—1932) mavzusida bo‘lib, u a’lo baholangan. Kavsarxon shu yillargacha hozirgi “Klass” (sobiq “Pioner Vostoka”) gazetasida muxbir bo‘ldi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. So‘ngra Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, hozirda esa kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kavsar yoshligidanoq bolalar adabiyotiga o‘z moyilligini bildirdi. Uning birinchi she’ri “Tong” o‘quvchilik yillaridayoq bolalar gazetasida bosildi.
Bolalar uchun ilk kitobi “Varrak” esa 1983 yil yoshlar nashriyotida bosildi. Shundan so‘ng “O‘ylanmayman, o‘ylanmayman”, (1987) “Qush bo‘lib uchgan ona”, (1994), “Raqamlar bo‘ylab sayohat” (2000), “Obod mahallam ko‘chalari”, “Hayvonot bog‘I”, “Salomat bo‘ling!”, “Ona isi” (2003) to‘plamlari bosmadan chiqdi. Ular bolalar qalbining keng va beg‘ubor kengliklarini ochib berishga, ularning nozik ruhiy qalb jarayonlarini ko‘rsatishga bag‘ishlangandir. Xuddi shu jarayonda ma’naviy va ahloqiy tarbiya masalalari bolalar shoirasining diqqat markazidan bir soniya bo‘lsada nari ketmadi. K.Turdiyeva “Varrak” to‘plami uchun Toshkent viloyati Yoshlar mukofoti sovrindori bo‘ldi. 1997 yilda “Cho‘lpon” nashriyotiga topshirgan to‘plami ushbu yilda bolalar uchun yozilgan eng yaxshi asar sifatida mukofotlandi.
Kavsar Turdiyevaning 1994 yili yoqlagan nomzodlik dissertatsiyasining nomi ham “Hozirgi zamon o‘zbek bolalar she’riyatida ma’naviyat muammolari” deb atalgan. Hozir u “So‘nggi davr o‘zbek bolalar adabiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. U hamdo‘stlik mamlakatlarining Moskva va Yaltada bo‘lib o‘tgan bolalar adabiyoti vakillari anjumanida ishtirok etgan.
Kavsar Turdiyeva bolalar prozasida ham chiroyli qalam tebratmoqda. Uning “Gulxan” jurnalida chop etilgan turkum hikoyalari va “Allo, 03 mi?” ertak - qissasini o‘quvchilar qiziqib kutib olishdi.
Kavsar Turdiyeva bolalar kinochiligi sohasida ham ish olib bormoqda. Uning “Zumrasha” hajviy kino jurnali uchun tayyorlagan “Ma’naviyatli bo‘laylik”, “Sumalak va tilak”, “Yodlasam bo‘lmasmidi” kabi syujetlari turli kino anjumanlarida yuqori baholandi. U yozgan qo‘shiqlarni bolalar zavq bilan ijro etadilar. K.Turdiyeva multfilmlar va telefilmlar uchun yozilgan qo‘shiqlar muallifi hamdir.
Uning “Sintaktik ertak”, “So‘z turkumlariga atalgan she’rlar”i til darslarida, “Alpomishni o‘qib”, “Navoiy”, “Cho‘lpon” she’rlari adabiyot darslarida o‘tish uchun mo‘ljallangan. “Yo‘l harakat qoidalari” “Raqamlar bo‘ylab sayoxat”, “Sehrli harflar oroli” turkumlari esa boshlang‘ich sinf darsliklariga ko‘shimcha qo‘llanmalardir. Shoira bog‘chalar uchun harakatli o‘yin, ko‘shik va ssenariylardan iborat ko‘llanma ustida ish olib bormoqda.
Kavsarxon institutda 10 yildan beri yosh ijodkorlarning “Nishona” to‘garagini boshqaradi. Ayni vaqtda u ko‘p nusxali “Pediatr” gazetasining muharrir o‘rinbosari xamdir. U o‘zbek va rus tillarida barobar ijod qiladi. Ijodkor 2001 yili “Shuhrat medali” bilan taqdirlangan.
Olima, shoira, murabbiy va publitsist K.Turdiyeva o‘z uslubiga, bolalar dunyosini zavqu shavq bilan yorituvchi o‘z olamiga ega bo‘lgan shaxsdir.

Download 92.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling