O`zbekiston sportchilarining osiyo, jahon va olimpia o`yinlardagi ishtiroki mundarija: Kirish


Download 2.75 Mb.
bet1/11
Sana18.11.2023
Hajmi2.75 Mb.
#1783466
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ўзбекистон спортчиларининг Осиё, Жаҳон ва Олимпия ўйинларидаги иштироки


O`ZBEKISTON SPORTCHILARINING OSIYO, JAHON VA OLIMPIA O`YINLARDAGI ISHTIROKI
MUNDARIJA:


Kirish

  1. Respublika sportchilarining Markaziy Osiyo, Osiyo o'yinlari va jahon musobaqalaridagi ishtiroki

  2. Barkamol shaxsni tarbiyalashda jismoniy tarbiy va sport tadbirlarining о‘rni.

  3. Mamlakatimizning istiqloli va istiqboli «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi»da (1992-yil 8-dekabr) batafsil ifoda etildi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Mamalakatimizda barcha sohalardagi islohatlar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmoqda, fuqorolik jamiyatining asoslari yaratilmoqda.
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoev 2017 yil 3 iyun PQ-3031-sonli qarorida mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ibot qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turiganligi.
1O‘zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi tasdiqlansin.
Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qonunchilikni yanada takomillashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy sport komplekslarini qurish, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, mazkur sohada xususiy sektorni rivojlantirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarini ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda sport maktablarini yuqori malakali murabbiylar va tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash;
ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari, aholining keng qatlamlari o‘rtasida sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya, ommaviy sport ishlarini tashkil etish, kompleks sport musobaqalarini o‘tkazish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va ularni maqsadli tayyorlash;
ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayoni to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
Bugungi kunda ta’lim muassasalari, o‘qituvchilarning asosiy dolzarb vazifasi kontseptsiyada belgilab berilgan sratestik vazifalarni, islohotlarning yangi yo‘nalishlarini yoshlar ongiga singdirish yoshlarda ularga dahldorlik to‘yg‘usini tarbiyalash, ularni islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, fuqorolik jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishdan iboratdir.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy, jismoniy tarbiyasini takomillashtirish, ana shu muammolarga oid ilmiy-tadqiqotlar talab etilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport-bakamol avlodni tarbiyalashning muhim vositalaridir. Sport farzandlarimizning xaraktirlarini tanlaydi, qalbida o‘z xalqi, yurti bilan fikrlanish tuyg‘ularini shakllantiradi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan ta’lim, jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish, bu sohadagi ishlar bilan ularni tanishtirib borish o‘quvchi-murabbiylarning muqaddas burchidir.


  1. Download 2.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling