Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishlari O‘zbek sportchilarining Olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etishi Dunyo chempionatida ishtirok etishi


Download 0.51 Mb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#207259
  1   2   3   4   5
Bog'liq
SHu davr mobaynida jismoniy tarbiya va sportga oid O


Mavzu: O‘zbek sportchilarining halqaro orenada ishtirok etishlari

Reja:

  1. Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishlari

  2. O‘zbek sportchilarining Olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etishi

  3. Dunyo chempionatida ishtirok etishi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

1. Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishlari

Olimpiya o‘yinlarida MDH yagona sport jamoasi tarkibida o‘z respublikasi bayrog‘i ostida qatnashuvi O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini muvaffaqiyatli tayyorlashni ta’minlash maqsadida va bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida mustaqil jamoa sifatida qatnashishlarini e’tiborga olib:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi:

- davlatlararo bitimlarga muvofiq MDH terma jamoalarining respublika hududida o‘quv-mashq yig‘inlarini tashkil qilish va yuksak darajada o‘tkazishni ta’minlasin;

- MDH yagona sport jamoasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini sifatli tayyorlash va ularning Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Shu davr mobaynida jismoniy tarbiya va sportga oid O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 ta farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 29 ta qarori qabul qilindi. Ular orasida etiborga moliklaridan biri sifatida trenerlarning maoshi 1,35 baravarga oshirilganligini aytish mumkin. Shu bilan birga tizimda majburiy mehnatga to'la barham berildi.

Har tomonlama barkamol sportchilarni tarbiyalashda trenerlarning o'rni beqiyos. Vazirlik tashkil etilgandan buyon tizimda o'rta maxsus malumotli trenerlar ulushi 54 foizdan 47,4 foizga kamaydi, oliy malumotli trenerlar bilan taminlash darajasi 55,8 foizga etkazildi.

Sportchilarga mashg'ulotlar o'tkazishi uchun barcha qulayliklarni yaratish maqsadida respublikamiz bo'ylab 68 ta (yangi qurilish, rekonstrukciya, mukammal tamirlash) sport inshootlarida qurilish-tamirlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar soni 1 624 143 nafarga ortib, shug'ullanuvchilar soni 2,7 mln. nafargacha oshdi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha oliy talim muassasalari soni 3 taga, soha kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari soni 4 taga yetkazildi. Xususan, Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy talim muassasasining filiali tashkil etilib, unda futbol, basketbol, tennis, voleybol, eshkak eshish, engil atletika, suzish turlari bo'yicha 86 nafar talaba tahsil olmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020 yilda Tokioda o'tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan sportning 25 ta turi bo'yicha yo'llanmalarni qo'lga kiritish uchun O'zbekiston milliy terma jamoa azolaridan 420 nafar nomzod sportchilar tanlab olinib, sportchilarni munosib tayyorlash uchun 13 nafar xorijiy mutaxassislar va trenerlar jalb etildi.

Rejalashtirilgan har bir sport turi bo'yicha licenziyalarning qo'lga kiritish jarayonini har 15 kunda muhokama qilib borish tizimi yaratilib, sportchilar tegishli 15 ta vazirlik, 13 ta idora va 11 ta tashkilotlarga biriktirildi.

Hozirgi paytga kelib, 32 nafar sportchi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi. 2019 yilda qo'lga kiritilgan yo'llanmalar ichida avvalgi Olimpiada o'yinlaridan farqli ravishda, O'zbekiston sporti tarixida ilk marotaba velosiped sporti (shosse) bo'yicha Olga Zabelinskaya, zamonaviy beshkurash bo'yicha Alise Faxrutdinova va Aleksandr Savkinlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan bo'lishdi. Shuningdek, o'zbek va jahon sporti tarixida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan gimnastikachimiz Oksana CHusovitina faoliyatida sakkizinchi bor, engil atletikachimiz Svetlana Radzivil esa to'rtinchi bor Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2019 yil davomida O'zbekistonda 20 ga yaqin xalqaro musobaqalar tashkil etildi. Ushbu musobaqalarni o'tkazish, g'olib sportchilarni taqdirlash, shuningdek tashkilotchilarni rag'batlantirish maqsadida vazirlik tomonidan umumiy hisobda 38 mlrd. 680 mln. so'mdan ortiq mablag' ajratildi.

Mamlakatimizda o'tkazilgan xalqaro sport musobaqalarida 4 ming 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Ushbu nufuzli musobaqalarning 5 tasi jahon chempionati va jahon kubogi musobaqalari bo'lib, ular katta tayyorgarlik va ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Jahon kubogi va jahon chempionatlarini o'tkazish uchun 2 mlrdan ziyod mablag'lar sarflanib, g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Dastlab, 2019 yil avvalida, yani 28 yanvar - 2 fevral kunlari Toshkent shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo'yicha “Nappy caravan” xalqaro turniri va jahon kubogi bosqichi o'tkazildi. Dunyoning eng kuchli gimnastikachilari yig'ilgan ushbu musobaqaga 331 mln. so'mdan ortiq mablag' ajratildi va musobaning g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.

Shuningdek, belbog'li kurash, mastresling, qilichbozlik, sambo sport turlaridan jahon chempionati va jahon kubogi musobaqalariga yurtimiz munosib ravishda mezbonlik qila olganligi xorijlik kuzatuvchilar tomonidan etirof etildi.

Shu o'rinda 2019 yilda erishilgan yutuqlarga to'xtaladigan bo'lsak, joriy yilning yanvar – noyabr oylari holatiga ko'ra mamlakatimiz sportchilari 175 ta xalqaro sport musobaqalarida 943 nafar atlet bilan ishtirok etib, 514 ta (shundan 175 ta oltin, 156 ta kumush, 183 ta bronza) medallarni qo'lga kiritishdi. Taqqoslash uchun, 2018 yil davomida turli sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari 143 ta xalqaro musobaqalarda 572 nafar sportchi bilan qatnashib, 416 ta (160 ta oltin, 142 ta kumush, 114 ta bronza) medalga ega chiqishgan.

Hozirda Respublikamizda 300 nafardan ziyod ushbu sport bilan faol shug'ullanuvchi yoshlar bor. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston kriket federaciyasi o'z oldiga qo'ygan rejalari haqida o'rtoqlashidi

“O'zbekiston kriket federaciyasining tashkil topganiga 1 yildan oshdi. O'z oldimizga ulkan rejalar qo'yib faoliyatimizni boshlagan edik, biroq jahonda avj olgan koronavirus pandemiyasi bizga ham o'z tasirini ko'rsatdi. Tashkilotimiz Osiyo va Xalqaro kriket kengashlari bilan yaxshi hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Hozirda ular bizning faoliyatimizni o'rganib chiqishmoqda. Nasib qilsa, yaqin orada ular bizni o'z oilalariga rasman qabul qilishganlari haqidagi xushxabarni eshitamiz. Ushbu sport Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan. Bu yil Osiyo kriket kengashi qo'ygan talablarni bajara olsak, jamoamiz Osiyo o'yinlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin”.

Shundan so'ng OAV xodimlari federaciya mutasaddilariga o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Unda yurtimizda rasmiy kriket uchrashuvlarini o'tkazish uchun hali barcha talablarga javob bera oladigan maydon yo'qligi, Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun qo'yiladigan talablar, terma jamoani shakllantirish, kelajakdagi rejalar kabi mavzularda savol-javoblar olib borildi. Tadbirda o'zbekistonlik kriket ustalarining taqdimot va ko'rgazmali harakatlari yig'ilganlar uchun ushbu sport bilan yaqindan tanishga yordam berdi.

“Avvalambor, ushbu jamoaga yurtimizda ommaviy sportni, xususan, kriketni rivojlantirish yo'lida olib borayotgan xizmatlari uchun tashakkur aytib o'tmoqchimiz. Mazkur sport turi 2022 yil bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kriket sportini yanada rivojlantirish yo'lida yordam ko'rsatishga tayyor. Prezidentimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida olib boriladigan bunday hamkorlikni qo'llab-quvvatlaymiz”.

Joriy yil o'zbek sporti uchun muvaffaqiyatlarga boy yil bo'lmoqda, deyish uchun to'la asos etarli. To'g'ri, hali mavsum yakunlanishiga ancha bor. Ammo 2018 yilgi musobaqalar taqvimidan o'rin olgan eng nufuzli sport anjumani – Indoneziyada o'tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlarida atletlarimiz misli ko'rilmagan yutuqlarga erishdiki, endi yilning qolgan qismida sportchilarimiz qanday natija qayd etishlaridan qatiy nazar – mavsumni ijobiy baholashga haqlimiz. O'zbekiston sport delegaciyasi Osiyo o'yinlarida olti marotaba ishtirok etgan bo'lsa-da, hech qachon bu qadar yorqin g'alabalarni qo'lga kiritishmagan edi. Savol tug'iladi: bu muvaffaqiyatlarimiz omili nimada? Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz ham son, ham sifat borasidagi ko'rsatkichlarini yaxshilashdi. Aytingchi, bu muvaffaqiyatlarning siri nimada? Etibormi, moddiy manfaatdorlikmi yoki biz bilmagan boshqa omillar bormi?

— Buning hech qanday siri yo'q, shunchaki tayyorgarlik bosqichiga jiddiy etibor qaratdik. Barcha sport turlari bo'yicha terma jamoalarimiz so'nggi 3-4 oy ichida uzluksiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etdi. Orada esa xalqaro musobaqalarda toblanib borishdi. O'z navbatida Milliy olimpiya qo'mitasi sportchilarimizning Osiyo o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha sharoitni yaratib berdi. Albatta, davlatimiz tomonidan ko'rsatilgan etibor va g'amxo'rliksiz bunday natijalarga erisha olmasdik.
2. O‘zbek sportchilarining Olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etishi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda sport taraqqiyoti, uning rivojlanishi shaxsan Prezidentimiz nazoratlarida turadi. So'nggi 2 yil ichida sohani yanada rivojlantirish, xalqaro maydondagi g'alabalar salmog'ini oshirish, sportda boshqaruv tizimini takomillashtirish borasidagi davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan farmon va qarorlar biz – sport ahli uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Jumladan, Prezidentimizning 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq, Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o'tkazish markazi;

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida joylashgan “Aziya-Chimgan” mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi;

Jizzax viloyati Zomin tumanida “Aloqachi” sog'lomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi bo'yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;

Namangan viloyati Chortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport o'yinlari bo'yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Gulnora” sog'lomlashtirish oromgohi negizida yakkakurash sport turlari bo'yicha olimpiya tayyorgarligi markazi Milliy olimpiya qo'mitasi ixtiyoriga o'tkazib berildi. Aytmoqchi bo'lganim sportchilarimizning Osiyo o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha sharoit yaratib berildi. Bu qilingan mehnatlar samarasini esa Indoneziyadagi Osiyo o'yinlari ko'rsatib berdi.

Indoneziyada tashkil etilgan Osiyo o'yinlari yana shunisi bilan O'zbekiston sporti tarixiga muhrlandiki, unda ilk bor milliy faxrimiz bo'lgan KURASH rasman musobaqa dasturidan joy oldi.

— Avvalo shuni takidlashni istardimki, milliy sportimizning Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin egallashi butun o'zbek sportining ulkan yutug'i bo'ldi. 20 yil deganda Kurash nihoyat Osiyo o'yinlari dasturiga kirdi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning ajralmas qismi bo'lgan Kurash qitamizning eng nufuzli musobaqasida katta qiziqish va hayajon bilan qarshi olindi. Bu esa har bir vatandoshimiz qalbida faxr-iftixor tuyg'ularini uyg'otishi shubhasiz. Bevosita musobaqaga keladigan bo'lsak unda o'zbek o'g'il-qizlari yaqqol ustunlikka ega bo'ldi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi aslida.

7 ta vazn toifasida o'tkazilgan bellashuvlarning oltitasida oltin medallar o'zbekistonlik polvonlarga nasib etdi. Osiyo o'yinlari davomida Kurashning ommaviyligi, ushbu sport turiga bo'lgan qiziqishni hisobga olib, Osiyo Olimpiya Kengashi rahbarlari navbatdagi musobaqalarda Kurash bo'yicha bellashuvlar vazn toifalarini ettitadan 10 yoki 12 tagacha ko'tarish taklifini bildirishdi. Demak, 2022 yilgi Osiyo o'yinlarida Kurash bo'yicha musobaqalar bundan-da ko'proq vazn toifalarda o'tkaziladi. Umid qilamanki, kelajakda Kurashni Olimpiya o'yinlari dasturida ko'rish ham bizga nasib etadi.

Odatda Osiyo o'yinlari yana ikki yildan keyin o'tkaziladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Indoneziyada tashkil etilgan musobaqada O'zbekiston sport delegaciyasi tarkibida Anton Fokin, Vadim Menkov, Oksana Chusovitina singari faxriy sportchilarimiz ham ishtirok etishdi va terma jamoamiz hisobiga o'z medallarini qo'shib qo'yishdi.

— To'g'ri takidlab o'tdingiz, darhaqiqat qanchalar achinarli bo'lmasin vaqt baribir o'z so'zini aytadi. Siz sanab o'tgan sportchilarning har biri o'zbek sporti tarixida o'chmas iz qoldirgan va biz buni yuksak qadrlaymiz. Indoneziyada biz tajriba va yoshlik shijoatini uyg'unlashtirishga harakat qildik va buni uddalay oldik, deb o'ylayman. Vadim Menkov haqiqiy professionallarga xos tarzda harakat qildi va yakunda oltin medalni qo'lga kiritib, Osiyo o'yinlarining to'rt karra g'olibligiga sazovor bo'lgan birinchi o'zbek sportchisiga aylandi.

Oksana Chusovitinaning tajriba va irodasi oldida bosh egmay ilojimiz yo'q. 43 yoshida hamon yuksak sport formasini saqlab turish, 16-17 yoshli raqiblar bilan bellashib, yana sovrinli o'rinlarga ega chiqish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Oksana ettita yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan er yuzidagi yagona ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Shuningdek, AQSHda Xalqaro gimnastika federaciyasining “SHon-sharaf” zalidan o'rin olgan. Etiborlisi hamyurtimiz hali faoliyatini yakunlamay turib shon-sharaf zaliga kiritilgan dunyodagi birinchi gimnastikachi sifatida tarixga kirdi. Jakartada Oksana o'zining sevimli yo'nalishi – tayanib sakrashda kumush medalni qo'lga kiritdi.

Agar Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga qadar ana shunday yuksak sport formasini ushlab tura olishsa, biz bu sportchilarimizning Olimpiadada ishtirok etishlari uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz. Shu bilan birgalikda ushbu sportchilarimizni kelajakda ustozlik rolida ko'rish istagimiz bor. Maqsadimiz ularni murabbiylik ishiga jalb qilib, ulkan tajribasidan foydalanish, yosh avlod tarbiyasini ularga ishonib topshirish va o'zlariga o'xshagan haqiqiy professional yulduzlarni etishtirib berishlarini taminlashdan iborat. Zaxira masalasiga kelsak, sizni ishontirib aytamanki Tokio Olimpiadasida bir necha yangi nomlarni ko'rasiz. Bu borada hozir katta hajmda ish olib borilmoqda. 6 oktyabr kuni Buenos-Ayresda start oladigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlari ham ko'p narsaga oydinlik kiritib berishi kerak.

Osiyo o'yinlarida qaysi sport turlarida erishgan yutuqlarimizdan ko'nglingiz to'ldi, va aksincha, qaysi sport turlari hafsalangizni pir qildi?

— Bilasizmi, biz Osiyo o'yinlarida bundan-da ko'proq medallarga ega chiqishni, natijalarni bir muncha yaxshilashni maqsad qilib qo'ygandik. To'g'ri, Indoneziyada biz Osiyo o'yinlari tarixidagi eng yaxshi natijamizga erishdik, medallar sifati va soni bo'yicha ham rekordlarni yangiladik. Ammo shunga qaramay bazi sport turlarida terma jamoamiz azolari kutilgan natijalarni ko'rsata olishmadi. Masalan jiu-jitsu, penchak silat, o'q otish, suv sporti turlari, qilichbozlik, triatlon kabi sport turlaridan ham medallar kutgandik. Lekin quvonarlisi shundaki, ushbu kemtik joylarni olimpiya sport turlarida vakillarimiz ko'plab medallarga ega chiqib to'ldirib berishdi. Boks, sport kurashlari, taekvondo WTF, baydarka va kanoeda eshkak eshish, og'ir atletika, engil atletika, akademik eshkak eshish, tennis, karate, dzyudo, badiiy va sport gimnastikasi kabi sport turlari ana shular jumlasidandir. Albatta, ular qatorida milliy sportimiz Kurash alohida etirofga sazovor bo'ldi. Polvonlarimiz Osiyo o'yinlarida delegaciyamiz hisobiga 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medal qo'shib qo'yishdi va umumiy muvaffaqiyatimizga katta hissa qo'shishdi. Shuningdek, musobaqada sambochilarimiz ham barchamizni xursand qilishdi.

Mamlakat futboliga javobgar shaxslardan biri sifatida Osiyo o'yinlarida terma jamoamizning ishtirokiga qanday baho berasiz? Ravshan Haydarov shogirdlariga muxlislarimiz uzoq vaqtdan beri orziqib kutayotgan oltin medalni qo'lga kiritishlari uchun nima etishmadi?

— Janubiy Koreyaga qarshi kechgan chorak final uchrashuvini ko'pchilik televizor orqali ko'rgan bo'lsa kerak. Biz o'yinni bevosita stadiondan kuzatdik. Musobaqaning amaldagi chempioni bilan futbolchilarimiz tengma-teng kurash olib borishdi. Biz ikki marta hisobda ortda qolayotib, muvozanatni tiklashga erishdik, hattoki hisobda oldinga ham chiqib oldik. Ammo, kutilmaganda yo'l qo'yilgan xatolar bizga qimmatga tushdi. Ochig'i o'sha kuni futbolchilarimiz maydonda borlarini berishdi. Kuchli raqib qarshisida o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi va g'alaba uchun kurash olib borishdi. Ammo futbolda g'alaba va mag'lubiyat doimo yonma-yon yuradi. Afsuski shu kuni omad koreyalik futbolchilar tomonida bo'ldi. To'g'ri, omad kuchlilarga kulib boqadi deyishingiz mumkin. Ammo biz hech bir jabhada raqibdan kuchsiz emasdik. Buni barcha ko'rdi.

Oldinda mamlakatimiz atletlarini Argentinada o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi III yozgi Olimpiya o'yinlari kutib turibdi. Mazkur musobaqaga tayyorgarlik qay darajada ketmoqda va unda sportchilarimiz imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

— III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik avj pallasida. Bu musobaqa biz uchun g'oyatda muhim, chunki Argentinada bizning eng yaqin zaxiramiz ishtirok etadi. Quvonarlisi, yosh sportchilarimiz bu borada ham yangi rekord o'rnatishdi. Yani 2010 yili Singapurda bo'lib o'tgan I o'smirlar Olimpiya o'yinlarida 21 nafar hamyurtimiz ishtirok etgan bo'lsa, 2014 yilda Nankinda 28 nafar o'zbekistonlik sportchi g'oliblik uchun kurash olib borgandi. Bu safar esa Argentinaga 36 nafar yoshlarimiz licenziya qo'lga kiritishgan edi. Bugun (17.09.2018y.) Xalqaro havaskor bokschilar associaciyasi (AIBA) dan xushxabar keldi. Gap shundaki qizlar o'rtasida boks bo'yicha 51 kilogramm vazn toifasida Xursanoy Xolmatova ham Buenos-Ayres Olimpiadasiga licenziya olibdi. Demak III o'smirlar Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi 37 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

Biz Buenos-Ayresda medallar soni va sifati bo'yicha ham natijalarni yaxshilash niyatidamiz. Argentina arenalarida o'zini har tomonlama ko'rsatadigan sportchilarimiz nasib qilsa yana 2 yildan so'ng Tokio 2020 Olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniga ega bo'ladi. To'rt yillik ciklda biz olib borayotgan ishlarning barchasi kunchiqar yurtda tashkil etiladigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etish, natijalarni yanada yaxshilash, jonajon diyorimizni butun dunyoga mashhur qilish, oltin va kumush medallar bilan biz uchun duoda bo'lib turgan xalqimiz va Prezidentimizni xursand qilishga qaratilgan.

Osiyo Olimpiya kengashi tomonidan elon qilingan bayonotda COVID-19 global pandemiyasi vaziyatida butun qitada safarlarning cheklanganligi va tibbiyot ko'rsatkichlari sabab shunday chora ko'rilishi kerakligi takidlandi.

Jang sanati va yopiq inshootlardagi VI Osiyo o'yinlarining yangi sanasi 2022 yilning 10-20 mart kunlariga belgilandi.

Bu qaror OOK, Tailand olimpiya qo'mitasi va bo'lajak musobaqa Tashkiliy qo'mitasi bilan batafsil muhokama qilinganidan keyin qabul qilingan. Qaror musobaqaga tashrif buyuradigan barcha sportchilar hamda delegatlarning xavfsizligi va salomatligini taminlashga yo'naltirilgan.

Bu kabi yirik kompleks musobaqalarda sport turlarini tanlash bo'yicha mezbon mamlakatning huquqi bo'ladi. Reglamentga ko'ra, musobaqa dasturida kamida 9 ta Olimpiya o'yinlari oilasidagi sport turi bo'lishi lozim. O'rganishlar shuni ko'rsatmoqdaki, dastlabki uchta yoshlar Osiyo o'yinlari dasturiga sport kurashlari, boks, kamondan otish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, voleybol, triatlon, velosport kabi sport turlari kiritilmagan.

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida «Toshkent-2025» IV yoshlar Osiyo o'yinlarining tashkiliy masalalariga bag'ishlangan ilk yig'ilish bo'lib o'tdi. Uni MOQ Bosh kotibi, «Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o'yinlari direkciyasining direktori Oybek Kasimov olib bordi. Uchrashuvda MOQ Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev, shuningdek, sport federaciya va associaciyalarining bosh kotiblari va xalqaro bo'lim mutasaddilari ishtirok etishdi.

«Toshkent-2025» yoshlar Osiyo o'yinlariga puxta tayyorlanishimiz kerak. Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomalari va Yoshlar forumidagi nutqlarida bu haqida alohida to'xtalib o'tilgan edi. Tabiiyki, biz musobaqada atletlarimizning imkoniyati yuqori bo'lgan sport turlarini tanlashimiz lozim. Bu borada federaciyalarga murojaat yo'llaganimizda bor yo'g'i 6 ta javob xati oldik xolos. Qolaversa, musobaqa dasturidan joy olish uchun O'zbekiston kurash federaciyasi va O'zbek jang sanati federaciyasidan tashabbus chiqdi. Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarimizdan bu borada tezroq o'z takliflarini berishlarini so'rab qolamiz”.

Yig'ilish davomida har bir federaciya mutasaddilari bilan musobaqalarni o'tkazish uchun mo'ljallangan sport obektlarining holati, yoshlarimizning imkoniyati haqida batafsil suhbatlashildi. Shuningdek, yoshlar o'rtasida sport ommaviyligini oshirish maqsadida yil davomida kamida 20 ta xalqaro musobaqalarni mamlakatimizda o'tkazish, xalqaro federaciyalar rahbarlarini O'zbekistonga taklif qilish, nufuzli xalqaro sport tashkilotlariga yurtimiz mutaxassislarini ko'proq jalb etilishini taminlash kabi masalalar ham ko'rildi.

Malumot uchun, yoshlar Osiyo o'yinlari 14-18 yosh oralig'idagi (futbolda U-14 jamoasi) sportchilar o'rtasida 5 kundan kam va 8 kundan ko'p bo'lmagan kunlar oralig'ida o'tkazilishi lozim. Musobaqa davomida sportchi va murabbiylar, OAV va boshqa mehmonlar bilan taxminan 6000 nafar mehmon mamlakatimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling