Turizm faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda
Download 26.7 Kb.
|
1. -Turizm faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO), xorijiy mamlakatlarning turizm bo’yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlari – turizm xizmatlari mintaqaviy va jahon bozorlarining faol ishtirokchilari bilan hamkorlikni kengaytirish, O’zbekistonning turizm sohasida tartibga soluvchi universal xalqaro konvensiyalar va bitimlardagi ishtiroki, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalari; -respublikaning barcha mintaqalarida zamonaviy jahon standartlariga, turistlarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan turizm industriyasi obyektlarini – mehmonxonalarni va joylashtirishning shu kabi vositalarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini, transport-logistika tuzilmalarini, axborot markazlarini, madaniyat va sport muassasalarini jadal rivojlantirish, asosiy turizmyo’nalishlari bo’yicha yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, yo’lbo’yi infratuzilmasini jadal qurish va rekonstruksiya qilish,ushbu maqsadlar uchun xorijiy investorlarni keng jalb etish; -xalqaro turizm rivojlanishi tendensiyalarini va zamonaviy marketing vositalari qo’llanilishini hisobga olgan holda, raqobatbardosh turizm mahsulotlariva xizmatlarini ishlab chiqish, ularni ichki va xalqaro turizm bozorlarida targ’ibot qilish bo’yicha strategiyani ishlab chiqish, qulay turizm axborot muhitini tashkil etish va rivojlantirish, keng reklama-axborot faoliyatini amalga oshirish, mamlakat hududlarida turizm axborot markazlari va chet elda turizm vakolatxonalari ochish, Internet tarmog‗idan faol foydalanish, har yili Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini o’tkazish yo’li bilan turizm sohasida mamlakatimizning turizm tarmog’i uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirish. 2. O’zbekistonda bugungi kunda xalqaro turizmni joriy xolatini baholaydigan bo’lsam, uning Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori imkoniyatlarga ega ekanligini ko’ramiz, bu haqida respublika hududida mavjud bo’lgan to’rt mingdan ortiq qadimiy me‘morchilik, monumental san‘at yodgorliklari dalolat beradi. O’zbekiston tarixiy me‘morchilik yodgorliklarning umumiy soni bo’yicha jahondagi yetakchi o’nta mamlakatlar qatoriga kiritilib, to’rtta yirik shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrizabz YUNESKO tomonidan jahon madaniyati yodgorliklari markazi sifatida tan olingan va xalqaro tashkilot tomonidan muhofazaga olingan. 3. Xalqaro turizmni rivojlantirishda O’zbekiston Yevropa davlatlari tajribasini qo’llash muhim ahamiyatga ega. Bunga misol Chexiya Respublikasi. Chunki Chexiya Respublikasi o’zining iqtisodiy rivojlanishi tarixi, sayyohlik sohasidagi potensiali, yutuq va kamchiliklari bo’yicha yurtimizdagi sayyihlik sohasidagi mavjud potensialiga juda o’xshash. Chexiyada qisqa fursatlarda turizmni rivojlaninshing asosiy omillar bo’lib quyidagilar xizmat qilmoqda. -turistik mahsulotlar reklamasini samarali va yaxshi yo’lga qo’yilganligi; -sayyohlik sohasi bo’yicha yetarli information bazani mavjudligi; -transport infratuzilmasini rivojlantirilganligi; -sohada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning malakasi yuqori ekanligi; -yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rag’batlantirish. Bu kabi tajribalarni Respublikamiz sayyohlik tizimida qo’llash o’zining ijobiy natijasini berishi mumkin.
Turizmni rivojlantirish uchun shu mamlakat parvozlarini amalga oshiruvchi samolyot chiptalari hamyonbop bo‘lishi kerak. Aks holda, mamlakat ichkarisida qanday harakat qilinmasin, tashqaridan sayyohlar O‘zbekistonga qanchalik intilmasin, chiptalar narxining yuqoriligi har qanday sayyohning yo‘lida katta to‘siq bo‘lib turaveradi. b) Sayyohlar oqimini oshirishda nafaqat havo yo‘llari, balki tezyurar poyezdlar xizmatidan foydalanish ham katta foyda beradi. Ya’ni O’zbekistonda tezyurar poyezdlar soni va yo’nalishlarini oshirish kerak. c) O‘zbekiston hududida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda muammolar mavjudligi, aloqa ko‘ngildagidek emasligi. Tarixiy obidalar hududida bepul Wi-Fi xizmati yo‘lga qo‘yilmagani bois, "bu go‘zalliklar bilan real vaqt rejimida bo‘lishishning iloji yo‘q". Zero bugungi texnologiyalar taraqqiyoti davrida turizmni rivojlantirishda biror mamlakat haqidagi taassurotlar bilan bo‘lishishda internetning xizmati katta ekani sir emas. Bu yo‘nalishda davlat va xususiy sektor hamkorligi yaxshi natija beradi. Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi bunday hamkorlik uchun ochiq ekanini ta'kidlaydi, xususiy sektor vakillari biroz faollik ko‘rsatsalar bas. d) Mehmonxonalar yetishmovchiligi faqat 5 yulduzli emas, balki 3 va 4 yulduzli mehmonxonalarga katta e'tibor qaratish zarur. Zero, O‘zbekistonga keladigan sayyoh eng avvalo sayohati hamyonbop bo‘lishini istaydi. Keladigan sayyohlarning iqtisodiy imkoniyati ham turlicha bo‘ladi, shuning uchun O‘zbekistonda o‘rtacha talabga javob beradigan mehmonxonalarni ham ko‘paytirish zarur. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, O‘zbekistonga keluvchi sayyohlar oqimi ko‘payaversa-yu, ularning joylashishi uchun qulay va hamyonbop joylar yetishmasa...
Bunday me’yoriy hujjatlar davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgani turizm sohasini yanada rivojlanashiga turtki bo’lib, unda belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga xorijlik turistlar oqimi va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish, tarmoqda yangi ish o’rinlarini yaratish asosida aholi bandlik darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa vositalari va turzim faoliyati subyektlari sonining ko’payishiga xizmat qiladi. Qisqa qilib aytganda bu qarorlar amalda o’z aksini topsa men bunga ijobiy baho bergan bo’lardim. 6. Covid 19 virusi kasallanish holati kundan kunga ko’payotgani hech kimga sir emas. Bu pandemiya avj olishi natijasida ko’pgina sohalar “jabr” ko’rdi. Xalqaro turizm ham bundan mustasno deb bo’lmaydi. Kasallanganlar ortishi natijasida 4-8 mart kunlari o’tkazilishi rejalashtirilayotgan “The World’s Leading Travel Trade Show” ya’ni “ITB Berlin -2020” xalqaro turistik ko’rgazmasi bekor qilindi. Ma’lumotga ko’ra bu ko’rgazmaga 160 mamalakatdan 10 mimg kishi ro’yxatdan o’tgan. Koronavirus tufayli kasallik aniqlangan mamlakatlarda karantinlar e’lon qilinishi hukumatlar tomonidan mahalliy turoperatorlar va turagentliklarga xorijga yo’llanma sotish to’xtatildi. Bu esa dunyo bo’ylab turistlarning kamayishi mehmonxonalar, restoranlar, kafelar, gidlar, aviakompaniyalar, ichki yo’nalishlardagi transport kompaniyalari, hunarmandlarning daromadlariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Download 26.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling