Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi. Turizm marketingining ta’rifi. Mexmonxona xo‘jaligi marketingi


Download 32.47 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi32.47 Kb.
#1583534
  1   2   3
Bog'liq
16 Turizm iktisodieti. 9-mavzu 1(1)


9.Mavzu. Turizmda marketing faoliyatlari.

  1. Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi.

  2. Turizm marketingining ta’rifi.

  3. Mexmonxona xo‘jaligi marketingi.

  4. Turizm marketingining zarurligi.

  5. Turizm marketingining xususiyatlari.



Turizmda marketing faoliyatlarining boshlanishi.
Turizm industriyasida marketing faoliyatlari XIX asr oxirlarida, tunash va sayoxat byurolari bilan birgalikda Angliya va keyinchalik YEvropa qit’asida amalda qo‘llanila boshlagan. Turizm marketingining tizimli (sistematik) bir shaklda inobatga olinishi va o‘rganilishi 1950 yillarda YEvropada amalda qo‘llanilgan. Ikkinchi dunyo urushigacha lyuks bir iste’mol soxa bo‘lgan turizm tarmog‘i, urushdan keyin YEvropadagi sanoatlashuv harakati bilan birga rivojlanishga va tarqalishga boshlagan. Iste’molchilarning sotib olish imkoniyatlari ortgan va turizm tarmog‘i xalqaro bir xususiyat qozonib talab va taklif muvozanati buzilishni boshlagan. 1936 yildan e’tiboran YEvropada pullik ruxsat haqining berilishi bilan ishchilar, mutaxassislar ta’tilga chiqib turizm harakatlariga qatnashganlar. Tunash muassasalarida o‘zgarish ortgan, yangi tunash tarmoqlari yuzaga kelgan.
Sayyoxat qilgan insonlar soni har yili tez sur’atlarda ortib borgan. Ta’tilga chiqish nisbati YEvropada jami aholining 60% ini tashkil qilgan. Dunyoda sayyoxat qilgan kishilar soni 1970 yilda 168 mln kishi ekan. 1989 yilda bu hisob 420 mln kishi, 2004 yilda esa bu raqam 680 mln kishiga yetgan. Sayoxat qilgan insonlar turizm tarmog‘iga qatnashib 1989 yilda 230 mlrd dollar miqdorida turizmga sarf qilgan bo‘lsalar, 2004 yilda bu ko‘rsatkich 475 mlrd dollar bo‘lgan. Makro darajada davlatlar, mikro darajada turistik korxonalar iste’molga tayanib turizmdan ma’lum bir miqdorda talabni oshirish uchun turizm marketingi tizimlarini rivojlantirishga e’tibor qaratganlar. Xususan 1970 yillardan keyin talabni yonlantirish uchun turizm marketingi tadqiqotlariga e’tibor berilgan.1 Marketing, mahsulotning bozorda iste’molchi bilan qarshilashishi va bir birlari bilan tenglashishidir degan edik. Turizm marketingini ham turistik xizmat yoki mahsulot bilan turizm bozori shakllantiradi. Turistik xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar uch guruxda tavsiflanadi:

  1. Tunash va ovqatlanish tarmoqlari.

  2. Sayoxat byurolari va turoperatorlar.

  3. Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi boshqa muassasalar.

Turizm bozori esa geografik nuqtai nazardan milliy va xalqaro turizm bozori deb ikki qismga ajratiladi. Bozordagi iste’molchilar turist deb ataladi. Turizm marketingida mahsulotga qaraganda xizmatning bozorlanishi asosiy hisoblanadi. Turizmda ishlab chiqarilgan xizmatlar juda turli xil xizmatlarning yig‘indisidan tashkil topmoqda.



Download 32.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling