Turizmning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati


Download 23.16 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi23.16 Kb.
#1019058
  1   2   3
Bog'liq
MMT70 Turizm tadqiqot (1) (1) (6)


O’ZBEKISTON IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA TURIZMNING AHAMIYATI
REJA
KIRISH

  1. TURIZMNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI .

  2. O’ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH AMALIYOTINING TAHLILI.

  3. O’ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH BORASIDA BERILADIGAN XULOSA VA TAKLIFLAR.


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda. Afsuski, O‘zbekiston bu sohada hali ancha orqada ekanligini ko‘rish mumkin. Xususan, Butunjahon turizm va sayohatlar bo‘yicha kengashi (BTSK) tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, O‘zbekiston sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida 150-o‘rinni egallaydi.Yurtimiz jahon sayyohlik bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga qaramasdan, turistlarga qulay sharoit yaratish, servis xizmatini yaxshilash, sayyohlik obidalarining jozibadorligini oshirish va reklamani kuchaytirish darajasi juda past. O’zbekiston Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan ziyorat turizmini rivojlantirish va yurtimizga xorijlik ziyoratchilarni jalb qilish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur farmon bilan O’zbekistonning ziyorat turizm salohiyatini keng targ’ib qilish “B2B” uchrashuvlarini tashkil qilish va ziyorat turizmi yo’nalishidagi imkoniyatlarini xorijiy mamlakatimizdagi hamkorlarga yetkazishni maqsad qilgan. Quvonarlisi, o’z-o’zini band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro’yxatiga gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yo’riqchi-yo’l boshlovchilar xizmatlari ham kiritildi; O’zbekiston fuqarolari uchun ichki sayohatlar 40 foizgacha arzonlashtirild.
Shuning uchun bu borada sezilarli o‘sish haqida fikr yuritish ana shu omillarga bog‘liq.

Download 23.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling